Mavzu: og‘zaki bibliografik obzorlarni tayyorlash va o‘tkazish


Bibliografik obzorlarning maqsadi, ahamiyati, uni tayyorlash qoidasi


Download 69.22 Kb.
bet2/10
Sana15.06.2023
Hajmi69.22 Kb.
#1485329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH

Bibliografik obzorlarning maqsadi, ahamiyati, uni tayyorlash qoidasi


Adabiyotlar haqida axborot berish va ularni targ‘ib qilishning eng tezkor, ko‘p qo‘llaniladigan usuli og‘zaki bibliografik sharhlardir. Og‘zaki bibliografik sharh hujjatlar va ularning turlari, matbuot asarlari haqidagi hikoyadan, bibliografik axborotdan iborat. Boshqa tadbirlarga ko‘ra og‘zaki bibliografik sharhlar o‘zining tezkorligi, dolzarbligi, hozirjavobligi, kitobxon ongiga tez yetib borishi va ta’sir etishi bilan farq qiladi.
Bibliografik sharhlar maqsadiga va kitobxonlar guruhiga ko‘ra tavsiyaviy va axborot, mazmuniga ko‘ra universal, tarmoq, mavzuli, shaxslarga oid turlarga ajratiladi. Sharhda hikoya qilinayotgan matbuot asarlarining turiga ko‘ra kitoblar sharhi, jurnallar sharhi, ruknli nashrlar sharhiga bo‘linadi. Yangi adabiyotlar sharhida kitobxonlar yangi kitoblar, jurnallar va axborot materiallari bilan tanishishlari mumkin. Har qanday bibliografik sharh yagona reja asosida tayyorlanadi: mavzuni o‘rganish, adabiyotlarni aniqlash va tanlash, matbuot asarlarini guruhlashtirish va ta’rif berish, sharh uchun matn yozish, matnni adabiy tahlil qilish. Mavzuni o‘rganish unga oid barcha manbalarni o‘rganishdan boshlanadi. Matbuot asarlarini aniqlashda katalog va kartotekalar, fondning shu mavzuga taalluqli qismi, bibliografik hujjatlar, kasbga oid jurnallar va gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ko‘zdan kechiriladi, mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tanlab olinadi. Har birining mazmuni, ahamiyati ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganiladi, buning uchun yozilgan annotatsiyalar, so‘zboshi, kirish so‘zi, so‘nggi so‘z, asarga berilgan tanqidiy materiallar o‘rganib chiqiladi. Sharh uchun ajratilgan adabiyotlarning soni mavzuning mohiyatidan, kitobxonlar guruhining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Agar sharh tavsiya xarakterida bo‘lsa, 3 tadan 10 tagacha, axborot xarakterida bo‘lsa, 12—15 ta adabiyot olinadi.
Asarlarni guruhlashtirish, mavzuga oid umumiy mazmundagi adabiyotlar, keyin esa shu mavzuga oid maxsus adabiyotlar joylashtiriladi. Bu kitobxonga berilayotgan hikoyani to‘g‘ri va to‘la tushunishiga yordam beradi, axborotni aniq qabul qilishiga olib keladi. Ba’zida adabiyotlar janrlariga ko‘ra, ilmiy ahamiyatiga ko‘ra, bilim sohalariga ko‘ra joylashtiriladi. Tarixiy mavzuda bo‘lsa, adabiyotlar to‘g‘ri xronologik tartibda ham joylashtirilishi mumkin. Bibliograf 3 qismdan iborat sharhning matnini tayyorlab oladi: kirish (bunda mavzu asoslab beriladi, uning xususiyatlari, dolzarbligi, tanlangan kitobxonlar uchun ahamiyati aytiladi), asosiy qism (asarlarga ta’rif—hikoya qismi), xulosa (mavzuga oid yana qanday qo‘shimcha adabiyotlar mavjudligini, ularning qaysi manbalardan olib o‘qish mumkinligini, ularga berilgan tanqidiy materiallar va taqrizlar eslatib o‘tiladi).
Sharhning har bir qismi umumiy maqsadga bo‘ysunishi lozim.

Download 69.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling