Mavzu: og‘zaki bibliografik obzorlarni tayyorlash va o‘tkazish


Download 69.22 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi69.22 Kb.
#1485329
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH

MAVZU: OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH


REJA:
KIRISH

1.Bibliografik obzorlarning maqsadi, ahamiyati, uni tayyorlash qoidasi.


2. Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash.

3. Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot

4.Bibliografiyaning ahamiyati.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo‘g‘inlarida — siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li —kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga bog‘liq.
Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo ma’naviyatidagi o‘zgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o‘tirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning „Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, ularda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intel-lektual salohiyatini o‘stirishga e’tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo‘yildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha murakkab, ammo juda qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Chunki barcha mutaxassislikka oid fanlar bu fan bilan bog‘liq holda o‘rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha sohalarida ana shu fan yordamida olingan bilim zarur bo‘ladi, kitobxonlarga o‘ziga mos axborotni topish va yetkazib berish, o‘z vaqtida axborot berish ham shu fan yordamida o‘rganiladi.
Bibliografiya predmeti o‘quvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga yetkazib berish ilmi bilan qurollantiradi.


Download 69.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling