Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
3 KIRISH Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo, o‘simlik uchun kerakli bo‘lgan tuproq va tegishli iqlimiy shart-sharoitlarni ta’min etib berish kerak bo‘ladi. Tuproqning tabiiy sifatini yaxshilash agrotexnik usullar orqali amalga oshiriladi. Biroq o‘simlikni yetishtirishda faqat agrotexnik usullar yetarli bo‘lmaydi. Bunda, o‘zining tuproq suv-havo rejimini boshqarish yo‘nalishi va uzoq ta’sir davomiyligi bilan agrotexnik usullardan farq qiladigan meliorativ tadbirlarni ham qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Qishloq xo‘jaligi maydonlarida hosil qilinadigan meliorativ tizim o‘simlikning ildiz qatlami joylashgan tuproq namini kerakli miqdorlarda uzoq yillar davomida boshqarish imkonini beradi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasining 3.3. “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” bandida keltirilganidek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatii yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish singari muhim masalalar bugungi kunda soha oldidagi asosiy vazifalar hisoblanadi[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida “Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri b‘olib qoldi. Eng avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi” deb atgan fikrlari bundan keyin ham respublikada qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor berilishidan darak beradi [2]. Ushbu masalaning o‘ta muhimligini e’tiborga olgan holda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosida qishloq 4 xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, shuningdek, melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish borasida izchil islohatlar olib borilmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3932-sonli Farmoni, 2008 yil 19 martdagi “2008-2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-817-sonli, 2013 yil 19 apreldagi “2013 - 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli va 2017 yil 27 noyabrdagi “2018-2019 yillаrdа irrigаtsiyani rivojlаntirish vа sug‘orilаdigаn yerlаrning meliorаtiv holаtini yaxshilаsh dаvlаt dаsturi to‘g‘risidа”gi PQ-3405-sonli qarorlarini keltirish mumkin. Insoniyat o‘z hayotini doimo ta’min etishi va yaxshilashi uchun tuproqni saqlashi, uning unumdorlik darajasini oshirishi, tuproqdagi suv, havo, ozuqa, issiqlik rejimlarini va ularning xossalarini yaxshilab borishi shart. Tabiiyki, tuproqdan olinadigan noz-ne’matlar hajmini oshirib borish va doimiy yuqori hosil olish inson hayotini barkamollashtiradi, buning uchun esa tuproq unumdorligini oshirish, uni «melioratsiya» qilish kerak. «Melioratsiya» lotincha melioratio – «yaxshilash» – ma’lum maydonda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan muttasil yuqori hosil olish maqsadida shu maydonning noqulay tuproq, geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitlarini yaxshilash demakdir. Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik qishloq xo‘jaligidagi turli xil tabiiy shart- sharoitlardagi tajribalariga tayangan holda, madaniy qishloq xo‘jaligi ekinlarining normal rivojlanishi uchun tashqi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini yetishtirilayotgan ekinning normal rivojlanib yetishish shart-sharoitlariga moslash kerakligini kashf etdi. Tashqi muhitning noqulay tabiiy shart-sharoitlarini madaniy ekinlarning normal rivojlanib yetishishi uchun ta’min etib beruvchi usullarni belgilovchi fan qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi fani deb nom oldi. Bu fanning amaliy ahamiyati tufayli va ayrim qismlarining rivojlanishi zarurligidan hozirda bu fan o‘zining bir necha 5 mustaqil ilmiy tarmoqlariga egadir. Jumladan, Yerlar melioratsiya yerlardan yuqori va barqaror hosil olish uchun va unung tabiiy-ekologik holatining salbiy tomonga o’zagrishiga yo‘l qo‘ymasdan, aksincha sifatining oshib borishini ta’minlovchi kompleks tadbirlar majmuasidir. Sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun, albatta, tabiiy resurslardan foydalanish kerak. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, ularning qayta tiklanishiga alohida e’tibor berish bilan birga olib borilishi kerak. Aks holda, tabiat qashshoqlanib, tabiiy resurslarning, ayniqsa, tuproqning holati o‘zgarib, yomonlashib boraveradi. O‘zbekiston Respublikasining yer fondi 44,74 mln. gektarga teng bo‘lib, yer fondining yer toifalari bo‘yicha taqsimlanishi yerlarning tabiiy va iqtisodiy sharoiti, yerlarning tarkibi va sifati bilan o‘zaro bog‘liqdir. Yerlarni hududiy, miqdoriy va sifat jihatidan tavsiflash uchun yer turlarining yagona klassifikatsiyasi qabul qilingan. Ushbu klassifikatsiyaga asosan O‘zbekiston Respublikasi umumiy yer fondining katta qismi qishloq хo‘jaligi uchun ajratilgan yerlarga to‘g‘ri keladi. Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishi, fan va teхnikaning rivojlanishi bilan yerdan foydalanish tavsifi ham o‘zgaradi. Ko‘pincha, oldin noqulay, tashlandiq deb sanalgan yerlar yaхshilanadi, haydaladi va madaniy yerlarga aylantiriladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida, bir qism qishloq хo‘jaligi yerlari, ularning sanoat va aholi punktlariga aylantirilishi, meliorativ jihatdan yaroqsizlanishi, yemirilishi, ifloslanishi, cho‘llashishi, ko‘chishi va hokazolar hisobiga har yili bu toifadan chiqarilmoqda. Shuning uchun ham tuproqni buzilishdan, eroziyadan, ifloslanishdan, suv bosish va sho‘rlanishdan himoyalash tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishdagi tarkibiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, tuproq unumdorligining yo‘qolishi qishloq хo‘jaligi ekinlarining hosildorligini pasaytirish bilan birga daryo, suv havzalari va sug‘orish tarmoqlarini ifloslantiradi, turli kasalliklarni va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Yerlar unumdorligining yo‘qolishiga nafaqat ularning buzilishi, eroziyaga uchrashi, suv bosish va sho‘rlanishi sabab bo‘ladi, balki sug‘orishda qo‘llaniladigan 6 suvlar sifatining sug‘orish uchun yaroqsiz ekanligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham sug‘orishda qo‘llaniladigan suvlarning kimyoviy tarkibi to‘liq o‘rganilishi, ba’zan esa ularning sifatini yaхshilash uchun qo‘shimcha tadbirlarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Bu ishlarning amalga oshirilmasligi yer maydonlarining unumdorligini pasaytiribgina qolmay, shu bilan birga mahsulotlar tarkibidagi tirik organizmlar uchun zararli moddalarning to‘planishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida keskinlashib borayotgan ekologik muammoning tub mohiyatini tushunib olishni, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilishini, tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanib, uni qayta tiklab, boyitib borishni, atrof-muhitni toza saqlab, хalq boyligi hisoblangan tabiiy resurslarni kelajak avlod uchun sof holda yetkazish masalasining yechimlarini izlashni taqozo etadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling