Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Sug‘orishning ko‘rinishlari va turlari
Download 106,04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
2.2. Sug‘orishning ko‘rinishlari va turlari
Sug‘orishning ko‘rinishlari. Sug‘orishni amalga oshirish bo‘yicha ular muntazam va bir marotabaliklarga farqlanadi. Muntazam sug‘orishda tuproq vegetatsiya davomida muntazam namlantirib boriladi. Bir marotabalik sug‘orishda esa tuproq bir yilda bir marotaba namlantiriladi. Bu bahor yoki kuzda limanlar yordamida amalga oshiriladi. Muntazam sug‘orish - jadal sug‘orish ko‘rinishi bo‘lib, u qimmat bo‘lsa-da, vegetatsiya davri davomida tuproq faol qatlamining maqbul namini ta’min etib beradi. . Muntazam sug‘orish - tuproqning faol qatlamidagi namlik taqchilligini, shu bilan birga tuproq yuza qatlam havo namlik taqchilligini muntazam bartaraf etib borishdir. Buning uchun muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘orish tizimi yaratiladi. Natijada, suv sug‘orish tizimi yordamida sug‘orish maydonining istalgan nuqtasiga kerakli vaqtda, kerakli hajmda yetkazib beriladi. Bir marotabalik nam to‘plash sug‘orish ko‘rinishi muntazam ko‘rinishga nisbatan bir necha bor arzon hisoblanib, u tuproqda bir marotabalik (1-2 m chuqurlikda) nam zaxirasini hosil qilib berish bilan tuproq ichidagi namlikning harakati evaziga hosildorlikni sezilarli darajada oshirishga imkon yaratadi. Bir marotaba namlatib qolish mahalliy oqova suv manbalarida, asosan, amalda bo‘lib, bunda hosil qilingan limanlarda bahorda to‘plangan yog‘in suvi natijasida bu maydonlar bir marotaba namlantirib qolinadi. 13 Yoppasiga va ayrim sug‘orish iboralari ham qo‘llaniladi. Yoppasiga sug‘orish (barcha ekinlarni sug‘orish) qurg‘oqchil mintaqalarda qo‘llanilsa, turg‘un bo‘lmagan va namiqqan mintaqalarda, ba’zida qurg‘oqchil mintaqalarda ham ayrim sug‘orish (ayrim serunum ekinlarni sug‘orish) qo‘llaniladi. Ba’zi adabiyotlarda katta va kichik sug‘orish ko‘rinishi iboralari ham uchraydi. Katta sug‘orish deganda davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladigan katta sug‘orish maydonlari tushunilsa, kichik sug‘orish deganda, kichik (cheklangan) suv manbalari yordamida sug‘oriladigan maydonlar tushuniladi. Ba’zida oziqlantiruvchi sug‘orish (chiqindi suvlar yordamida), isituvchi sug‘orish (issiqlik elektr stansiyalaridan chiqadigan yoki yer osti issiq manba - buloq suvlari yordamida) va tumanlab sug‘orish (ob-havoning keskin o‘zgarishida o‘simlik barglarini himoya qilish maqsadida) iboralari ham qo‘llaniladi. Sug‘orish turlari. Sug‘orishni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha vegetatsion, novegetatsion sug‘orishlar mavjud. Vegetatsion sug‘orishlar o‘z maqsadiga ko‘ra, namlantiruvchi, oziqlantiruvchi, tetiklantiruvchi, muzlashdan himoya qiluvchilarga farqlansa, novegetatsion sug‘orishlar esa nam to‘plovchi, chuchuklantiruvchi, haydov oldi, ekin ekish oldi va provakatsion sug‘orishlarga bo‘linadi. Oziqlantiruvchi sug‘orish – yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining rivoji uchun ozuqalarga boy suv manbalari (chiqindi suvlar, chorvachilik chiqindi suvlari) bilan maydonlarni sug‘orish yoki bu suvlar bilan maydonlarni N, P, K elementlariga boyitish demakdir. Bu holatda maxsus sug‘orish tizimi yaratiladi. Isituvchi sug‘orish , asosan, issiqlik elektr stansiyalaridan chiqqan suvlarni hamda yer osti issiq manbalardan chiqqan suvlarni sug‘orishda (issiqxonalarda, yerni isitish maqsadida) qo‘llash, shu o‘rinda, havo haroratining keskin o‘zgarishidan o‘simliklarni himoyalash vositasi tarzida purkab sug‘orishdir. Hozirda muntazam sug‘orish turi quyidagi sug‘orish usullari yordamida amalga oshiriladi: yer ustidan, yomg‘irlatib, tuproq ichidan, sizot suvlari sathi (SSS) ni ko‘tarib (subirrigatsiya), tomchilatib va purkab (tumanlatib-aэрозольное). Sug‘orish usulini tanlashda quyidagilar hisobga olinadi: 14 Tabiiy shart-sharoitlar - sug‘orish dalasining relyefi, tuprog‘i (qalinligi, unumdorligi, tarkibi, xossalari va h.k.), shamol yo‘nalishi, kuchi va qaytarilishi, tabiiy namgarchilik va uning tuproq va havoni namlatishda tutgan o‘rni, maydonning zovurlanish darajasi, sizot suvlari (rejimi, joylashish chuqurligi, mineralizatsiyasi) va suv manbalari (turi, rejimi, suv ta’minoti). Xo‘jalik shart-sharoitlari – mehnat resurslarining mavjudligi, sug‘orishda ishtirok etadigan kishilarning tajribasi, dala ishlarini mexanizatsiyalash darajasi, qurilish materiallari va elektr ta’minotining mavjudligi, dalaga ishlov berish, sug‘orish mashinalarining mavjudligi va h.k. Dehqonchilik majmuasi – qishloq xo‘jaligi ekinlarining tarkibi, almashlab ekish, agrotexnika, o‘g‘it solish va h.k. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimi - o‘simlikning vegetatsiya davridagi sug‘orishlar soni, me’yori va muddatlari, novegetatsiya davridagi tuproqning suvga bo‘lgan talablari. Yuqori ish unumi – sug‘orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni ta’minlash. Sug‘orishning iqtisodiy samaradorligi – kapital qo‘yilma va ishlatish xarajatlari, sug‘orishgacha va undan keyingi hosildorlik, sug‘orishdan olingan foyda. Kapital qo‘yilma – xarajatlarning samaradorligi, qoplanish muddatlari va h.k. Tuproq eroziyasiga yo‘l qo‘ymaslik, sug‘orishning tuproq suv-fizik, kimyoviy va mikrobiologik xossalariga ta’siri. Download 106,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling