Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Sug‘orish va mavsumiy sug‘orish me’yorlari
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
3.4. Sug‘orish va mavsumiy sug‘orish me’yorlari Mavsumiy sug‘orish me’yori - hisobiy yilda rejalashtirilgan hosilni olish uchun vegetatsiya davrida 1 ga sug‘orish maydoniga beriladigan suv hajmi, m 3 /ga. Ba’zida tuproq faol qatlami namining taqchilligi deb ataladigan mavsumiy sug‘orish me’yorini akad. A. N. Kostyakov tavsiya etgan suv muvozanat tenglamasidan aniqlash mumkin: ), W W W P 10 ( E M f gr − + ± ⋅ ⋅ − = ∆ µ m 3 /ga, 33 bu yerda E -suv iste’moli, m 3 /ga; µ -yog‘indan foydalanish koeffitsienti; P -vegetatsiya davridagi yog‘in miqdori, m 3 /ga; W ∆ -o‘simlik ildiz qatlami namidan foydalanadigan suv hajmi, m 3 /ga; gr W - faol qatlamga sizot suvlaridan kirim suv hajmi, m 3 /ga; f W -sug‘orish suvining yer usti va faol qatlam ostiga bo‘lgan tashlama-isrofi, m 3 /ga; Blatni-Kridla formulasi bo‘yicha mavsumiy sug‘orish me’yori quyidagi formuladan aniqlanishi mumkin: ( ) , P E 10 M ∑ − ⋅ = m 3 /ga, bu yerda ∑ + ⋅ ⋅ ⋅ = ) 8 , 17 t ( T 458 , 0 E γ -mazkur oyda yalpi bug‘langan suv, mm; P -mazkur oyda yoqqan yomg‘ir miqdori, mm; γ -ekin tomonidan suvni sarflash jadalligi koeffitsienti; T ∑ -mazkur oyda quyoshli soatlarning miqdori, yillik miqdordan % hisobida; t -havoning o‘rtacha oylik harorati, o C. A. M. va Ye. M. Alpatevlar tavsiyasi bo‘yicha bioiqlimiy usulda mavsumiy sug‘orish me’yori quyidagi formuladan aniqlanadi: ( ) , P n d k 10 M b ∑ − ⋅ ⋅ ⋅ ⋅ = α m 3 /ga, bu yerda 0 , 1 85 , 0 − = α -o‘simlik ildiz qatlamiga sizot suvlardan kiradigan ta’minotni hisobga olish koeffitsienti; b k -bioiqlim koeffitsienti; ∑ d -havo namligi taqchilligining o‘rtacha kunlik yig‘indisi, mb; n -hisobiy davrning davomati; P -vegetatsiya davridagi yog‘in miqdori, mm. Mavsumiy sug‘orish me’yorining miqdori ekin turi va ekilish maydoniga qarab: g‘o‘za ekini uchun 5000-9000 m 3 /ga, ko‘p yillik o‘t ekinlar uchun 2000-10000 m 3 /ga; makkajo‘xori uchun 2000-5000 m 3 /ga; g‘alla uchun 1000-5000 m 3 /ga; poliz uchun 2000-8000m 3 /ga bog‘ va uzum uchun 1500-7000 m 3 /ga belgilanadi. Mavsumiy sug‘orish me’yori qishloq xo‘jaligi ekinlariga sug‘orish me’yori ko‘rinishida beriladi. Sug‘orish me’yori - qishloq xo‘jaligi ekinlarini bir marotaba sug‘orish uchun 1 ga sug‘orish maydoniga beriladigan suv hajmi, m 3 /ga. 34 Sug‘orish me’yorining chegaraviy qiymati quyidagi formuladan aniqlanishi mumkin: ( ) , А h m max adm w β β − ⋅ ⋅ = m 3 /ga, bu yerda A -tuproqning g‘ovakligi, hajmiga nisbatan % hisobida; w h -faol qatlam qalinligi, m; adm β -tuproqning faol qatlamidagi chegaraviy dala nam sig‘imi, g‘ovaklikka nisbatan %; max β - tuproqning faol qatlamidagi maksimal molekular nam sig‘imi, g‘ovaklikka nisbatan %. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproqning faol qatlamidagi namlik har doim tuproqda yo‘l qo‘yilgan minimal tuproq namidan (70-85% ChDNS) yuqori bo‘lishi kerak. “ m ” ni aniqlash formulasidan ko‘rinib turibdiki, uning miqdori avvalo, tuproqning suv-fizik xossalariga, mexanik tarkibiga, g‘ovakligiga, faol qatlam qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekan. “ m ” o‘simlikning rivojlanish fazalariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni, dastlabki davrlarda kichik, keyingi davrlarda katta. Sug‘orish me’yorining kattaligi sug‘orish usuli va imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Tomchilatib sug‘orishda: m = (50-300) m 3 /ga. Yomg‘irlatib sug‘orishda: m ≤ 600 m 3 /ga. Yer ustidan sug‘orishda: m = (600-1500) m 3 /ga. Sug‘orish amaliyotida nam to‘plash, ekish oldi, tuproq muzlashining oldini olish, provakatsion, yuvuvchi va boshqa sug‘orishlar ham qo‘llaniladi. Nam to‘plash sug‘orishlari kuz va bahor quruq kelganda tuproq qatlamini 1,5-3 m chuqurlikda namlantirish uchun amalga oshirilib, bunda, sug‘orish me’yori 800- 1400 m 3 /ga (mexanik tarkibi yengil tuproqlar uchun) dan 1500-2000 m 3 /ga (mexanik tarkibi og‘ir tuproqlar uchun) gacha, kuzda hosil yig‘ishtirilgach yoki bahorda ekishdan kamida 5-6 kun oldin amalga oshiriladi. Agar SSS 2 m dan yaqin bo‘lsa, nam to‘plash sug‘orishlari amalga oshirilmaydi. 35 Ekin ekish oldi sug‘orishlari 800-1000 m 3 /ga, ko‘chat o‘tkazish sug‘orishlar 150-250 m 3 /ga, muzlashning oldini olish sug‘orishlar 300-400 m 3 /ga, provakatsion sug‘orishlar 300-400 m 3 /ga, sho‘r yuvish 2000-5000 m 3 /ga me’yorlar bilan amalga oshiriladi. Meliorativ amaliyotda sug‘orish rejimini hisoblashning bir necha usullaridan foydalaniladi. Ular ichida eng keng tarqalgani akademik A. N. Kostyakovning grafoanalitik uslubi hisoblanadi. A. N. Kostyakov uslubi faol qatlamning suv muvozanat hisobiga asoslangan bo‘lib, bunda har bir ekin uchun faol qatlamning haqiqiy act W va minimal yo‘l qo‘yilgan min W nam zaxira qiymati aniqlanadi. 4-rasm. A. N. Kostyakovning sug‘orish rejimini hisoblashdagi grafoanalitik uslubi: max W , opt W , min W -tuproq hisobiy qatlami w h (m) dagi maksimal, maqbul va minimal nam zaxiralari (m 3 /ga) egri chiziqlari 36 Agar min act W W > bo‘lsa, sug‘orish talab qilinmaydi.Hisobiy davrdagi yog‘in miqdorini, ekinning suv iste’mol qiymatini, mavsumiy sug‘orish me’yorini, faol qatlam qalinligi qiymatini, tuproqdagi nam zaxira qiymatlari max W va min W ni bilgan holda, tuproq hisobiy qatlamining suv muvozanatini har 10 kunlik davrga tuzib, hisob va grafik usulda sug‘orish me’yorlari, sug‘orishlar soni va muddatlarini aniqlash mumkin. Bunda tuproqning haqiqiy nam zaxira qiymati min W ga tushsa, sug‘orish belgilanadi, sug‘orish me’yori va vaqti aniqlanadi (4-rasm). Hozirgi vaqtda A.M. va S.M. Alpatevlarning bioiqlimiy uslubining amaliyotga tadbiq etilishi sug‘orish rejimi hisobini zamonaviy kompyuter programmalarida hisoblash imkonini bermoqda. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling