Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
3.2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli
Madaniy ekinlar o‘zining vegetatsiya davrida quyosh energiyasi ta’sirida tuproqda mavjud bo‘lgan issiqlik, suv, havo va mineral ozuqalardan fotosintez jarayonida o‘z tanasida organik moddalarni paydo qiladi. Bunda o‘simlik barglari uning ildizlari orqali tuproqdagi suv bilan ta’minlanib turadi. O‘simlikdagi fiziologik jarayonning normal amalga oshishi uchun tuproq tarkibida tegishli nam zaxirasi va havo bo‘lishi kerak. Havodagi kislorod o‘simlikning va tuproqdagi organik moddalarni mineral ozuqalarga parchalovchi aerob bakteriyalarning «nafas olishi» uchun zarurdir. 28 O‘simlik o‘sishi davrida ko‘p miqdorda tuproqdagi suvni iste’mol qiladi, uning faqat 0,01-0,03% i o‘sish to‘qimasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Qolgani o‘simlik barglari va tanasi orqali bug‘lanishga sarflanadi. O‘simlikning normal rivojlanishida tuproq nam zaxirasini muntazam to‘ldirib borish, ya’ni tuproqni sun’iy namlantirish - sug‘orish kerak bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga ketadigan suv sarfi ekinlarning bargidan, tanasidan va tuproq yuzasidan bug‘lantirilgan suv sarfi bilan belgilanadi. Ushbu umumiy bug‘lanish suv iste’moli yoki evopotranspiratsiya deb ataladi. Suv iste’mol qiymati iqlimiy shart-sharoitlardan yer yuzasiga tushadigan issiqlik energiyasi, tuproq nami, qishloq xo‘jaligi ekinining turi va hosildorlik qiymatlariga bog‘liqdir. Sug‘orma dehqonchilik amaliyotida qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’molini aniqlashning quyidagi uch: to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalada o‘lchov olish, meteorologik va hisobiy usullari qo‘llaniladi. Hisobiy usulda empirik koeffitsientlar bevosita kuzatuvlar natijasida aniqlanganligi uchun bu usul aniqroq usul hisoblanadi. Shunday aniqlash formulalaridan biri A. N. Kostyakov formulasidir: , Y k E w ⋅ = m 3 /ga, bu yerda E -suv iste’moli, m 3 /ga; w k -suv iste’mol koeffitsienti, m 3 /t; Y -loyihaviy hosildorlik, t/ga. Suv iste’mol koeffitsienti hosil birligiga sarflangan suv hajmi hisoblanib, iqlimiy shart-sharoitlar, ekin hosildorligi va agrotexnika darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham bu qiymatni barcha hududlar uchun yuqori aniqlikda aniqlash juda qiyindir. Tabiiy namlanishning taqchilligi tuproqni sun’iy namlatishni taqozo etadi. Bu holda o‘simlikning alohida yillar va vegetatsiya davri uchun suv iste’mol qiymatini aniq belgilash zaruriyatini tug‘diradi. Bu talab bioiqlimiy usulda (A. M. va S. M. Alpatevlar) qondirilishi mumkin, jumladan: ∑ ⋅ ⋅ = , d k 10 E b m 3 /ga, bu yerda b k -biologik koeffitsient, mm/mb; ∑ d -havoning o‘rtacha ko‘p yillik namlik taqchilligi yig‘indisi, mb. 29 Qurg‘oqchil mintaqada qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy suv iste’molini aniqlashda N. N. Ivanovning bug‘lanishga asoslangan quyidagi formulasidan foydalaniladi: ( ) ( ) , 8 , 0 a 100 t 25 0018 , 0 E 0 ⋅ − ⋅ + ⋅ = mm, bu yerda 0 E -oylik bug‘lanish, mm; t -havoning o‘rtacha oylik harorati, o С; a -havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi. Suv muvozanat uslubi (SMU) sug‘orish dalasining suv muvozanat tenglamasi usuliga asoslangandir: , W W M W P E f gr − + + + ⋅ = ∆ µ m 3 /ga, bu yerda µ -yog‘indan foydalanish koeffitsienti; P -vegetatsiya davridagi yog‘in miqdori, m 3 /ga; W ∆ -o‘simlikning ildiz qatlam tuprog‘idan foydalanadigan nam miqdori, m 3 /ga; M -mavsumiy sug‘orish me’yori, m 3 /ga; gr W -ildiz qatlam tuprog‘iga sizot suvlaridan kapillar kuchlar ta’sirida kelib qo‘shiladigan suvlar miqdori, m 3 /ga; f W -sug‘orish suvining yer usti va faol qatlam ostiga bo‘lgan tashlama isrofi, m 3 /ga. SMU ning ko‘rinishlari – bu bug‘latgich va lizimetrlar hisoblanadi. Bug‘latgichlar yuzasi 500-3000 sm 2 , balandligi 1-1,5 m bo‘lgan, osti va yon devorlari suv o‘tkazmaydigan silindrsimon idish ko‘rinishida bo‘lib, idishga tuproq monoliti o‘rnatiladi. Ular sug‘orish maydonida sizot suvlar chuqurligi 5-10 m da bo‘lganda, ya’ni suvlarning tik yo‘nalish bo‘yicha almashinuvi bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Lizimetrlar esa monolitda tik suv alamashinuvini hisobga olishga asoslangan bo‘lib, bu idishlarning yuzasi 1000-2000 sm 2 dan (don ekinlari uchun) 10000 sm 2 gacha (g‘o‘zada), balandigi 1-2,5 m gacha bo‘ladi. Lizimetrlarda sizot suvlar sathi doimiy ravishda ushlab turiladi. SMU ning kamchiligi E ni aniqlashda o‘simlikning o‘sish omillari hisoblanmish issiqlik energiyasi, meteorologik va boshqa omillarning hisobga olinmasligidir. Bu omillar issiqlik muvozanati usuli (IMU) da inobatga olinadi. 30 Sug‘orish yordamida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha suv iste’moli quyidagi qiymatlarga tengdir: don ekinlarida 3000-4000 m 3 /ga, sholida – 12000 m 3 /ga, poliz ekinlarida 3000-10000 m 3 /ga, ko‘p yillik o‘tlarda – 8000-12000 m 3 /ga, g‘o‘zada – 6000-9000 m 3 /ga. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli o‘simliklarning rivojlanish fazalariga bog‘liq holatda vegetatsiya davrida o‘zgaruvchandir. Shu bilan birga har bir ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning suv iste’moli grafigi turlicha bo‘ladi. Jumladan, g‘o‘za umumiy suv iste’molidan gullaguncha 10-15%, gullash arafasida 60-70%, hosil yetilishi davrida 20-25% ini iste’mol qiladi. Sug‘oriladigan maydonlarda yetishtiriladigan asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining kunlik iste’mol grafiklari 2-rasmda keltirilgan. Har bir ekin o‘zining maksimal suv iste’mol muddatiga ega. G‘o‘zada bu muddat uning gullash fazasiga (iyul-avgust), bug‘doyda ham gullash fazasiga (iyun), shakar lavlagida esa ildiz o‘sish fazasiga (iyul) to‘g‘ri keladi. Suv iste’moli grafigi ekinlarning sug‘orish rejimini aniqlashga yordam beradi. Tabiiy sharoitlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli tuproqdagi nam zaxirasi va yog‘in hisobiga qondiriladi. Qurg‘oqchil mintaqalarda esa bu nam taqchil 2-rasm. Sug‘oriladigan yerlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli grafiklari: Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling