Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI SUG‘ORISH REJIMI 3.1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining normal rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlar
Nazorat savollari
1. Melioratsiya so‘zining mohiyati va uning inson hayotida tutgan o‘rni. 2. Sug‘orishning mohiyati, ko‘rinishlari va turlari. 3. Sug‘orishning tashqi muhit, tuproq unumdorligi va o‘simlik hosildorligiga ta’siri. 4. Sug‘orish suvining sifatiga qo‘yiladigan talablar. 5. Sug‘orish tizimi doimiy tarmoqlarining tarkibi va vazifasi. 6. Sug‘orish tizimi muvaqqat tarmoqlarining tarkibi va vazifasi. 7. Yerdan foydalanish koeffitsienti va yerlarni o‘zlashtirish koeffitsientlarining mohiyati. 23 3. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI SUG‘ORISH REJIMI 3.1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining normal rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlar O‘simliklardan yuqori hosil olish ularni yashash sharoitlarining yetarli va maqbul bo‘lishini taqozo qiladi. O‘simliklarning yashash sharoitlariga yorug‘lik, issiqlik, suv, havo va ozuqa moddalari kiradi. Yorug‘lik, issiqlik, havo kosmik (koinot) omillar hisoblanadi va nisbatan inson tomonidan boshqariladi. Suv va ozuqa moddalari o‘simlikka tuproq orqali o‘tadi va inson mehnati va bilimi bilan to‘liq boshqariladi. O‘simlik rivojlanishiga tuproqning tuzilishi, biologik xususiyatlari, organik moddalarning parchalanishi ham ta’sir etadi. Yorug‘lik. O‘simlik tanasida va uning ishtirokida hosil bo‘layotgan organik moddalar – uglevod, yog‘, oqsil, ferment va boshqalar quyosh energiyasining mujassamlashgan yig‘indisidir. Organik moddalarning parchalanishi natijasida issiqlik hosil bo‘ladi. Buning asosiy manbai quyoshdan kelayotgan yorug‘lik bo‘lib, barcha organizmlar organik moddalarni iste’mol qiladi, parchalaydi va ularning tarkibidagi ko‘zga ko‘rinmaydigan quyosh nuri energiyasini shakllantiradi. Natijada o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. Yorug‘lik ta’sirida o‘simlik barglarida yashil pigmentlar – xlorofil donachalari hosil bo‘ladi. Xlorofil donachalari noorganik moddalar – suv va karbonat angidrit gazidan organik modda hosil qiladi. Bu jarayonni fotosintez deyiladi va quyidagi shaklda ifodalanadi: 2 6 12 6 2 2 O 6 O H С kaloriya katta 674 O H 6 CO 6 + = + + . Fotosintez jarayoni natijasida quyosh energiyasi organik moddalar shaklida saqlanib qoladi. Shunday qilib, o‘simlik qoldiqlari va mevalari inson uchun quyosh energiyasining o‘zgargan shaklidir. Yer sathiga tushayotgan yorug‘lik sifatidagi quyosh energiyasi tarkibiga ko‘ra 3 qismdan iborat: ultrabinafsha nurlar, ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik va infraqizil nurlar. Bularning ichida eng muhimi ko‘zga ko‘rinadigan nur bo‘lib, uni fiziologik 24 radiatsiya yoki faol fotosintetik nurlanish deyiladi. O‘simlik tanasida sodir bo‘ladigan barcha fiziologik jarayonlar shu nur ta’sirida sodir bo‘ladi. Yorug‘lik yetarli bo‘lgan taqdirda o‘simlik yaxshi o‘sadi, rivojlanadi va hosil beradi. Yorug‘lik bo‘lmaganda o‘simlik barglarida xlorofill donachalari hosil bo‘lmaydi, o‘simlik nimjon bo‘ladi, hosil bermaydi. Quyoshning infraqizil nurlari ta’sirida bargning issiqlik rejimi va fiziologik jarayonlarning jadalligi o‘zgaradi. O‘simlik rivojlanishida kun davomida yorug‘likning miqdori muhim ahamiyatga ega. O‘simlik rivojlanish davrida yorug‘lik davrini o‘tmasdan gullash va hosil qilish davriga o‘tolmaydi. Ayrim o‘simliklar uchun yorug‘lik davri kun davomida quyidagicha bo‘lishi zarur: g‘o‘za, bodring, pomidor, garmdori uchun – 8-12 soat; bug‘doy, suli, rediska, ko‘katlar uchun – 14-17 soat. Quyosh yorug‘ligidan foydalanish koeffitsienti o‘simlik bargining sathiga bog‘liq. Bu ko‘rsatkichning eng ko‘p miqdori o‘simliklarning gullash va meva hosil qilish davriga to‘g‘ri keladi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling