Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Issiqlik o‘simlik rivojlanishi jarayonida sodir bo‘ladigan asosiy jarayonlar – 
fotosintez, nafas olish va transpiratsiya (o‘simlik bargi va tanasidan suv bug‘lanishi) 
atrof-muhitdagi haroratga bog‘liq. O‘simlik rivojlanishi uchun maqbul harorat 
biokimyoviy jarayonlar eng rivojlangan davrdagi issiqlik hisoblanadi. 
O‘simlik uchun asosiy issiqlik manbai quyosh radiatsiyasidir. O‘simlik 
rivojlanishi davrida zarur bo‘lgan umumiy issiqlik miqdori mazkur o‘simlikning ri-
vojlanish (vegetatsiya) davri va kun davomida u sarflaydigan maqbul issiqlik miqdori 
bilan belgilanadi. Shu bilan birga o‘simlik naviga, oziqlanish tartibiga, meteorologik 
sharoitlarga, rivojlanish davrining uzun-qisqaligiga, yer sathining past-balandligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Ayrim o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi va hosil berishi uchun 
quyidagi miqdorda kundagi o‘rtacha harorat zarur: g‘o‘za uchun – 3500-5000°C; 
kartoshka uchun – 1300-3000°C. 
Tuproqda ekilgan urug‘ ma’lum darajada issiqlik bo‘lmasa ko‘karmaydi, undagi 
fermentativ jarayonlar rivojlanmaydi. O‘simliklar urug‘i tuproqda harorat quyidagi 
darajada bo‘lganda unadi: 


25
g‘o‘za – 12-14°C; bug‘doy – 1-2°C; lavlagi – 3-4°C; makkajo‘xori – 8-10°C; 
kungaboqar – 5-6°C; soya – 8-10°C. 
Har bir o‘simlikning rivojlanish davrida issiqlikka bo‘lgan talabi har xil. 
Masalan, kartoshka harorat juda issiq bo‘lsa «bolalamaydi», g‘o‘za ko‘sagi eng 
yuqori haroratda (+32°C dan +34°C gacha) ko‘p va sifatli tola beradi.
Havo o‘simlikni, tuproqdagi mikroorganizmlarni, nafas olishi uchun kislorod, 
fotosintez jarayonida karbonat angidrid bilan ta’minlash uchun asosiy manba 
hisoblanadi. Havoning tarkibida o‘simlikka juda zarur bo‘lgan azot, ammiak va 
fosfor oksidi mavjud. 
O‘simlikka kislorod organik moddalar hosil qilish, nafas olish uchun zarur. 
O‘simlikning nafas olishi, qand moddalari va yog‘larning oksidlanish jarayoni 
quyidagi tarzda sodir bo‘ladi: 
kaloriya
katta
674
O
H
6
CO
6
O
6
O
H
С
2
2
2
6
12
6
+
+
=
+

Nafas olish natijasida karbonat angidrid gazi, suv va o‘simlik uchun zarur 
bo‘lgan issiqlik energiyasi hosil bo‘ladi. O‘simlik havoni atmosferadan oladi.
Suv. Suv - o‘simlik o‘sib rivojlanishida eng muhim omillardan hisoblanadi. 
O‘simlik tanasida 75-90%, ayrim qismlarda 98% gacha suv bo‘ladi. Suv hujayra 
protoplazmasida va yadrosida bo‘ladi. Suv o‘simlikning barcha rivojlanish davrlarida 
zarur. O‘simlik urug‘i ma’lum qism namlikni shimib olgandan so‘ng ko‘kara 
boshlaydi. Masalan, ayrim o‘simliklar urug‘i suv quyidagi miqdorda bo‘lganda unadi 
(tuproq og‘irligiga nisbatan foiz hisobida): g‘o‘za – 90%, bug‘doy – 48-57%, 
makkajo‘xori – 40%, beda – 140%, no‘xat – 114%. 
Suv kimyoviy modda sifatida o‘simlik tanasida organik moddalarni hosil 
bo‘lishi uchun zarur. Uning ishtirokida biokimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi. Suv 
hisobiga hujayra va o‘simlik tanasida turgor holati saqlanib turadi. Hujayralarning 
bo‘linishi (ko‘payishi), fotosintez jarayoni, o‘simlikning nafas olishi turgor holatda 
sodir bo‘ladi. Fotosintez jarayoni ustitsalarning ochilishi bilan birga bargdagi suvning 
miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘simlik tanasida suv kamayishi natijasida uning 
nafas olishi jadallashadi, fotosintez jarayoni sekinlashadi, uglevodlar kamayadi, 


26
o‘simlik quriy boshlaydi. O‘simlikda suv bug‘langanda issiqlik sarflanadi, natijada 
uning tanasida harorat pasayadi va issiqlikning salbiy ta’siridan himoyalanadi. 
O‘simliklar suvga bo‘lgan talabiga qarab: kserofitlarga – qurg‘oqchilikka chidamli 
(saksovul, yantoq); gidrofitlarga – suv ko‘p talab qiladigan (qamish, suv o‘tlari, 
sholi); va mezofitlarga – suvni nisbatan kam talab qiladiganlarga bo‘linadi. 
Mezofitlar asosan o‘rtacha iqlim sharoitda tarqalgan bo‘lib, ayrimlari suvni ko‘proq, 
ayrimlari kamroq iste’mol qiladi: g‘o‘za – 6000-9000 m
3
/ga; bug‘doy – 3000-4000 
m
3
/ga; beda – 8000-12000 m
3
/ga; makkajo‘xori – 5000-6500 m
3
/ga; qand lavlagi – 
3000-3500 m
3
/ga; sholi – 12000-20000 m
3
/ga, poliz ekinlari – 3000-10000 m
3
/ga. 
O‘zbekiston Respublikasining aksariyat ko‘p qismi adir mintaqasida joylashgan 
bo‘lib, yetishtirilayotgan madaniy o‘simliklarning rivojlanishi mazkur hududning suv 
bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. O‘simlik suvni asosan tuproqdan oladi. 
O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi uning turiga, ildizning rivojlanganlik darajasiga, 
o‘sish davriga va boshqalarga bog‘liq. Shu sababli o‘simlikning o‘sish davrida suvga 
bo‘lgan ehtiyoji - tuproq tarkibidagi suvning miqdori o‘zgarib turadi. 
O‘simlik tuproqdan suvni ildizi orqali olib barg sathidan muntazam ravishda 
bug‘latib turadi. Bu jarayon transpiratsiya deb ataladi. 
G‘o‘za o‘sish davrida (1 tup o‘simlik) 100-150 kg suv bug‘latadi. Barglar orqali 
suv bug‘lanishi maxsus biologik moslama-ustitsa orqali sodir bo‘ladi. Bug‘lanish 
issiqlikka, yorug‘likka, havoning namligiga, shamolning yo‘nalishi va tezligiga, 
tuproqning kapillar xossalariga bog‘liq bo‘ladi. 
Suvning tuproq-o‘simlik-havo (atmosfera) tizimidagi harakati tuproq, o‘simlik 
tanasi va atmosferada hosil bo‘ladigan molekular, kapillar va gravitatsion kuchlar 
ta’sirida vujudga keladi. Bu kuchlar tuproq, o‘simlik hujayrasidagi eritmada bosim 
hosil qiladi. Bosim yuqori joydan bosim past joyga harakat boshlanadi. Natijada juda 
mayda naysimon bo‘shliqlar orqali suv tuproqdan o‘simlik tanasiga o‘tadi, barglari 
orqali bug‘lanadi. 
Suvning tuproqdan o‘simlikka o‘tishi osmotik kuchlar orqali boshqariladi. 
Osmotik bosim hujayra eritmasidagi suv molekulasining ko‘p qismi erigan modda va 


27
ionlar bilan bog‘liq holda gidratlar hosil qilganligi, erkin suv molekulasi miqdori esa 
tuproq eritmasidagiga nisbatan kam bo‘lganligi sababli hosil bo‘ladi. 
Diffuziya ta’sirida hujayraga o‘tayotgan suv uning ichki hajmini kengaytiradi va 
osmotik bosim hosil qilib, hujayraning plazmatik va tashqi qobig‘iga ta’sir etadi.
Barg orqali suvning bug‘lanishi suv molekulalarining barg sathidan ajralishi va 
kengayishi bo‘lib, bug‘latadigan issiqlikka bog‘liq bo‘ladi. Natijada ma’lum 
og‘irlikdagi suv gazsimon shaklga - bug‘ga aylanadi. Issiqlik pasaygach bug‘ qayta 
suvga aylanadi (kondensatsiya). 
Bug‘lanish - suv sathidan ma’lum vaqtda ajralayotgan, gazsimon shaklga 
aylangan suvdir. O‘lchov birligi mm yoki m
3
da bo‘ladi.
O‘simlikning suvga bo‘lgan talabi transpiratsiya (suv bug‘latish) koeffitsienti 
bilan belgilanadi. Transpiratsiya koeffitsienti deganda bir o‘lchamdagi quruq o‘simlik 
moddasini hosil qilishga sarflanadigan suv miqdori tushuniladi. Bu ko‘rsatkich 
bug‘doyda – 513, g‘o‘zada – 646, bedada – 831, makkajo‘xorida – 368 ga teng. 
S.N.Rijov ma’lumotlariga qaraganda o‘simliklarning transpiratsiya koeffitsienti 
tuproq unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Unumdorlik yuqori bo‘lsa tuproq eritmasida 
ozuqa moddalari ko‘p bo‘ladi, o‘simlik transpiratsiya koeffitsienti nisbatan past 
bo‘ladi. Masalan, unumdor yerlarda yuqori hosil olinganda (40-50 s/ga) va talabga 
muvofiq suv berilganda g‘o‘zaning transpiratsiya koeffitsienti 400-500 ga, unumsiz 
yerlarda kam hosil olinganda 800-1000 ga teng bo‘ladi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling