Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Sug‘orish tizimi, uning tarkibiy qismlari


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

2.5. Sug‘orish tizimi, uning tarkibiy qismlari 
Sug‘orish tizimlari, asosan, qurg‘oqchil maydonlarda loyihalanib, bu tizimdagi 
inshootlar ma’lum tabiiy namlik yetishmagan sharoitda qishloq xo‘jaligi madaniy 
ekinlaridan barqaror va yuqori hosil olish uchun zarur bo‘lgan hajmda va talab 
qilingan muddatlarda sug‘orish maydonlariga suv berishni, undan zax va tashlama 
suvlarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni hamda tuproqning maqbul suv-havo, suv-tuz 
rejimlarini ta’minlashi kerak. 
Sug‘orish tizimi tarkibiga suv omborlari, tabiiy yoki sun’iy suv manbalaridagi 
suv olish va baliq himoyalovchi inshootlar, tindirgichlar, nasos stansiyalar, 
sug‘oruvchi, zax qochiruvchi va tashlama tarmoqlar, ulardagi inshootlar, himoya 
tarmoqlari, tuproq eroziyasiga qarshi inshootlar, yerlarning meliorativ holatini 
nazorat qiluvchi boshqarish va avtomatlashtirish, elektrlashtirish va aloqa qurilmalari, 
xizmatchi xodimlar uchun qurilgan ishlab chiqarish va istiqomat binolari, 
foydalanuvchi yo‘llar, himoya daraxtlari kiradi. 


20
Sug‘orish tarmoqlari sug‘orish tizimlari tarkibida muhim o‘rin tutib, ularning 
tarkibi 1-rasmda ko‘rsatilganidek, sug‘orish manbai, sug‘orish manbasidan suv 
olishga mo‘ljallangan bosh inshoot, doimiy sug‘orish tarmoqlari, muvaqqat sug‘orish 
tarmoqlari, sug‘orish tarmoqlaridagi inshootlar, himoya tarmoqlari va himoya 
inshootlari, suv tashlamalari va zax qochirish tarmoqlaridan iboratdir. 
Sug‘orish manbai aksariyat hollarda daryo hisoblanib, uning suv oqimi 
boshqarilgan yoki boshqarilmagan bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, suv oqimi 
boshqarilgan sug‘orish manbasidagi sug‘orish tizimining suv ta’minoti yuqori 
bo‘ladi. 
Sug‘orish manbaidan suv olishga mo‘ljallangan bosh inshoot sug‘orish 
tarmog‘ining bosh kanaliga kerakli muddatlarda va kerakli hajmda sug‘orish uchun 
mo‘ljallangan suvni olib berish uchun xizmat qiladi. Sug‘orish manbasining 
xususiyatiga qarab uning turi turlicha bo‘lishi mumkin. 
Doimiy sug‘orish tarmoqlarining tarkibi sug‘orish maydonining ko‘lamiga 
qarab, ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Ularning asosiylari quyidagicha nomlanib: 
bosh (magistral) kanal (BK); xo‘jaliklararo tarmoq (XAT); xo‘jalik tarmog‘i (XT); 
xo‘jalik ichki tarmog‘i (XIT); shohariq (ShA), ularning asosiy vazifasi suvni 
sug‘orish manbasidan kam suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ygan holda olib, kerakli 
muddatlarda va kerakli hajmda o‘zidan suvni o‘tkazib sug‘orish dalasigacha yetkazib 
berishdir. BK ning bosh inshootdan to birinchi suv taqsimlovchi tarmoqqacha bo‘lgan 
qismi salt qism, qolgani ishchi qism deb nomlanadi. U asosan, bir sug‘orish tizimida 
yakka hisoblansa-da, ba’zi hollarda (olib chiqish konuslari yer maydonlaridan) bir 
necha tarmoqlarga bo‘linishi mumkin. 
XAT suvni BK dan olib XT ga taqsimlaydi. Ba’zida, XT to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvni 
BK dan olishi mumkin. Suv XT dan XIT larga ulardan ShA larga taqsimlanadi. Suv 
o‘tkazuvchi doimiy tarmoqlarning oxirgi qismi bo‘lgan ShA dan muvaqqat 
tarmoqlarga uzatiladi. Sug‘orish usuli va texnikasiga qarab muvaqqat tarmoqlarning 
tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin. Yer ustidan egatlab sug‘orishda (eng keng tarqalgan 
uslub) muvaqqat tarmoqlar muvaqqat ariq, o‘qariq va egatlardan tarkib topadi. Har 
qanday muvaqqat tarmoqlarning asosiy vazifasi oqova suvni tuproq namiga aylantirib 


21
berishdir. Sug‘orish tarmoqlarining bu qismi doimiy ishlamasa-da madaniy 
ekinlarning sug‘orish rejimini ta’minlaydi. Sug‘orish maydonidagi ortiqcha suvlar 
(kuchli yog‘in - sel, sug‘orish tarmoqlaridagi tashlama va avariya holatidagi suvlar)ni 
maydon tashqarisiga chiqarish uchun tashlama tarmoqlar, SSS ni rostlash hamda 
sho‘r sizot suvlari va sho‘r yuvish suvlarini zaxi qochiriladigan maydonidan 
uzoqlashtirish uchun zax qochirish tarmoqlari quriladi. 
Sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab quriladigan aloqa yo‘llari sug‘orish maydonlari, 
dala shiyponlari, aholi istiqomat joylari o‘rtasida aloqa, sug‘orish tizim elementlariga 
xizmat ko‘rsatish, xo‘jalikni boshqa hududlar bilan bog‘lash uchun quriladi. 
Himoya daraxtlarini ekishdan asosiy maqsad, sug‘orish dalalarini shamolning 
aks ta’siridan himoyalashdir. Ular, asosan, sug‘orish tarmoqlari, aloqa yo‘llar va suv 
tashlamalari bo‘ylab, ularning sharq va janub tomonlaridan ekilishi kerak, chunki 
ularning soyasi kunduzi ekin dalasiga tushmasligi maqsadga muvofiqdir.
1-rasm. Sug‘orish tizimining shartli sxemasi: 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling