Mavzu: Qoraqalpoq xalqining an`anaviy xo`jaligi va moddiy madaniyati


Download 342.83 Kb.
bet1/5
Sana08.08.2023
Hajmi342.83 Kb.
#1665878
  1   2   3   4   5
Bog'liq
. Qoraqalpoqlar xo`jaligi va madaniyati


Mavzu: Qoraqalpoq xalqining an`anaviy xo`jaligi va moddiy madaniyati.

Reja

1.Dehqonchiligi, chorvachiligi va baliqchiligi.

2.Moddiy va ma’naviy madaiyat: turar joylari, hunarmandchilik va savdo.


3.Xalq e`tiqodlari. Folklor va san’at.


Kirish



Qoraqalpoqlar qadimda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimida joylashgan yerlarda dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib kelganlar. Ular azaldan chorvador xalq bo‘lib, keyinchalik esa dehqonchilik bilan ham shug‘ullana boshlagan, degan munozara mavjud. Bu xalqqa xos jihatlardan biri ham shundaki, ular boshqa ko‘pchilik xalqlar singari ko‘chmanchi hayot kechirishdan o‘troq hayotga o‘tgan emas, balki qadim zamonlardan o‘troq hayot kechirib kelgan. Qoraqalpoqlar azaldan sug‘orma dehqonchilik qilishgan. Shu maqsadda Sirdaryo va uning irmoqlari Quvondaryo hamda Jonidaryodan suv olib, irrigatsiya tarmoqlari orqali ekin maydonlariga suv chiqazishgan.
Dehqonchilikda asosan g‘allachilik rivojlangan. Daryolar va ko‘llar atrofidagi erlarga bug‘doy, arpa va tariq, sholi, jo‘xori, zig‘ir, kunjut, beda, poliz ekinlari ekilgan. Ekinlarni sug‘orish uchun zarur suv qoraqalpoqlar butun hayot-mamot masalasi bo‘lgan. Suv yetishmasligi oqibatida juda ko‘p janjallar, kelishmovchiliklar kelib chiqar, katta qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘lar edi. Bir qabila yo urug‘ boshqa qo‘shni qabila yo urug‘ bilan ko‘pincha ixtilofda yashar edi. O‘sha zamonning og‘ir shart-sharoitlari, mahalliy boylar, zadagonlarning zo‘ravonligi, ular tomonidan o‘rnatilgan og‘ir tartib-qoidalar juda ko‘p qon to‘kilishiga sabab bo‘lar edi. Har bir qoraqalpoq ovullari o‘zlariga biriktirilganmerosiy kanal (jap)lar atrofida joylashgan bo‘lib, har qaysining suv ichadigan salmasi (irmog‘i) mavjud edi. Kimga qancha suv berish; daryodan suv olib kelish uchun kanal (arna) qazishda qaysi ovuldan qancha odam qatnashishi, bahorda arnani tozalash uchun suvga nechta odam ajratilishi mirob tomonidan hal qilinar edi. Suv muayyan mazgil (vaqt)gacha, masalan, erta tongdan tush paytigacha odatda ikki tanob erni sug‘orishga etadigan miqdorda oqizib turilar edi. Suv tanqis vaqtlarida ikki xo‘jalikka bir mazgil suv berilar edi.
Ko‘p joylarda yerni qo‘l serppe yordamida sug‘orishga to‘g‘ri kelar edi. Bu moslamalar bilan suv bir ariqdan ikkinchi ariqqa chiqarib turilar edi.Ayni vaqtda oyoq yordamida suv chiqariladigan moslama ham ishlatilar edi.Bunday usul kichik maydon ekinlariga suv chiqarishda qo‘llaniladi.Katta ekin maydonlarga suv chig‘ir yordamida oqizilgan.Yer go‘ng, eski devor bilan oziqlantirilgan.Haydashdan oldin erlar sho‘rini yuvish uchun bir necha bor sug‘orilgan.Keyin omoch (gunda – agash) bilan avvalo uzunasiga, so‘ngra ko‘ndalangiga ikki qaytadan haydalgan.Keyin haydalgan erlar mola yoki dandene bilan kesaklarini maydalab tekislab chiqilgan.
Hosilni o‘roq bilan o‘rishgan.Donni yanchish, sovurish ishlari Markaziy Osiyo xalqlariga xos uslubda bajarilgan.
Qoraqalpoqlar asosan qoramol va yilqi boqishgan. Yozda yaylovlarda, qish kunlari esa qo‘lda boqilgan. Ushoq – qoramollarni podachi (podashi), yilqilarni yilqishi, mayda mollarni esa qo‘ychi (qo‘yshi) yoki cho‘pon (shopon)lar boqqan. Qishda chorva, odatda shox, butoq va qamishlardan tiklangan qo‘ralarda yoki bostirmalarda, molxona, sayisxona, yilqilar esa yerto‘lalarda saqlangan.
Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida muytin, qo‘ldauli urug‘lari yashayotgan yerlarda aholi asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi.Baliq ovlash uchun qamishlardan qaza deb ataladigan moslama tayyorlangan.Sol, qayiqlarda baliq ovlangan.
Qoraqalpoqlarda mo‘ynachilik ham yaxshi rivojlangan. Chunki qoraqalpoqlar yashaydigan yerlarda, ayniqsa Amudaryo sohillarida xilma-xil yovvoyi qush, parranda va hayvonlar juda ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun qoraqalpoqlar boshqa mashg‘ulotlardan tashqari vaqti-vaqti bilan ov ham qilib turishgan. O‘rdak, g‘oz, qirg‘ovul, quyon, sayg‘oq, jayron ovlashgan.

Download 342.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling