Mavzu: Qoraqalpoq xalqining an`anaviy xo`jaligi va moddiy madaniyati


Download 342.83 Kb.
bet3/5
Sana08.08.2023
Hajmi342.83 Kb.
#1665878
1   2   3   4   5
Bog'liq
. Qoraqalpoqlar xo`jaligi va madaniyati

Taomlari.
Qoraqalpoqlardanonningharxilturiyopilgan: bug‘doynoni (shurek), jo‘xori (zog‘ora) non, qotirmanon, gulshe (kumesh), ya’niqo‘rnon (qo‘rdapishirilgan). Qoraqalpoqlar nonni qo‘rda, qozonda, tandirda pishirishgan. Tandir og‘zini yuqoriga qaratib qurishgan. Suyuq ovqatlarning turli xilini tayyorlaydilar; jarma – tuyilgan arpa, bug‘doy, jo‘xori donidan pishiriladi: jo‘xori go‘ja, so‘k oshi (so‘kni avvalo suvda pishirib olib, so‘ngra yog‘da qovurishadi). Tansiq taomlaridan sirgurunch, shovla, palovdir.
Sut va sut mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilishadi: qatiq, sariyog‘, ayron, qurd, yozda esa chalop tayyorlanadi. Ular qo‘y go‘shti, qoramol go‘shti, parranda go‘shtini tanovul qilishadi. Qovurdoq, kabob, burek (varaqaga o‘xshagan), buyrak va yurakdan jarkop tayyorlashadi. Qoraqalpoqlarda qovoqdan turli taomlar tayyorlashadi, qovundan esa qoqi qilishadi.
Elshunos U. X Shalekenov (“Ush ay saunim, ush ay kaunim, ush ay kabagim, ush ay shabagim”), “Uch oy sut, uch oy qovun, uch oy oshqovoq, uch oy baliq” degan qoraqalpoq xalq matalini keltirish asnosida ta’kidlaganidek, bu matalda o‘ziga to‘q oilalar uchun go‘sht shunchaki kundalik ovqat hisoblangan bo‘lsa, bir vaqtda go‘sht topib yeyish imkoni bo‘lmagan mehnatkash oilalarning ovqatlanish tartibi yaqqol aks ettirilgan. Badavlat oilalar kuniga uch-to‘rt marta go‘shtli va boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilishgan. Kambag‘allar esa kuniga nari borsa bir mahal issiq ovqat bilan cheklanishgan, sigir va echkisi yo‘qligidan sutli ovqat eya olmay, asosan, jo‘xori, tariq va yovvoyi “shirin” o‘simligidan tayyorlangan bo‘tqa iste’mol qilishgan.
Uy-joylari.
Turarjoylarqoraqalpoqlaryashayotganjoysharoitlarigavatabiiyiqlimsharoitlarigaqarabharxilqurilgan. Ularning har qanday sharoitga mos kelaveradigan, eng yaxshi ko‘rgan uyi o‘tovdir. Uni qoraqalpoqlar qora uy deb yuritishadi. Bundan tashqari, qoqra nomi bilan ma’lum bo‘lgan loysuvoq uylari ham bo‘lgan. Ayrim hollarda yerto‘lalarda yashashgan, yirik boylarning katta hovlilari bo‘lgan. Bunday hovlilar paxsa bilan qurilib, chor atrofi devor bilan o‘rab chiqilgan.
Qoraqalpoqlarning ko‘pchiligi qishloqlarda chiroyli, qishda issiq, yozda salqin, ichi keng, kundalik turmush uchun qulay o‘tovlarda yashaydilar. Ayni vaqtda chiy, qamish devorli sinch devorli uylar ham qurilgan.
Qoraqalpoq folklorining asosini lirik: aytis, matal va maqollar tez aytish ; Epik: ertak, terma, doston tashkil qiladi.
Dostonlar 4 turga bo`linadi: qahramonlik,lirik,ijtimoiy-maishiy,tarixiy. Qoraqalpoq dostonlari: “Alpamis”,“Edige”,“Qo`blon”,“Qirqqiz”.
Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga bo`linadi:

Download 342.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling