Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 


=
d
45
,
0
E
1
 
bu yerda 
P
-yillik yog‘in miqdori, mm; 
1
E
-shartli bug‘lanish, mm; 

d
-kunlik havo namligining 
taqchilligi, mb. 


11
6
,
0
>
α
- ortiqcha namiqqan, 
6
,
0
45
,
0

=
α
- namiqqan, 
45
,
0
25
,
0

=
α
- kam 
qurg‘oqchil, 
25
,
0
15
,
0

=
α
- qurg‘oqchil, 
15
,
0
<
α
- quruq maydonlarga farqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan barcha holatlarda ham Markaziy Osiyo mintaqasi
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi maydonlari qurg‘oqchil (arid) yoki tabiiy quruq 
maydonlar turkumiga mansubdir. Shu o‘rinda O‘zbekiston iqlimi to‘g‘risidagi qisqa 
ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tamiz. 
O‘zbekiston yer kurrasining shimoliy yarim sharida, dengiz va okeanlardan 
uzoqda, Yevrosiyo materigining O‘rta qismida, subtropik mintaqada joylashgan. 
Uning 80% maydoni cho‘l va yarim cho‘llardan iborat. Asosiy iqlim hosil qiluvchi 
omil quyosh radiatsiyasining oqimidir. Yozgi davrda bu qiymat 800-1000 Mj/m
2
ni 
tashkil etadi. Yozda qizigan cho‘l ustidan tropik Turon havosi hukmrondir. 
Quyosh radiatsiyasi, umumiy havo almashinuvi va relyef O‘zbekiston iqlimini 
keskin o‘zgaruvchan, subtropik iqlim holatiga olib kelgan.
O‘zbekiston maydonini 3 ta iqlim zonasiga: cho‘l va quruq dasht, tog‘oldi va 
tog‘li zonalarga farqlash mumkin. 
O‘lkada inson hayotida muhim o‘rin tutadigan madaniy qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini (paxta, bug‘doy, sholi, beda va h.k.) sug‘orishsiz yetishtirish mumkin emas, 
chunki Markaziy Osiyoda yog‘adigan tabiiy yog‘in miqdori o‘rtacha 100-300 mm/yil 
ga teng, agar bu miqdorni o‘simlik o‘sish davridagi suvga bo‘lgan talabidan olib 
qarasak, uning juda ham kam ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 
Sug‘orish melioratsiyaning keng taraqqiy etgan tarmog‘i hisoblanib, bunda 
insoniyat kafolatlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi. Azaldan va 
hozirda ham o‘lkamizda yetishtirilayotgan hosilning aksariyat qismi (80-90%) 
sug‘oriladigan maydonlardan olinadi. Shuning uchun ham sug‘orish O‘zbekiston 
Respublikasi xalq xo‘jaligida muhim o‘rin tutadi. Xalqda bejiz “Oqar suvga tupurma” 
degan ibora qo‘llanilmagan.
Sug‘orish tarixiga nazar tashlasak, Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan 
arxeologik qazilmalar Ashxobod yaqinida er. av. 3250 yillarda ham sug‘orish 
qo‘llanilganligini ko‘rsatgan. Yer sharida esa sug‘orish 5-6 ming yillik tarixga ega 
bo‘lib, uning ildizi Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarga borib taqaladi. 


12
Birgina O‘zbekiston Respublikasida 4,3 mln. ga sug‘orish maydoni uchun 900 
ga yaqin sug‘orish tizimlari yaratilgan.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga asosan, O‘zbekistondagi 
sug‘orish tarmoqlarining umumiy uzunligi 180 ming km, zax qochirish 
tarmoqlarining umumiy uzunligi 139 ming km ni tashkil etadi. Suv omborlarida har 
yili 17 mlrd. m
3
suv to‘planadi. 
Respublika aholi boshiga to‘g‘ri keladigan solishtirma sug‘orish maydoni 1965 
yilda 0,35 ga/kishi bo‘lsa, hozirda 0,17 ga/kishi ga teng va bu kamayish tendensiyasi 
davom etmoqda.

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling