Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "iqtisod va qurilish " fakulteti


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana11.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1450579
  1   2   3   4   5   6   7   8


ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI 
“IQTISOD VA QURILISH “ FAKULTETI 
“AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” 
KAFEDRASI 
“SHAHARSOZLIK ASOSLARI VA BARQAROR RIVOJLANISHI” 
FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI 
Mavzu: Zamonaviy shaharsozlikda an'ana va innovatsiyalar. 
Guruh: Arxitektura-209 
Bajardi: Abdumutallibova G. 
Tekshirdi: Azimova A. 
Andijon-2023 


Mundarija: 
I.Kirish………………………………………………………………………..….4-5 
II.Asosiy qism………………………………………………………………..…6-19 
III.Xulosa……………………………………………………………………..…..20 
IV.Adabiyotlar…………………………………………………………….……...21 


Reja 
1. Shaharsozlikning rejalashtirishi asosiy prinsiplari va shahar strukturasi. 
2. Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. 
3. Aqlli shaharlarning xususiyatlari. 


Shaharsozlik (shahar qurish)- meʼmorlikning yirik sohasi; shahar bunyod etish 
nazariyasi va amaliyoti — aholi yashaydigan hududlar (turar joylar)ni loyiha asosida 
rejalashtirish. Shaharsozlik ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyena, qurilish-texnika, 
badiiy-meʼmoriy masalalar majmuini qamrab oladi. Shaharsozlik majmui meʼmor-
lik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish kuchla-
rining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy oʻziga xosligi 
bilan belgilanadi. Shaharsozlik oʻz navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash
landshaft meʼmorligi, bogʻ barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam 
olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir 
necha tarmoqlarga boʻlingan. Shahalarda turar joylarning nafaqat meʼmoriybadiiy 
qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga — yoʻllar, ayniqsa, avtomo-
bil yoʻllarita, infratuzilma (suv, oqava — kanalizatsiya, gaz, elektr va boshqalar mu-
handislik taʼminotlari)ga katta eʼtibor beriladi. shahrida yangi shahar, shaharcha, 
qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), 
meʼmoriy majmualar (koʻproq turar joy.mavzelari)ni bunyod etish bosh reja asosida 
amalga oshiriladi, bunda loyihalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim oʻrin tutadi. Bun-
day loyihalar buyurtmalar orqali shaharsozlikka ixtisoslashgan ilmiy tekshirish va 
loyihalash intlarida bajariladi. Toshkentda Oʻzbekiston shaharsozlik loyihalash va 
ilmiy tekshirish instituti (OʻzLITI), Toshkent Boshtarh loyihalash va ilmiy tek-
shirish instituti va boshqalar shunga oʻxshash institutlar faoliyat koʻrsatadi. 
Shaharsozlik qadimiy tarixga ega. Mil. av. 3- ming yillik oʻrtalari - 2- ming yillik 
boshlarida qadimiy madaniyat davrida aholi kent - manzillarini qurishda muntazam 
rejalashtirish xususiyatlaridan foydalanilgan (Qad. Xitoy, Misr, Eron va boshqalar). 
Yunoniston shaharlar siyosiy va diniy markazlarni ajratgan holda rejalashtirilgan 
boʻlsa (akropol va boshqalar), qadimiy Rimda shaharlarni toʻgʻri burchakli daha-
larga boʻlish uslubi qoʻllanilgan (Pompey, Ostiya va boshqalar), Shaharsozlik naz-
ariyasi paydo boʻlgan (Vitruviy risolasi, mil. av. 1-asr). Oʻrta asrlar Yevropasiga 
shaharlarni stixiyali, qalʼa devorlari atrofida chiziqli va aylana halqali rejalashtirish 
-4- 


xos boʻlgan (Nyordligen Germaniyada, Krakov Polshada, Praga Chexiyada va 
boshqalar). Rossiyada shaharlar tepaliklarda, daryolar quyiladigan joylarda bunyod 
etilgan (Kiyev, Chernigov, Novgorod, Pskov va boshqalar), hamma koʻcha (yoʻl)lar 
shahar darvozasiga yoki shahar savdo maydonlariga olib borgan. Aylana halqali re-
jalash shahrining mumtoz namunasi oʻrta asrlardagi Moskvadir. 
Uygʻonish davri Gʻarbiy Yevropa Shaharsozligi uchun markazlarni muntazam 
rejalashtirish va maydon ansambllarini yaratish xos boʻlgan (Rimdagi Kapitoliy 
maydoni, 1546, meʼmor Mikelanjelo); shahar —qalʼa loyihalari ishlab chiqildi (F. 
Martini, J. Vazari, V. Skamotssi), Sh. nazariyasi rivojlandi (L. Alberti), shaharlarn-
ing turli qulayliklari boʻlgan loyihalari yaratildi (lekin bu loyihalar amalga oshmadi). 
Barokko davrida kuchqudrat va ulugʻvorlik ramzini ifodalagan ansambllar yaratildi; 
18-asr oʻrtalari 19-asr boshlarida toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻriga asoslangan 
ochiq maydon tizimi yuzaga keldi. Sankt-Peterburg (Peterburg) 3 yoʻnalishli re-
jalash loyihasi asosida qurildi(1703). 19-asrda shaharlar tartibsiz qurilishiga qarshi 
boʻlgan shahar- bogʻ gʻoyasi bilan bogʻliq dezurbanizm rivojlandi. Sanoatdagi tub 
oʻzgarishlar sha. harlarning jadal oʻsishiga olib keldi. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida 
Yevropada arzon ishchilar shaharchalari va turar joylar majmualari qurildi, bu 
qurilishlar taʼsirida shahrida majmualarni yaxlit holda vazifalariga koʻra re-
jalashtirish loyihasi, binoning joylanishi, dam olish uchun koʻkalamzorlashtirilgan 
joylar va bolalar maydonchalari, baʼzi jamoat binolari, maishiy xizmat koʻrsatish 
nuqtalari qurishni oʻz ichiga olgan ijobiy usullar ishlab chiqildi. 20-asrda hududiy 
(mintaqaviy) rejalashtirish yuzaga keldi (Buyuk Britaniyadagi Donkasteri, 1921—
22, meʼmori L. Aberkrombi va T. Jonson). 1950-yillarda shaharlarni jadal rivojlan-
ishi avtotransportning rivoji, aholi punktlarining koʻpayishi, shahar muhitining 
ifloslanishi shahrini tumanlarga boʻlib loyihalash kabi yangi nazariyalarni keltirib 
chiqardi. Aholi punktlarini yoʻl yoqalab qurish, yuldosh shaharlar yaratish 
rivojlandi; shuningdek anʼanaviy binolar qurishdan voz kechib, eski shaharlar tar-
kibida osmonoʻpar binolar qurish gʻoyasi ilgari surildi. 
-5- 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling