Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "iqtisod va qurilish " fakulteti


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana11.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1450579
1   2   3   4   5   6   7   8
Kommunal-omborxona hududi: bunda omborxonalar, ularga xizmat qilu-
vchi temir yo'l tarmоqlari, tramvay, trolleybus va avtobus parklari, ichimlik suv in-
shootlari, oqava suvlar inshootlari, shahar kommunal xo'jalik inshootlari joy lashadi.
Kommunal-ombor qismlar shahar ichi va tashqi transport tarmog‘i bilan 
yaxshi aloqaga ega bo'lishi lozim. Ular ham aholi joylari kam bo'lgan sanoat tuman-
larida joylashtiriladi.
Omborxona majmuasini asosiy rejaviy tashkillashtirish quyidagicha bo’ladi:
- majmua hududini yukni qabul qilish, saqlash va jo'natishga mo’ljallangan omborx-
ona maydoni ajratilgan holda chegaralash;
- yukni qabul qilish va jo'natish, bir transportdan boshqasiga qayta yuklash vazifala-
rini bajaruvchi transport hududi; 
- maishiy va ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi hudud; 
- sanitar-himoya hududi,
-8- 


Sanitar-himoya hududi: turar-joy hududlarini sanoat tashkilotlari va 
transport qurilmalaridan ajratadi. Bu hudud ko'kalamzorlar va ochiq maydonlardan 
iborat.
Asosiv funksional hududlarni shahar hududida fazoviy taqsimlash ancha mu-
rakkab masaladir. Shaharning ayrim hududi bitta funksiyani bajarib, u mono-
funksional qismga aylanishi mumkin. Ayrim hududlarida bir nechta asosiy funksiya 
qo’shilib ketib, ular polifunksional hududni tashkil etadi.
Ilmiy yo‘nalishdagi shaharlarda uning asosiy hududlari qatoriga ilmiy 
tadqiqot institutlari va konstruktorlik byurolari hududi qo'shiladi. Kurort shaharlarda 
asosiy shaharni tashkil etuvchi hududlar, ommaviy dam olish joylari, ko'kalamzor-
larning yirik massivlari, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan dehqonchilik 
yerlari va boshqalar bo’lishi mumkin.
Aholi dam olish hududi (rekreatsiya): bu alohida funksional hudud hisobla-
nadi. Uning unsurlari (elementlari) shaharda aholi yashash jovlarida, sanoat 
hududida va ulardan tashqarida, ya’ni alohida dam olish hududi sifatida joylashadi. 
Shahardan tashqarida qisqa muddatli (dam olish kunlari) va uzoq muddatli (ta 'til 
paytida) dam olish joylari tashkil etiladi (pansionatlar, o‘quvchilar oromgohlari, 
bog'dorchilik joylari).
Ko'kalamzorlar hududi: sog‘lom shahar muhitini yaratish uchun, ko’kalam-
zor hududlar shaharning barcha hududlarini qamrab olishi va judayam kichik 
bo’lmasligi kerak. Faqat shaharning o‘zigina emas, balki uning alohida funksional 
hududlari ham rivojlana olishi lozim. Muhimi, ular bir-birining makoniy rivojlan-
ishiga xalaqit bermasligi va zich o’sib ketmasligi lozim.
Tashqi ко‘kalamzor massivlarni (o'rmonlar, o'rmon-parklar) shaharning 
yashil ko'kalamzorlari bilan birlashtirish tavsiya etiladi, bunda shahar hududini 
ko‘kalamzor yo‘llar va xiyobonlar bilan joylashtirish ko‘zda tutiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling