Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "iqtisod va qurilish " fakulteti
Shaharsozlikning asosiv rejalashtirish prinsiplari va shahar strukturasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Shaharsozlikning asosiv rejalashtirish prinsiplari va shahar strukturasi.
Zamonaviy shahar- bu sanoat korxonalari, turar-joy komplckslari, jamoat markazlari, ochiq havodagi dam olish joylari, transport va muhandislik inshootlari bilan band bo'lgan hududlarning murakkab kompleksidir. Shuning uchun, shahar- larning rejaviy tashkil etilishiga tartib va sistema kirituvchi dastlabki prinsip bu - funksional rejalashtirish, shaharni asosiy vazifalarga ko'ra (mehnat, jamoat hayoti, turmush, dam olish) qismlarga ajratish prinsipidir. Shaharlar funksional jihatdan foydalanishiga qarab quyidagi hududlarga (zon- alarga) bo'linadi: • aholi yashaydigan hudud; • shaharning jam oat markazi; • sanoal hududi; • tashqi transport hududi; • kom m unal-om borxona hududi; • aholi dam olish hududi (rekreatsiya); • sanitar-himoya hududi; • ko'kalamzorlar hududi. “Shaharning arxitekturaviy-rejaviy strukturasi” tushunchasi shaharning qurilish prinsiplaridan kelib chiqadi. Shaharsozlikda funksional hududlarga ajratish g‘oyasi yangilik emas. U XX asr boshida shahar hududida turar joylar, fabrika, za- vodlar, omborxonalar, ko‘chalarning tartibsiz aralashuvi natijasida yuzaga keldi. XXI asr o‘rtalarida bu g'oya yetakchi shaharsozlik konsepsiyasiga aylandi, lekin un- ing ham muammolari yuzaga chiqa boshladi. Bitta vazifa uchun ajratilgan keng hududlar shaharning to'laqonli ijtimoiy hayotini ta’minlovchi ko’p sifatlarini yo'qota boshladi va jamoatchilik vazifalaridagi elementlar bilan oqilona to‘ldirilishni talab qildi. -6- Aholi yashaydigan hudud: bunda turar-joy tumanlari, kichik tumanlar, aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, ma’muriy jamoat tashkilotlari, ko'kalamzorlar, umumfoydalanadigan sport inshootlari, ko'chalar va maydonlar, zararsiz bo'lgan ayrim sanoat tashkilotlari, omborxonalar, tashqi transport qurilmalari va zaxira hududlari joylashadi. Aholi yashaydigan hudud, qoida bo'yicha, shamol yo‘nalishi tomondan qara- ganda sanoat hududidan oldin, daryo oqimining yuqorisida, suv havzalari, ko'kalam- zorlar yaqinida joylashadi. Shaharning aholi yashaydigan hududini tashkil etishda unda turar-joy qurilmalarini, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish muassasalarini, ja- moat markazlarini, ko'chalar tarmog'ini va umumiy foydalanish ko’kalamzorlarini to‘g‘ri (ratsional) joylashtirish ko‘zda tutiladi. Aholi yashaydigan hududlarda ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarmaydigan va katta yuk aylanishiga ega bo’lmagan sanoat korxonalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari va ma’muriy-xo'jalik muassasalari joylashishi mumkin. Asosiv mehnat qilish joylaridan biri bo'lgan sanoat korxonalari o‘zining joylashuviga va temir yo‘llar kirib kelishiga anchagina hudud talab qilib, shaharning tarixiy tarkibiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling