Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "iqtisod va qurilish " fakulteti


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana11.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1450579
1   2   3   4   5   6   7   8
Shaharning jamoat markazi polifunksional hududni tashkil qiladi. Umum-
shahar markazi ijtimoiy siyosiy, ma’muriy, madaniy hayotning va shaharliklarga 
xizmat ko'rsatishning asosiy funksiyalarini o'zida to'playdi.
Markazlar o‘zining xarakteri va tarkibiga ko'ra ma’muriy-xo'jalik, madaniy-
maishiy muassasa va korxonalarni universal ixtisoslashgan do’konlarni birlashtiru-
vchi kompleks yoki ularga qandaydir alohida xizmat ko'rsatish turi muassasalari 
jovlashgan ixtisoslashgan markazlar bo lishi mumkin. Shahar jamoat markazlarining 
tuzilmasi uning ma’muriy ahamiyatining ko‘lamiga va xalq xo'jaligi tarmoqlarini 
joylashtirish tizimiga bog‘liq. Shaharning o‘sib borishi bilan undagi jamoat 
markazlarining tuzilmasi hajmi jihatdan rivojlanadi va murakkablashadi.
Shaharning jamoat markazi shahar aholisi hamda shahar atrofidagi tumanlar 
-7- 


aholisiga xizmat qilishni amalga oshiradi. Shaharlararo ahamiyatga nafaqat yirik 
shaharlardagi markazlar, balki kichik va o ‘rta kattalikdagi shaharlardagi markazlar 
ham ega bo'lishi mumkin.
Sanoat hududining ishlab chiqarish yo'nalishi, sanitar-gigienik zararliligi va 
korxonalar yuk aylanishiga ko'ra ishlab chiqarish qismi yaqinida (100 - 300 m) yoki 
undan uzoqda (1-1.5 km) tashqi transport magistrallari bilan qulay aloqalarga ega 
bo'lgan holda joylashtiriladi.
Sanoat hududi aholi yashaydigan qismga nisbatan shamol esayotgan va daryo 
oqimi bo’ylab quyi tarafda joylashishi lozim. Sanoat hududi butun shahar bilan mag-
istral ko'chalar tizimi orqali yaxshi bog'langan bo’lishi lozim. Shuningdek, sanoat 
korxonalarining zararliligi darajasiga qarab sanitar-himoya hududlari loyihalanadi.
Tashqi transport hududi: bunda temir yo'l tarmoqlari va bekatlari, sport in-
shootlari, aerodromlar, avtovokzallar, daryo va dengiz vokzallari joylashadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling