Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
2.4. Sug‘orish suvining sifati Har qanday sug‘orish suviga undagi loyqa zarralar miqdori, erigan tuzlar miqdori va harorati bo‘yicha talablar qo‘yiladi. 18 Suv manbasining xarakteriga qarab undagi loyqa, tuz miqdorlari va harorat turlicha bo‘lishi mumkin. Suvdagi o‘lchami 0,1–0,15 mm bo‘lgan loyqa zarralari sug‘orish tarmog‘iga tushgach, unda cho‘kib uning o‘zanini kichiklashtiradi, 0,005–0,10 mm li loyqa zarralari esa unchalik ozuqa moddalariga boy bo‘lmasa-da, sug‘orish tarmoqlari orqali sug‘orish maydoniga tushib mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarning fizikaviy xususiyatlarini, suv o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi. O‘lchami 0,005 mm dan kichik loyqa zarrachalari o‘simlik uchun ozuqa moddalarga boy bo‘lsa-da sug‘orish dalasiga ularning ko‘plab tushishi tuproqning fizikaviy xossasini, suv o‘tkazuvchanligi va havo almashuvini yomonlashtiradi. Loyqa suvdagi loyqa zarralarining sug‘orish tarmoqlarida cho‘kib qolmasligi nuqtayi nazaridan 5 , 1 ≤ ρ kg/m 3 loyqa miqdoriga ega bo‘lgan suv sug‘orish tarmog‘iga olinishiga ruxsat etiladi. Sug‘orish suvida suvda eriydigan tuzlarning miqdori 0,1% gacha, ya’ni 1,0 g/l gacha ruxsat etildi. Sug‘orish suvidagi suvda eriydigan tuzlarning yo‘l qo‘yilgan miqdori tuproqning suv-fizik xossalariga ham bog‘liq bo‘lib, mexanik tarkibi yengil tuproqlarda og‘ir tuproqlarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin ( 3 2 − ≤ λ g/l). Sug‘orish suvining mineralizatsiyasi 3-5 g/l bo‘lganda yetishtiriladigan ekin turi, tuproqning xususiyatlari va sug‘orish suvidagi tuzlarning kimyoviy tarkiblari hisobga olinadi. Jumladan, yaxshi suv o‘tkazuvchan tuproqlarda tuzlarning miqdori % 2 , 0 NaCl < , % 1 , 0 CO Na 3 2 < , % 5 , 0 SO Na 4 2 < bo‘lishi ruxsat etiladi, ammo qayd etilgan tuzlardan bir nechtasi birgalikda bo‘lsa, unda ko‘rsatilgan miqdor kam bo‘ladi. Sug‘orish suvida faqat 3 2 CO Na ning bo‘lishi suvning sug‘orish uchun yaroqsizligidan dalolat beradi, bunda suvga gips aralashtirib (bu holda 4 2 SO Na hosil bo‘ladi) sug‘orishga uzatilishi mumkin. N. N. Antipov-Karatayev va T. A. Kaderlarning tavsiyalari bo‘yicha sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan suvlarda ion–almashish ko‘rsatgichlar qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 19 , S 238 , 0 ZNa ZMg ZCa K ⋅ + + = bu yerda ZCa, ZMg, ZNa – suvdagi kimyoviy elementlarning ekvivalent miqdori, g/l; S- suvdagi umumiy tuz miqdori, g/l. Yuqoridagi formuladan, agar 1 K > bo‘lsa, suv sug‘orishga yaroqli, 1 K < bo‘lsa suv sug‘orishga yaroqsiz hisoblanadi. Mineralizatsiyasi yuqori bo‘lgan suvlar bilan sug‘orish, sug‘orish maydoni zovurlangan bo‘lganda, chuchuk suv bilan aralashtirilgan ayrim holatlarda ruxsat etiladi. Sug‘orish suvining harorati tuproq haroratiga teng ( C 14 C t 0 0 > ) bo‘lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi, agar suv sovuq bo‘lsa, suv ochiq havzalarda quyosh nurida isitilib so‘ngra sug‘orishga berilishi kerak. Aks holda o‘simlikning vegetatsiya davri uzayadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling