Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
 


39
Nazorat savollari 
1. Sug‘orish rejimining ta’rifi va unga ta’sir etuvchi omillar. 2. Suv iste’moli 
tushunchasi va uni aniqlash usullari. 3. Faol qatlam tushunchasi va uning qiymatlari. 
4. Tuproqning suv fizik xossalari. 5. Sug‘orish me’yori va uni aniqlash formulasi. 6. 
Mavsumiy sug‘orish me’yori to‘g‘risida tushuncha. 7. Sholi gidromoduli. 8. 
Gidromodulning ta’rifi va uning turlari.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40
4. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI SUG‘ORISH USULLARI VA 
TEXNIKASI 
 
4.1. Sug‘orish usullari va ularga qo‘yiladigan talablar 
Sug‘orish usuli
- bu qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga bo‘lgan talabini 
qondirish yoki sug‘orish me’yorini tuproqning faol qatlamiga singdirish uslubi 
demakdir. Har bir sug‘orish usuliga ma’lum bir sug‘orish texnikasi mos keladi.
Sug‘orish texnikasi 
- bu ma’lum bir texnik jihoz va inshootlar yordamida suvni 
oqova holatidan tuproq namiga aylantirishdir. 
Melioratsiya amaliyotida hozirgi kunga kelib, 6 xil sug‘orish usuli farqlanadi: 1) 
yer ustidan; 2) yomg‘irlatib; 3) tuproq ichidan; 4) tomchilatib; 5) tuproq ostidan; 6) 
purkab sug‘orish usullari. 
Yer ustidan sug‘orish usuli qolgan sug‘orish usullari ichida eng qadimiy va keng 
tarqalgan sug‘orish usuli hisoblanib, bunda suv dala yuzasi bo‘ylab alohida 
oqimchalar (sug‘orish egatlari) yoki yoppasiga oqim (yo‘laklab, cheklab) ko‘rinishida 
taqsimlanadi. Ushbu taqsimot davomida suv o‘z harakat yo‘nalishi yoki tinch holatda 
tuproqqa, asosan, gravitatsiya kuchi hisobiga shimiladi. 
Bu usulning turli xil ko‘rinishlari mavjuddir: egatlab (jo‘yaklab), yo‘laklab, 
yoppasiga bostirib va ayrim bostirib. 
Egatlab (jo‘yaklab) sug‘orishda suv yer yuzasidan sun’iy hosil qilingan 
chuqurlik (egat yoki jo‘yak) bo‘ylabgina harakat qiladi va yer sirtining atigi 20-30% 
inigina qoplaydi. Egatlar (jo‘yaklar) oralig‘i tuproqning kapillar shimilish kuchlari 
hisobiga namlanadi. Yo‘laklab sug‘orishda suv kichik qatlam hosil qilib, oldindan 
tekislab qo‘yilgan uzun taxta ko‘rinishdagi yer sirti bo‘ylab harakat qiladi va 
tuproqqa gravitatsiya kuchi ta’sirida shimilib boradi. 
Yoppasiga bostirib sug‘orishda suv maxsus, chetlari uvat (marza) lar bilan 
o‘ralgan sug‘orish dalasi-chekka quyiladi. Suv bostirilgan chekda, suv tinch holatda 
o‘z og‘irlik kuchi bilan sekin-asta tuproqqa shimilib boradi.
Ayrim bostirib sug‘orishda, asosan, bog‘larni sug‘orishda, sug‘orish 
maydonining ba’zi qismlarigina suv bilan bostiriladi. 


41
Yer ustidan sug‘orish usulining xususiyatlari: uning davriyligi, sug‘orishlararo 
davrda tuproq namining sarf bo‘lishi, asosan, tuproqni namlantirishi, sug‘orishlar 
orasida tuproq namining keskin o‘zgarishidir. 
Yomg‘irlatib sug‘orish usulida suv maxsus mashina, qurilma yoki agregatlar 
yordamida oqova holatidan suv tomchisi holatiga aylantirilib, sun’iy yomg‘ir sifatida 
tuproq yuzasiga, o‘simlik ustiga sepiladi. Yomg‘irlatib sug‘orish usulining 
xususiyatlari: tuproqni, o‘simlikni va yer usti havo qatlamini namlantirishi, tuproq 
namlanish qatlamining uncha chuqur bo‘lmasligi, kichik sug‘orish me’yorlari bilan 
tez-tez sug‘orish va sug‘orish dalasi bo‘ylab suvni bir tekis taqsimlash mumkinligidir. 
Tuproq ichidan sug‘orish usuli suvni tuproq haydov qatlami ostiga maxsus 
namlatgichlar yordamida berishga asoslangandir. Bunda tuproq, asosan, kapillar 
shimilish kuchlari ta’sirida namlanadi va yer yuzasidan sug‘orish suvining 
bug‘lanishi keskin kamayadi. Tuproq donadorligini saqlagan holda ma’lum bir tuproq 
qatlamini muntazam namlantirishga erishish mumkin. 
Tomchilatib sug‘orish usulida suv sug‘orish dalasi bo‘ylab maxsus tarqatilgan 
quvurlar yordamida va ularga maxsus o‘rnatilgan tomizg‘ichlar orqali kichik hajm 
(tomchi) ko‘rinishida, o‘simlik ildiz qatlami ustiga uzatiladi. Bu usulda o‘simlikning 
vegetatsiya davrida tuproq faol qatlamida tuproqning maqbul namligini muntazam 
hosil qilish, suv bilan birga ozuqa elementlarini ham o‘simlikka uzatish, suv 
resurslari cheklangan va noqulay relyef shart-sharoitli maydonlarda madaniy 
ekinlarni yetishtirish mumkin.
Tuproq ostidan sug‘orish usuli (subirrigatsiya) sug‘orish maydoni ostidagi 
chuchuk SSS ni sun’iy usulda ko‘tarib, tuproqning faol qatlamini kapillar ko‘tarilish 
hisobiga namlantirishga asoslangandir. Bu usul tuprog‘i sho‘rlanmagan va yaxshi 
kapillar xususiyatga ega bo‘lgan nishabsiz sug‘orish maydonlarida qo‘llanilib, dala 
mikroiqlimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi. 
Purkab (aerozol) sug‘orish usuli yangi sug‘orish usuli hisoblanib, bu usulda suv 
maxsus tuman hosil qilish qurilmalari yordamida suv tumaniga aylantirilib, sug‘orish 
maydonining yer usti havo qatlamiga purkaladi. Bu usulning xususiyatlari o‘simlik 
barglari orqali bo‘ladigan transpiratsiya (bug‘lanish) ni kamaytirish, o‘simlik atrofida 


42
mikroiqlim hosil qilish, tuproq donadorligini to‘liq saqlash, o‘simlikni havo 
haroratining keskin o‘zgarishi ta’siri (garmsel, sovuq urish va h.k.) dan himoya qilish 
hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan biror bir sug‘orish usulini mukammal deb bo‘lmaydi. U 
yoki bu sug‘orish usulini qabul qilish ma’lum bir tabiiy-xo‘jalik shart-sharoitlarni 
tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda tabiiy shart-sharoitlar, ekin maydonidagi 
qishloq xo‘jalik ekinlarining tarkibi, sug‘orish maydonlarining suv bilan 
ta’minlanganligi va meliorativ holati, elektr quvvati va kuchi bilan ta’minlanganligi, 
tuproqlarning suv-fizik xususiyatlari va relyef shart-sharoitlari hisobga olinadi. Faqat 
turli yondashishlar orqaligina sug‘orish tizim konstruksiyasini aniqlovchi sug‘orish 
usulini qabul qilish mumkin. 
Sug‘orish usuli va sug‘orish texnikasining turlaridan qat’iy nazar ularga quyidagi 
talablar qo‘yiladi:
- sug‘orish suvining sug‘orish dalasi uzunligi va tuproq faol qatlam chuqurligi 
bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi;
- sug‘orish suvining tuproq faol qatlam ostiga sizilishiga, havoga bug‘lanishiga va 
tashlamalarga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- tuproq donadorligini saqlash, tuproqning botqoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
sug‘orishni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, sug‘orishda yuqori ish 
unumi va sifatiga erishish; 
- qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va muntazam hosil olishga erishish. 
Sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasini mukammallashtirish, asosan, quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi kerak:
- sug‘orishda yuqori ish unumdorligiga erishish uchun sug‘orish jarayonini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
- sug‘orish suvidan nafaqat tuproqni namlantirish, balki o‘simlik o‘sadigan yer 
usti havo qatlamini namlatib o‘simlik uchun mikroiqlim hosil qilish, suv bilan ozuqa, 
gerbitsid va pestitsidlar kiritish, havoning keskin o‘zgarishi (garmsel, muzlash) ga 
qarshi kurashishda foydalanish;
- tuproqning o‘simlik ildizi ozuqa oladigan faol qatlamining suv, havo, issiqlik, 


43
tuz va ozuqa rejimlarini boshqarish, sug‘orishni suv himoya tadbiri sifatida qo‘llash;
- bir sug‘orish maydonida ikki-uch xil sug‘orish usuli va texnikasini 
mujassamlash, sug‘orish maydonini oqilona tashkil etish, sug‘orishda ishtirok 
etadigan xodimlar qo‘nimsizligini yo‘qotish. 
Ma’lum bir sug‘orish maydonida sug‘orish usulini tanlashda iqlim, tuproq, yer 
relyefi, gidrologik, gidrogeologik, biologik, xo‘jalik, suv-xo‘jalik, iqtisodiy va 
boshqa omillar hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari yoppasiga va qatorlab ekiladigan ekinlarga, bir yillik 
va ko‘p yillik ekinlarga farqlanib, ularning har qaysisi o‘ziga mos sug‘orish usullarini 
talab qiladi, jumladan:
- ko‘p yillik ekinlar uchun asosan, tomchilatib, yer ustidan egatlab sug‘orishni; 
- yoppasiga ekiladigan ekinlar uchun esa yer ustidan yo‘laklab, bostirib (sholi), 
yomg‘irlatib, SSS ni ko‘tarib (beda) sug‘orishni; 
- qatorlab ekiladigan ekinlar uchun yer ustidan egat olib, tuproq ichidan 
namlatib, ba’zan yomg‘irlatib yoki purkab sug‘orish usullarini qo‘llash maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Sug‘orish usuli va texnikasini tanlash uchun yuqoridagi tavsiyalar chuqur 
o‘rganilib hamda egat yo‘nalishi bo‘ylab, nishablik qiymati va egatning har 100 m ga 
solishtirma suv shimilish miqdori (100 m ga l/s) qiymat bo‘yicha sug‘orish usuli va 
sug‘orish texnikasi hamda sug‘orish texnikasi elementlarini qabul qilish mumkin. 
Sug‘orish 
texnikasining 
elementlarini 
qabul 
qilishda 
tuproqlarning 
suv 
o‘tkazuvchanlik sinflari va sug‘orish dalasining yer nishabligi guruhlari 
qiymatlaridan foydalanish mumkin.
1-jadvalda Yer ustida egatlab sug‘orishda tavsiya qilingan sug‘orish texnikasi 
elementlari keltirilgan. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling