Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

1-sug‘orish tarmog‘i; 2, 3, 4-sizot suvlar sathi; 5-
quvur namlatgich 


58
o‘simlik bargini qoplaydi va bargdan pastga oqib ketmaydi va to‘liq bug‘languncha 
barg ustida qoladi. Ushbu jarayon havoda nisbiy namlikning keskin ortishi va barg 
yuzasi haroratining pasayishiga olib kelib, o‘simlikni havo quruqligidan himoya 
qiladi, umumiy bug‘lanishni kamaytiradi, fotosintez jarayonini faollashtiradi va 
qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi. 
Purkab sug‘orish (PS) odatda faqat kunduz kunlari havo harorati qishloq xo‘jalik 
ekinlari normal fiziologik rivojlanish haroratidan oshganda qo‘llaniladi. Masalan, 
g‘o‘za ekini uchun normal fiziologik rivojlanish harorati, ya’ni, fotosintez 
jarayonining maksimal qiymatga erishishi +32 °C bo‘lsa, boshoqli don ekinlari uchun 
bu ko‘rsatkich +20 °C ni tashkil etadi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi birdan pasayib ketishining asosiy 
sababi tuproq va havo quruqligi hisoblanadi. 
Havo quruqligi haroratning yuqoriligi va hatto tuproq namligi yuqori 
bo‘lganda ham, yer usti havosi namligining pastligida kuzatiladi. Bu holatda o‘simlik 
ildizlari uning yer usti tanasiga suvni bug‘lantirish talabi bo‘yicha yetkazib bera 
olmaydi. 
Havo harorati ma’lum bir darajaga ko‘tarilganda, o‘simliklarda fotosintez 
jarayoni to‘xtaydi va ularning unumdorligi pasayishiga olib keladi. 
Havo harorati yuqori va namligi past bo‘lganda o‘simlik tomonidan katta 
miqdordagi tuproq nami sarflanadi. 
Yer ustidan va yomg‘irlatib sug‘orishda sug‘orish maydonining mikroiqlimi 
qisman yaxshilanadi, ammo uning ta’siri qisqa va faqat sug‘oriladigan maydonlar 
uchun bo‘lganligi bois yetarli bo‘lmaydi. 
Havo namligini oshirish va yer ustki havo qatlam haroratini tubdan pasaytirish 
faqat purkab sug‘orish usuli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda maxsus 
qurilmalar yordamida suv tumani hosil qilinib, yer ustki havo qatlami va qisman 
tuproq usti namlantiriladi va parchalangan suvni bug‘lanishidan o‘simlik tanasi va 
barglarini harorati pasayadi. Chunki namlangan havo zichligi yuqori bo‘lganligi 
sababli o‘simlik ustida himoya havo qatlam to‘shami hosil qiladi. 


59
Bu boradagi tajribalar 1935 y. (inj. I. I. Zaikin) da boshlangan bo‘lib, birinchi 
tuman hosil qilish qurilmasi AQSh ning Kornelya universitetida, keyinchalik 
Angliya, Italiya va boshqa davlatlarda ham ishlab chiqilgan. 
Havo quruq kelganda uning namligi 30% va undan ham kam miqdorni tashkil 
etadi. Havo harorati 30–35 
0
C va undan ham yuqoriga ko‘tariladi, shamol tezligi 5–6
m/s gacha ortadi. Bu holatda o‘simlikning bug‘lantirishi bir necha bor ortadi, o‘simlik 
ildizi esa tuproqdan o‘simlik barglari uchun kerakli miqdordagi namlikni yetkazib 
berishga ulgurmaydi, barglar suvsizlanib so‘liydi va aksariyat holatlarda qurib qoladi. 
Bu holat o‘simlikning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Agarda havo quruq bo‘lgan holatda purkab sug‘orish qo‘llanilsa o‘simlikning 
harorati va yer ustki qatlam harorati 5–10 
0
C ga pasayadi va bira to‘la nisbiy namlik 
miqdori ortadi. 
Fiziologlar aniqlagan ma’lumotlariga ko‘ra arid va subarid mintaqalarda 
yozning choshgohida havo harorati fotosintez uchun kerak bo‘ladigan haroratdan 
yuqori bo‘lar ekan. Ko‘plab qishloq xo‘jaligi ekinlarida havo harorati 30–35 
0

bo‘lganda fotosintez jarayoni to‘xtab o‘simlikni o‘zlashtirish jarayoni juda 
sekinlashishi kuzatilgan. Bunda o‘simlikning nafas olishi jadallashadi, to‘plangan 
organik moddaning, demak hosilning yo‘qolishi kuzatiladi. Issiq yoz kunlari 
fotosintezdagi turg‘unlik soat 10
00
da boshlanib, 18–19 soat davom etadi. Kunning 
yorug‘ vaqtlarida nafaqat organik modda to‘planadi, balki u yo‘qotiladi. 
Fotosintez depressiyasini faqat o‘simlik bargi haroratini pasaytirish orqaligina 
bartaraf etish mumkin. 
Kunning issiq soatlarida va havoning nisbiy namligi past bo‘lganda purkab 
sug‘orishni qo‘llash o‘simlik tomonidan suvni samarasiz, o‘zini himoya qilish 
maqsadidagi bug‘latish miqdorini kamaytiradi.
Bundan tashqari purkab sug‘orish erta bahor kunlari endi unib chiqqan 
nihollarni yer ustki havo haroratini ko‘tarish hisobiga tasodifiy havoning keskin 
pasayib ketgan davrlarida sovuq urishdan ham himoya qiladi. Bunda suv tumanini 
muzlash jarayonida issiqlik ajralib chiqishi yoki purkalgan suvning yuqori harorati 
hisobiga nihol himoyalanadi. 


60
Tajribalarning ko‘rsatishicha, –10 
0
C haroratga ega bo‘lgan maydonda 16 l/s∙ga 
me’yor bilan purkab sug‘orish qo‘llanilganda harorat –1 
0
C ni tashkil etgan. 
Purkab sug‘orishni qo‘llash o‘simliklarni erta bahorda yoki kech kuzda sovuq 
urishdan himoya qilib ularning vegetatsiya davrini uzaytirishi mumkin. Bu holat – 
bog‘, uzum, sitruslarda unumli hisoblanadi. 
Hozirda purkab sug‘orish usuli oranjereyalarda qo‘llanilmoqda.
Bu uslubda sug‘orilganda bir marotaba sug‘orish me’yori 80-600 l/ga 1 soat ni 
tashkil qiladi. 
Sug‘orish suvini suv tumani holatiga keltirish, tuman hosil qiluvchi qurilmalar 
ТОУ-6, ТОУ-7 va h.k.lar orqali amalga oshiriladi. ТОУ-7 qurilmasi ikki qismdan 
tashkil topgan: yuqori tezlik havo oqimini hosil qilish generatori va konus naychali 
suv purkagich qurilmasi. 
Uchish xizmatini o‘tab bo‘lgan ГТД-3Ф gaz turbinali samolyot motorini 
generator sifatida ishlatish mumkin. Purkalgan suv mash’alasi uzunligi shamol kuchi 
va yo‘nalishiga qarab 70-80 metrdan 150 m gacha boradi. Suv sarfi 100-300 l/min, 
ammo 1 ga ga 20-30 m
3
/soat dan oshmaydi. Agregat keyingi xizmat joyiga 3-4 
soatdan so‘ng, traktor yordamida ko‘chiriladi. Konus naychaning 360 gradusga 
aylanishidan, o‘rtacha suv mash’alasi uzunligi 100 m deb qaralganda, agregat bir 
joydan 20 m
3
/ga suv sarflab, 4 ga maydonning havosini namlantira oladi. 
Qurilmaning ish unumi (5-7 namlatishga) 100 ga/kun ni tashkil etadi. U har 200 m da 
o‘rnatilgan yopiq sug‘orish tarmog‘idagi gidrantlardan suv olib, ba’zan esa, hajmi 12 
m
3
dan kam bo‘lmagan ko‘chma sisternalar yordamida ham ishlashi mumkin. Agar 
agregat 9 km/soat tezlik bilan harakatlanib sug‘orsa, namlanish uchun 2 m
3
/ga, 
mavsumda esa 120 m
3
/ga suv sarflanadi. 10 soatlik ish kunida agregat 900-1000 ga 
maydonda suv tumanini hosil qilishi mumkin. Ko‘chma sisternani suv bilan to‘ldirib 
turish uchun esa har 100 ga maydonda 1 ta gidrant bo‘lishi kifoyadir. VNPO 
“Raduga” tomonidan hozirda PS uchun qo‘zg‘almas PS tizimi yaratilgan. Uning 
tarkibida nasos stansiyasi, quvur tarmog‘i va forsunkali shtanga o‘rnatilgan machta 
bo‘lib, machtaning balandligi 10 m, forsunkalarning umumiy suv sarfi 0,3-0,85 l/s, 


61
ishchi bosim 15-40 m, forsunkalar soni 22 dona. Sug‘orish maydoniga machtalar 
uchburchak shaklida joylashtiriladi. 
Purkab sug‘orish qurilmasi ДДА-100МА yomg‘irlatib sug‘orish agregatining 
maxsus qayta jihozlangan turidir. Bu mashina ham yomg‘irlatib, ham purkab 
sug‘orishni amalga oshira oladi. Mashinaning harakatdagi sug‘orish eni 115 m, 
harakatlanish tezligi 7 km/soat, suv sarfi 4 l/s, bosim 0,55 MPa, forsunkalar soni 102, 
xizmat qilish maydoni 55 ga. 
Bu uslubning qo‘llanishini cheklab turgan asosiy sabab maxsus texnika sonining 
hozirda cheklanganligidir. Bu masalaning yechimi sifatida xo‘jaliklarda mavjud ОН-
400-3, ОВТ-1А, ОВС-А, ОП-450 va boshqa turkumdagi begona o‘tlarga va qishloq 
xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi turli kimyoviy dorilarni sepishda 
ishlatiladigan traktor-purkagichlardan foydalanish mumkinligini aytish mumkin. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, traktor-purkagichlardan PS uchun to‘liq foydalanish 
mumkin. 
O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qishloq xo‘jalik ekinlarini PS da havo 
harorati 20-23 °C dan baland bo‘lganda, umumiy suv sarfi 7-20 l/min bilan 6-7 
km/soat tezlikda amalga oshirish kerak. Purkash soat 10-12 larda boshlanib, 1-1,5 
soat tanaffus bilan 3-5 marotaba amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Bir traktor-
purkagichning kunlik ish unumi 70-100 ga ni tashkil etadi. 0,2-0,5 m
3
/ga soatiga 
sug‘orish me’yori bilan PS qo‘llanilganda, o‘simlik harorati 6-15 °C ga, havoning 
harorati 5-9 °C ga kamayib, havoning nisbiy namligi esa 20-37% ga ortar ekan. Bu 
ta’sir 45-60 min saqlanib turadi. Hosildorlik oddiy yomg‘irlatib sug‘orishga nisbatan 
choyda 70-80%, bug‘doyda 25-40%, bedada 15-20% ga ortar ekan. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling