Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Suv birlik maydondagi va sug‘orish massividagi sug‘orish tarmoqlari
Download 106,04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
5.2. Suv birlik maydondagi va sug‘orish massividagi sug‘orish tarmoqlari Sug‘orish tarmoqlarining ishini unumli tashkil etish uchun uning rejada joylashishi, tabiiy-iqlimiy, tashkiliy, xo‘jalik shart-sharoitlari bilan muvofiqlashtirish kerak. Sug‘orish tarmoqlarini rejada joylashtirishda har bir holat uchun alohida yondashish prinsipi qo‘llaniladi. XT suvni BK yoki XAT dan olib, XIT ga uzatadi. BK ning rejada joylashishi suv manbasining turi, uning sug‘orish maydoniga nisbatan joylashishi va joyning geomorfologik shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Bu sharoitlar bosh kanalning uzunligini, uning nishablik qiymati, sug‘orish maydoniga nisbatan balandligini va boshqa shartlarni belgilaydi. Sug‘orish maydonlari geomorfologik tiplar bo‘yicha tog‘li, tog‘oldi, vodiy, tekis va delta tipidagi relyeflarga farqlanadi. Tog‘li yerlarning nishabligi i =0,01 va bundan ham qiya bo‘ladi. Bunday yerlar ko‘p katta bo‘lmaydi va bir tomonlama sug‘oriladi. Tog‘oldi tekisliklarining nishabligi i =0,01-0,005 oralig‘ida bo‘lib, bu ko‘rinishdagi yer relyef tiplari ikki qismga: yuqori va quyi qismlarga bo‘linishi mumkin. Yuqori qismda nishablik ancha katta bo‘lib, suv manbai – yirik va kichik daryolarning suvlari tog‘dan olib chiqish konuslari orqali oqib keladi. Quyi qismda esa nishablik yuqori qismga nisbatan ancha kichik bo‘lib, suv manbai sifatida 64 vodiydan oqayotgan daryoning yuqori qismi xizmat qiladi. Tog‘oldi tekisliklarning yuqori qismida BK nishablik bo‘yicha yoki nishablikka o‘tkir burchak ostida loyihalashtiriladi. Quyi qismida esa BK eng kichik mumkin bo‘lgan nishablik bilan, dastlab, daryo yoqalab, so‘ngra, vodiyga qarab, daryodan borgan sari uzoqlashtirilgan holatda loyihalashtiriladi. Vodiy tipidagi yerlarning nishabligi i =0,0001-0,005 oralig‘ida bo‘lib, daryo oqimining o‘rta qismida uchraydi. Yerning umumiy nishabligi daryo oqimiga deyarli parallel bo‘ladi. Daryo ancha yoyilib oqadi. Cho‘l daryo sohilidan ancha balandda turadi. Bu sharoitlarda BK gorizontlarga nisbatan o‘tkir burchak tashkil qilgan holatda loyihalashtiriladi. Kanallarning nishabligi qancha kichik bo‘lsa, uning suv tarqatmaydigan (salt) qismining uzunligi shuncha qisqa bo‘ladi, lekin ko‘ndalang kesim yuzasi ortadi va kanal o‘zanini loyqa bosishi kuchayadi. Tekis relyef – ko‘pincha, daryo vodiylarining etagida uchraydi. Uning nishabligi 0,001 dan oshmaydi. Bunday yerlarda BK ning boshi daryoga nisbatan kichik burchak hosil qilib loyihalashtiriladi. BK yer belgililari eng baland joylardan o‘tkaziladi. Bu kanallardan yerlar ikki tomonlama sug‘orilib, kanalning salt qismi juda qisqa bo‘ladi. Delta tipidagi relyef Download 106,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling