Mavzu: Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi. I-bob. Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi


Download 294 Kb.
bet1/14
Sana21.09.2023
Hajmi294 Kb.
#1684006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi. kurs ishi


Mavzu: Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi.

I-bob. Kichik va yirik mehmonxonalar boshqaruv strukturasi.
1.1. Boshqaruv va uning funksiyalari.
1.2. Bosqaruv tuzilmalari va strukturasi.
1.3. Boshqaruv usullari va qarorlari.
II-bob. Mehmonxona xo`jaligida mamuriyatni boshqarish
2.1. Ma’muriyat tushunchasi va uning tashkilot boshqaruvidagi tutgan o‘rni
2.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehmonxonalarni boshqarish hususiyatlari
2.3. Mehmonxona ma’muriyatini boshqarishni tashkil etish masalalari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bugungi kunda turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Ushbu sohaning ta’siri ostida mehmonxonalar industriyasining rivojlanishida vujudga kelgan turli vazifalarni, ya’ni zamonaviy mehmonxonalarni, turistik komplekslarni tashkil etish, ularda yuqori darajada xizmat ko`rsatishda, xodimlardan kasbiy bilim va doimiy uni takomillashtirish talab etiladi. Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasi 2017 yilni Xalqaro Turizm yili deb e’lon qildi. Ushbu qaror o’tgan yilning 4 dekabr sanasida qabul qilinib, xalqaro turizmning nechog’lik ahamiyatga ega ekani va millatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikka xizmat qilishi, bir-birining boy madaniy va tarixiy merosi haqida to’laqonli ma’lumotga ega bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. O’z navbatida, turizm boshqa mamlakat, millatlar qadriyatlariga hurmat uyg’otadi va bu orqali dunyoda tinchlikning mustahkamlanishini ta’minlaydi. O'zbekiston turizm miqyosi va tarixiy yodgorliklar miqdori jihatidan jahonda kuchli o'nlikka kiradi. Mamlakatda 7 mingdan ortiq tarixiy, me'moriy va madaniy yodgorliklar bor. Samarqanddagi Registon maydoni, Buxoro va Shahrisabzdagi tarixiy markazlar, Xivadagi Ichan-Qala UNESKO butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. O'zbek madaniyati eng yorqin madaniyatlardan biri hisoblanib, o'ziga xos va boy merosga egadir. U musiqada, raqslarda, rassomchilikda, amaliy san'atda, milliy oshxona va liboslarda aks etadi. Hozirgi kunda hukumatimiz va prezidentimiz tomonlaridan turizm sohasini tubdan qayta isloh qilish bo’yicha keng ko’lamli isloxotlar olib borilmoqda, jumladan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan 2016-yil 2-dekabrda chiqarilgan “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora – tadbirlari to’g’risidagi farmonlari orqali turizm sohasini O’zbekiston iqtisodiyotining strategik sektori maqomini berish, uni mamlakat iqtisodiyotini barqaror o’sishining, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishning, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishda turizm rolini kuchaytirishning qudratli vositasiga aylantirishga qaratilganligi fikrimning yaqqol isboti desam yangilishmagan bo’laman.
2016 – yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va ta’siri naqadar katta ekanini ko‘rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010 yildagi 49 foizdan 56,5 foizga yetdi. Xizmat ko'rsatish va servis sohasining YaIM dagi ulushi 2000 –yillardagiga nisbatan 2016-yilda iqtiodiy o’sih sur’ati salkam 1.5 barobarga oshgan. Jami band aholining yarmidan ko‘pi ushbu sohada mehnat qilmoqda. Bu raqam va ko‘rsatkichlar mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda taraqqiy topgan davlatlar darajasiga tobora yaqinlashib boryapti, deb aytishga asos bo‘ladi. Xorijlik sayyohlarni respublikamizga ko`proq jalb qilishning muhim shartlaridan biri, bu turizm infratuzilmasini shuningdek, mehmonxonalar faoliyatida zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni jahon andozalari talablariga mos tarzda rivojlantirishdir. Bu borada mamlakatimizda so`nggi yillarda samarali ishlar amalga oshirilayotganini aytib o`tish joiz. Xususan, ko`plab yangi mehmonxonalar qurilmoqda, mavjud mehmonxonalar esa qayta rekonstruksiya qilinmoqda va mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli servis xizmatlari ko`rsatilmoqda. Mamlakatimizda xorijlik mehmonlarga ko`rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, mamlakatimizda mehmonxonalar faoliyati va undagi xizmat rivojlantirish zarur. Shuni alohida ta'kidlash joizki, xizmat ko‘rsatish sohasi subyektlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda ularning yuqori samaradorlik bilan ishlashini ko‘rsatish ancha rivojlanib borayotganligi va ularni o‘rganish, tadqiq etish va uni ta'minlashda ayrim muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish, uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham hal etish lozimligi mazkur soha samaradorligini oshirish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti barqaror rivojlanishiga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilishini taqozo qiladi.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling