Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Texnikaviy chora-tadbirlar asosan, sug‘orish tarmog‘i o‘zanidan suvning sizib 
yo‘qolishiga qarshi qo‘llaniladigan ishlar majmuasi hisoblanib, ular orqali kanal 
o‘zani tuprog‘ining suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati kamaytirilishi yoki maxsus 
o‘zidan suvni juda kam suv o‘tkazadigan qoplamalar hosil qilinishi ko‘zda tutiladi va 
mexanik, kimyoviy, qurilish tadbirlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Mexanik tadbirlar. Kanallarning ko‘ndalang o‘zanlarini undan suvning sizib o‘tish 
miqdori (
l
Q
)ni minimal qiymatga javob beradigan qilib hosil qilish.
Bu holat har qanday kanal hisobiy qismining ko‘ndalang kesim yuzasi ushbuga 
javob bersa, unda bu yuza eng ko‘p suv o‘tkazuvchan va eng kam suv sizilish isrofiga 
ega bo‘ladi. 
Kanal o‘zanini shibbalash.
Bu uslubda suv isrofi 50-60% ga kamayadi. Uni 
amalga oshirish yo‘llari turlichadir. Tuproq maqbul namlikka erishganda (og‘ir sog‘
tuproqlarda 22-25%, o‘rta sog‘
tuproqlarda 21-23%, yengil sog‘
tuproqlarda 15-18%, 
qumoq tuproqlarda 12-15%) ekskavator xartumiga osilgan og‘irligi 3-5 t li yuk 
(temir-beton plita) 3-5 m balandlikka ko‘tarilib bir joyga 3-9 marotabagacha 
tashlanadi. Zichlangan tuproq qalinligi 40-50 sm bo‘lganda bu tadbir 3-5 yil xizmat 
qilishi mumkinligi Mirzacho‘lda o‘tkazilgan tajribalardan ma’lumdir. 
Kichik kanallarda g‘altakli matin (kotok) lar ham qo‘llaniladi.
Davriy ishlaydigan kanallarning o‘zanini yumshatish. 
Bu usulda davriy 
ishlaydigan sug‘orish tarmoqlarining o‘zani ularga suv berishdan oldin va so‘ngra 10-
15 sm chuqurlikdagi kultivatorlar bilan yumshatilishiga asoslangandir. Bu usulda 
ushbu kanallarda suv isrofgarchiligi 40% gacha kamayishi kuzatilgan. 
Kolmatatsiya qilish (loyqa cho‘ktirish).
Bu usul kanal o‘zanidagi tuproq 
g‘ovakliklari (yirik zarrachalar orasidagi bo‘shliqlar)ni suvdagi loyqa zarrachalari 
bilan to‘ldirishga asoslangandir. Suvdagi loyqa zarralarining kanal o‘zaniga cho‘kishi 
natijasida o‘zanning sizilish koeffitsienti qiymatining keskin kamayib ketishi (20-30 
marotaba) sug‘orish amaliyotidan ma’lum va hozirda ham u ayniqsa, Markaziy Osiyo 
loyqa suv manbalaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon) sug‘orish tizimlariga suv 
olinganda namoyon bo‘lib turadi. Bu holat, ayniqsa, qayta qurilgan Amu-Buxoro va 
Qoraqum kanallarida juda qo‘l kelgan.


72

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling