Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Ekspluatatsion chora tadbirlar. Suvdan foydalanish rejasi asosida sug‘orish. 
Bu rejadan chetlanish (suvni kam yoki keragidan ortiq olish, belgilangan muddatlarda 
olmaslik, sug‘orish rejalarini bajarmaslik), xo‘jasizlik va suvdan samarasiz 
foydalanish natijasi, ortiqcha suv isrofgarchiligiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘orish 
dalalari sug‘orish uchun oldindan tayyorlangan bo‘lib, sug‘orish kun-tun amalga 
oshirilishi natijasida suvning (chuqur qatlamlarga, tashlamaga) foydasiz isrofi 10-
20% qisqaradi. 
Sug‘orish tarmoqlarining umumiy uzunligini qisqartirish.
Suv isrof qiymati tizim 
uzunligiga to‘g‘ri proporsional, ya’ni kanal qancha uzun bo‘lsa, suv isrofi shuncha 
ko‘p bo‘ladi. Sug‘orish kanallarining uzunligini kamaytirish uchun sug‘orish 
maydonlari qayta qurilishi (sug‘orish dalalarining maydonini kengaytirish (15-30 ga), 
yerlarning tekislanishi, zamonaviy sug‘orish texnikalari qo‘llanilishi va h.k.) kerak.
Suvdan navbat bilan foydalanishni joriy etish.
Suv isrofining solishtirma 
qiymatini aniqlashda kanaldagi suv sarfi qancha katta bo‘lsa, solishtirma qiymat 
shunchalik kichik bo‘ladi, demak, suv isrofi ham kam bo‘ladi. Sug‘orish suvi taqchil 
davrlarda suv sarfini suv iste’molchilari o‘rtasida taqsimlashda navbatni joriy etish, 


75
sug‘orish suvini bir sug‘orish maydoniga to‘plash ish unumi va tizimning FIK 
qiymatining oshishiga olib keladi.
Sug‘orish tarmoqlarini o‘z vaqtida ta’mirlash, o‘t bosgan kanallarni o‘z vaqtida 
tozalash.
Sug‘orish tarmoqlarini o‘z vaqtida, ya’ni sug‘orish mavsumidan oldin 
ta’mirlamaslik yoki avariya bo‘lgan joylarda tezda chora tadbirlar belgilamaslik katta 
miqdordagi suv isrofiga sabab bo‘ladi. Buning uchun tizimdagi texnik xizmat 
tashkilotlari o‘z ishini reja asosida amalga oshirishlari va ular kerakli texnika
material va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Sug‘orish tarmoqlarida 
begona o‘tlarga qarshi kurashishda kanalga suv ochishdan 3-4 hafta oldin kanal 
o‘zani gerbitsidlar bilan ishlov berilishi kerak. O‘t bilan qoplangan meliorativ 
tarmoqlar mavsum oldidan tozalanishi kerak, chunki tozalanmagan kanal tozalangan 
kanalga nisbatan 25-30% ko‘p suv isrof qiladi.
у
R
n
1
C

,
i
R
C
v

v,
Q

=


=

=
ω
larning tahlili quyidagicha: 
n
=0,5…1 - tozalanguncha, 
n
=0,02…0,03 - tozalangach, demak suv tezligi ortadi
Q
ko‘payadi, 
σ
kamayadi, 
l
Q
kamayadi (5-10%). 
Davriy ishlaydigan kanallarning yorilgan o‘zan yuzasini yumshatish
. Sug‘orish 
tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish, ya’ni ularning damlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
keragidan ortiq suv olmaslik. 
Suv tugunlaridagi inshootlardan suvning sizilishini bartaraf etish, ularni 
ta’mirlash suv isrofini 5-10% ga kamaytiradi. 
Sug‘orish suvini mayda bo‘laklarga bo‘lmay sug‘orishni amalga oshirish. 
Suv sathi ustida (ayniqsa, suv omborlarida) monomolekular plyonka hosil qilish

ya’ni suv bilan aralashmaydigan va bug‘lanmaydigan yog‘li spirt (ortadekanol, 
geksadekanol va h.k.) ni 1 m
2
suv sathi yuzasiga 0,05 g miqdorda yoyish. Bu holda, 
suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish (kuniga) 77% gacha kamayishi qayd etilgan.
Hayotda u yoki bu suv isrofgarchiligiga qarshi kurashish tadbirlarini qo‘llash 
quyidagilarga bog‘liqdir:
- qo‘llaniladigan materiallarning mustahkamligi va chidamligigi; 
- mahalliy tabiiy shart-sharoitlarda tadbirni qo‘llash imkoniyatining mavjudligi; 


76
- qo‘llaniladigan tadbirlarni amalga oshirish ishining mexanizatsiyalashganligi; 
- ekologik va iqtisodiy hisob-kitoblar.

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling