Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

1-sug‘orish tarmog‘i; 2-to‘kma; 3-kyuvet; 4-kollektor 
Sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab ekilgan himoya daraxtlari tarmoqdan bo‘ladigan 
suv isrofgarchiligini (sizilish, bug‘lanish) qiymatlarini kamaytiradi, ya’ni biologik 
zovur vazifasini ham bajaradi. Daraxt turlari ular qatorlarining soni va orasidagi 
masofalar, ular ekiladigan hududning tabiiy-iqlimiy, tuproq shart-sharoitlaridan 
hamda ularga qo‘yiladigan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.


78
15-rasm. Sug‘orish tarmoqlari bo‘yidagi himoya daraxtlari: 
a-bir qatorli; b-ikki qatorli; d-to‘rt qatorli (o‘lchamlar metrda)
 
 
Nazorat savollari 
1. Xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini rejada joylashtirishda qo‘yiladigan 
talablar. 2. Xo‘jaliklararo va bosh sug‘orish tarmoqlarini rejada joylashtirish. 3. 
Sug‘orish tarmoqlarining hisobiy suv sarflari va ularning vazifalari. 4. Sug‘orish 
tarmoqlarida suv isrofgarchiligi va uning oqibatlari. 5. Sug‘orish tarmog‘i va 
tizimining foydali ish koeffitsienti. 6. Sug‘orish tarmoqlaridagi suv isrofgarchiligi 
qarshi kurash tadbirlari. 7. Sug‘orish maydonlaridagi yo‘l tarmoqlari va himoya 
daraxtlari. 


79
6. SUG‘ORISH UCHUN SUV MANBALARI 
 
6.1. Suv manbalarining turlari va ularga qo‘yiladigan talablar 
Suv manbasi sug‘orish tizimining asosiy qismi hisoblanib, ularning xususiyatlari 
sug‘orish tizimining ishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Hozirgi kunda quyidagi suv manbalaridan foydalaniladi. 
1. Daryo suv manbalari (O‘zbekistonda sug‘orish tizimlari suv manbasining 90% 
ini tashkil qiladi). 
2. Suv havzalari (tabiiy ko‘llar, sun’iy suv omborlari).
3. Mahalliy oqova suv manbalari (yomg‘ir va qor suvlari). 
4. Yer osti suvlari (sizot va artezian suvlari). 
5. Chiqindi suv manbalari (kundalik turmushdan foydalanilgan chiqindi suvlar). 
6. Ishlov berilgan dengiz suvlari. 
Sug‘orish uchun ishlatiladigan suv manbalari o‘zlarining quyidagi xossalariga 
asosan qabul qilinadi va ular orqali manbaning sug‘orish qobiliyatlari belgilanadi: 
1. Suvning sarf qiymati: 
( )
t
f
Q
=

2. Suvning hajm qiymati: 
( )
t
f
=

3. Suvning sifat tarkibi: 
,
λ
,
C
t
0
ρ

4. Suvning sath qiymatlari: 
( )
t
f
=

Suvning sarf qiymatidan suv manbasining sug‘orishlik qobiliyati quyidagicha 
aniqlanadi: 
,
q
Q
max
cal
η
ω

=
ga, 
bu yerda 
cal
Q
-qabul qilingan hisobiy suv sarf qiymati, l/s; 
η
-sug‘orish tizimining FIK; 
max
q
-
gidromodul grafigining salmoqlashtirilgan ordinata qiymati, l/s·ga.
Suv hajm qiymatidan suv manbasining sug‘orishlik qobiliyati quyidagicha 
aniqlanadi: 


80
,
М
V
cal
η
ω

=
ga, 
bu yerda 
cal
V
-qabul qilingan hisobiy suv hajm qiymati, m
3

M
-sug‘oriladigan ekinlarning 
o‘rtalashtirilgan mavsumiy sug‘orish me’yori, m
3
/ga: 
,
100
М
...
М
М
М
n
n
2
2
1
1
α
α
α

+
+

+

=
m
3
/ga 
bu yerda 
α
-ekin maydonlarining foizi, (
%
100
...
n
2
1
=
+
+
+
α
α
α
). 
Suv manbasining sug‘orishlik qobiliyati suv manbasining suv rejimini 
boshqarish orqali, ya’ni suv sarfini va miqdorini ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. 
Bunda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimini o‘zgartirish (
max
q
va 
M
qiymatlarini kamaytirish), ya’ni kam suv iste’molli ekinlarni yetishtirishni 
rejalashtirish, sug‘orish tizimining FIK qiymatini oshirish orqali bajarish mumkin. 
Suv manbasining haqiqiy va hisobiy rejimini bilgan holda uni sug‘orish rejimi 
bilan solishtiriladi. Buning uchun 
( )
t
f
Q
=
grafiklari chiziladi va grafiklarni ustma-
ust qo‘yish suv manbasining suv sarfini, sug‘orish uchun kerak suv miqdorini 
aniqlash imkonini beradi (16-rasm). 
16-rasm. Suv manbasi (daryo) suv rejimining tahlili grafigi 


81
Agar suv iste’moli suv manbasining hisobiy rejim grafigida yotishi «
1
Q
» 
ko‘rinishda bo‘lsa, unda sug‘orish manbasining suv rejimini boshqarishning keragi 
yo‘q.
Agar suv iste’moli suv manbasining hisobiy rejim grafigida yotishi «
2
Q
» 
ko‘rinishida bo‘lsa, ya’ni daryo gidrografi 
( )
t
f
Q
=
sug‘orish ta’minot chizig‘i bilan 
mos kelmasa – ma’lum 
0
t
vaqt davomida ma’lum bir tadbirlar qo‘llanilishi kerak 
bo‘ladi. Bu tadbirlar suv manbasining suv sarflari bilan sug‘orish suv sarfi rejimlarini 
bir-biriga moslashdan iborat bo‘ladi. Bu tadbirlar quyidagilar:
1. Suv omborlarini qurish (suv manbasining suv miqdorini ma’lum vaqt 
davomida boshqarishga qaratilgan tadbir). 
2. Sug‘orish maydonlarining ko‘lami va gidromodul qiymatlarini o‘zgartirish. 
3. Sug‘orish jarayonini mukammallashtirish (sug‘orish tarmog‘ining FIK 
qiymatini oshirish, sug‘orish texnikasini takomillashtirish)ga qaratilgan 
tadbirlar. 
17-rasm. Daryoning rejimini suv omborlari yordamida boshqarish 


82
Suv omborlarini qurish tadbirlari ba’zida 
,
Q
Q
r
>
ba’zida 
Q
Q
r
<
holatlarida 
amalga oshiriladi. 
Agar 
r
V
har doim (yillik oqim hajmi bo‘yicha) 
w
V
dan katta bo‘lsa (
w
r
V
>
), 
suv manbasining suv miqdori mavsumiy boshqariladi, ya’ni sun’iy hosil qilinadigan 
suv omborning hajmi 
(
)
r
res
V
7
,
0
2
,
0
V


=
hajmida loyihalanadi. 
Agar, 
w
r
V
>
yoki 
w
r
V
<
bo‘lganda sun’iy hosil qilinadigan suv omborining 
hajmi 
(
)
r
res
V
5
,
1
2
,
1
V


=
qilib loyihalanadi. 
Loyihalanadigan sun’iy suv omborlarining mavjud sxemalari 17-rasmda 
ko‘rsatilgan. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling