Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Yer osti suvlari bilan sug‘orish


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
6.3. Yer osti suvlari bilan sug‘orish 
Yer 
osti 
suv 
manbalari 
sug‘orish 
maydoniga yaqin bo‘lganida juda arzon va qulay 
manbalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun 
ham chet davlatlarda bunday manbadan keng 
foydalanishadi. Jumladan, AQSh da 40% 
sug‘orish maydoni yer osti suv manbasidan 
sug‘orilsa, XXR da 33% , Hindistonda 30%, 
O‘zbekistonda esa rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha 
5-6% ni tashkil etadi.
Bu manbadan AQSh 2500 m
3
/s suv sarfini 
olsa, bu ko‘rsatkich Yaponiyada 900 m
3
/s ni, 
Eronda 830 m
3
/s ni, Ukrainada 100 m
3
/s ni 
O‘zbekistonda esa 50 m
3
/s ni tashkil etadi. 
Suv manbalarining ko‘rinishiga qarab (buloq, sizot va artezian suv manbalari), 
suv yer ustiga turli moslamalar yordamida chiqariladi.
19-rasm. Buloq manbalaridan 
sug‘orishda foydalanish sxemasi 


85
Buloq manbalarida buloqlarni koptaj qilish – ko‘zini ochish, so‘ngra bir necha 
buloq (B) ning suvlarini bir suv yig‘ish havzasi (SYH)ga to‘plab, sug‘orish 
maydoniga uzatish amaliyoti qo‘llaniladi (19-rasm). 
Sizot suv manbalarida esa shaxta quduqlari, skvajinalar va korizlar qo‘llaniladi. 
Shaxta quduqlari diametri 1-1,5 m bo‘lgan quduq ko‘rinishida bo‘lib, quduq devorlari 
temir beton halqalar bilan yoki g‘isht va toshlar bilan jihozlanadi (20-rasm).
Odatda shaxta quduqlarining chuqurligi 10-30 m ba’zida 40-50 m bo‘ladi. 
20-rasm. Shaxta qudug‘i sxemasi: 
1-ventilatsiya quvuri; 2-qopqoq; 3-
bosh qism; 4-toshli qoplama; 5-gilli 
qulfak; 6-quduqning yer ostki qismi; 7-
suv qabul qilgich; 8-suvli qatlam; 9-
shag‘al qatlami; 10-quvur tubi; 11-suv 
kirish tirqishi; 12-beton halqa 
21-rasm. Burg‘u qudug‘i sxemasi: 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling