Chiqindi suvlar sifatiga qo‘yiladigan agromeliorativ talablar. Chiqindi
suvlar bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda tuproq unumdorligini oshirish va
qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun chiqindi suvlar ma’lum
bir agromeliorativ talablarga javob berish kerak.
Chiqindi suvlarni sug‘orishga yaroqliligi ularni kimyoviy tahlili asosida amalga
oshiriladi.
Sug‘orish uchun qo‘llaniladigan chiqindi suvlar tarkibidagi moddalar miqdori
kerakli miqdordan ortmasligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aks holda ular nafaqat
o‘simlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ushbu mahsulotni iste’mol
qilgan tirik organizm ham turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Jumladan, chiqindi suvlar tarkibida azot moddasining ko‘pligi yem-xashakning
ko‘payishiga olib kelishi bilan birga ular tarkibidagi nitrat miqdorini oshiradi. Bu
holat bunday yem-xashakni iste’mol qilgan jonivorlarning tanasi zaharlanishiga olib
keladi. Shuning uchun ham chiqindi suvlar bilan sug‘orishda tuproqqa beriladigan
azotning miqdori 250-280 kg/ga dan oshmasligi kerak. Yana bir misol, chiqindi
suvlar tarkibida temir moddalarining ko‘p bo‘lganligi ham jonivorlarga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Quyidagi 2-jadvalda sug‘orish uchun qo‘llaniladigan chiqindi suvlar tarkibidagi
ba’zi bir ingrediyentlarning yo‘l qo‘yilgan miqdori qiymatlari keltirilgan bo‘lib, bu
qiymatlarga rioya qilish orqali chiqindi suvlar bilan sug‘orilgandan so‘nggi aks
ta’sirlarni bartaraf etishga erishiladi.
Bu borada to‘plangan tajribalar asosida chiqindi suvlarni sug‘orishda qo‘llash
uchun ularga quyidagi agromeliorativ talablar qo‘yiladi.
pH
-5,5 dan 8,5 gacha, eng yaxshisi 6,5-8; quruq qoldiq - 4,5 g/l gacha,
Ca
va
Na
qiymatlari - 500 mg/l gacha,
Ι
3
HCO
va
ΙΙ
4
SO
anionlar -500,
Ι
Cl
anioni 200
mg/l gacha;
ΙΙ
3
CO
anioni 100 mg/l dan ortmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |