Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

a-tuproqli to‘sqich; b-yumshoq matoli to‘sqich


93
27-rasm. "Voljanka" rusumli yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi yordamida 
sug‘oriladigan madaniy yaylov sxemasi: 
1-suv manbasi; 2-nasos stansiyasi; 3-taqsimlovchi quvur; 4-sug‘orish qanoti 
Em-xashak yetishtiriladigan madaniy yaylovlarni sug‘orishda odatda, yer 
ustidan yo‘laklab sug‘orish qo‘llanilib, bunda sug‘orish me’yori 600-800 m
3
/ga ni 
tashkil etadi. O‘riladigan o‘tlarni tezroq yetishtirish maqsadida sug‘orish o‘t 
o‘rilishidan 5-7 kun oldin yoki o‘t o‘rilgach 2-4 kun keyin amalga oshiriladi. 
 
6.6. Chiqindi suvlar bilan sug‘orish 
Chiqindi suvlar deganda foydalanish joyidan gidravlik uslubda kanalizatsiya 
yordamida uzoqlashtirilgan, insonlarning kundalik hayotida, ishlab chiqarish 
korxonalarida, chorvachilik komplekslarida foydalanilgan suvlar tushuniladi. 
Chiqindi suvlar yordamida ekinlarni sug‘orish ko‘plab chet el davlatlarida, jumladan, 
Avstraliyada (42%), Angliyada (35%), Isroilda (50%) qo‘llanilmoqda. Chiqindi 
suvlar bilan sug‘orish muhim hisoblanadigan xo‘jalik masalalarni, jumladan, 
tuproqlarni suv va ozuqa elementlari bilan boyitish, dalaga kiritiladigan o‘g‘itlar 
qiymatini kamaytirish, chiqindi suvlarni tozalash, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori 
hosil olish kabi masalalarini yechish imkonini beradi. 
Chiqindi suvlar kelib chiqishi bo‘yicha xo‘jalik, ishlab chiqarish, aralash, 
chorvachilik va toshqin suvlariga farqlanadi.


94
Chiqindi suvlar tarkibi kimyoviy, bakteriologik va mexanik chiqindilar, ishlab 
chiqarish xususiyatlari, foydalanish me’yorlari, yog‘in miqdori va boshqa omillarga 
bog‘liqdir.
Ular tarkib jihatidan tashqi muhitga ta’siri, tarkibidagi erigan modda va o‘g‘itlar 
bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ishlab chiqarish chiqindi suvlaridan tashqari barcha 
chiqindi suvlar sug‘orish uchun yaroqli hisoblanadi. 
Chiqindi suvlar tarkibida o‘simlik rivoji uchun xavfli moddalar bo‘lishi 
mumkin. Bu holda ular maxsus suv tozalash stansiyalarida zararlilik miqdori ruxsat 
etilgan miqdordan ortmasligi sharti bajarilguncha tozalanadi. 
Chiqindi suvlarning har qanday turi ham ma’lum bir texnologiya asosida 
mexanik va biologik tozalagichlarda tozalanadi. 
Mexanik tozalashda chiqindi suvlar to‘rlardan, yog‘ ushlagichlardan va 
dastlabki tindirgichlardan o‘tkaziladi. Chiqindi suvlar mexanik tindirgich tizimiga 
kiritilishidan oldin havo kislorodi bilan boyitilsa, mexanik tozalagichning 
unumdorligi 70% ga ortadi. 
Mexanik tozalangan chiqindi suvlar sug‘orish uchun qo‘yilgan talablarga javob 
bermasa, ular biologik tozalagichlardan o‘tkaziladi. 
Biologik tozalash tabiiy va sun’iy usullarda amalga oshiriladi. Tabiiy biologik 
tozalagichlar turkumiga biologik hovuzlar, sizilish va sug‘orish dalalari kiradi. 
Chiqindi suvlar bilan sug‘orishda maxsus sug‘orish tizimi barpo etiladi. Bu 
tizimning asosiy elementi bo‘lib dehqonchilik sug‘orish maydoni (DSM) hisoblanadi. 
Bu maydonda chiqindi suvlar tabiiy tuproq-biologik tozalanadi va zararsizlantiriladi. 
DSM lar 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yil davomida chiqindi suvlarni 
qabul qiluvchi va sug‘oruvchi (mexanik tarkibi yengil va yaxshi suv siziluvchi 
tuproqlarda); chiqindi suvlarni yil davomida qabul qiluvchi va sug‘orishni faqat 
vegetatsiya davridagina amalga oshiruvchi; chiqindi suvlarni vegetatsiya davrida 
qabul qiluvchi va sug‘oruvchi. 
DSM ning maydoni 10 ga dan kam bo‘lmasligi, maydon nishabligi 0,0005-0,01, 
sizot suvlarining sathi chuqur (> 5 m), tuprog‘i kam unumdor va foydanilmayotgan 
hamda suv sizilish qiymatining yuqori bo‘lishligi talab qilinadi. 


95
DSM dagi inshootlar tizimi (28-rasm) tindirgich yoki tozalash inshootlaridan, 
nasos stansiyasidan, quvurlardan, biologik 
tozalash 
havzalaridan, 
sug‘orish 
va 
tashlama tarmoqlardan, yo‘llar, himoya 
daraxtlari va binolardan tashkil topadi. 
Sug‘orish tarmoqlari ochiq va yopiq 
bo‘lishi mumkin. Sizot suvlari yaqin
bo‘lgan maydonlarda va sug‘orish katta 
me’yorlarda olib borilganda yopiq zovur 
quriladi. 
Sanitar-gigiyenik sharo-itlarga ko‘ra, 
chiqindi suvlar bilan boshoqli va chorva-
ozuqa ekinlarini, bir va ko‘p yillik o‘tlarni, 
termik 
ishlovdan 
so‘ng 
iste’mol 
qilinadigan poliz ekinlarini (lavlagi, 
baqlajon, kartoshka), dekorativ daraxtlarni 
sug‘orish tavsiya etiladi. Sug‘orish tuproq 
ichidan 
amalga 
oshirilganda 
istalgan 
ekinlarni yetishtirish mumkin. 
Mavsumiy sug‘orish me’yorlarining 
qiymati boshoqli ekinlar uchun 2-3 ming 
m
3
/ga, o‘tlar uchun 3-5 ming m
3
/ga ni 
tashkil 
etadi. 
Sug‘orish 
me’yorining 
qiymati esa, iqlimiy, tuproq meliorativ 
shart-sharoitlardan va qishloq xo‘jalik 
ekinlarining turidan kelib chiqqan holda 40-700 m
3
/ga ni tashkil etadi. 
Tekislangan va yer nishabi 0,001-0,02 bo‘lgan maydonlarda yoppasiga 
ekiladigan ekinlar yer ustidan pollab va bostirib sug‘oriladi. 
Kuzgi va sovuq tushgan davrlarda DSM larda tirqishli egatlar yordamida 
sug‘orishni qo‘llash mumkin. 
28-rasm. DSM da chiqindi suvlar
bilan sug‘orish sxemasi: 
1-aholi punkti; 2-kollektor; 3-mexanik 
tozalash inshooti; 4-nasos stansiyasi;
5-quvur; 6-havza; 7-biologik tozalash 
havzasi; 8-taqsimlovchi quduq; 9-
sug‘orish tarmog‘i; 10-ko‘chma 
sug‘orish quvuri; 11-suv chiqarish 
inshooti; 12-tashlama inshoot 


96
Sanitariya nuqtayi nazaridan chiqindi suvlar bilan sug‘orishda tuproq ichidan 
sug‘orish usulini qo‘llash tavsiya etiladi.

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling