Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

4.7. Subirrigatsiya 
Bu usul SSS ni ma’lum sathda ushlab turish va tuproqning haydov qatlamini 
kapillar ta’minot hisobiga namlantirishga asoslangandir (9-rasm). 
SSS ni sun’iy ko‘tarish usullari: 
- sug‘orish tarmoqlari, zovurlar va tashlamalarni dimlash; 
- ko‘p suv o‘tkazuvchan tarmoqlar orqali sug‘orish suvini berish; 
- 0,5-0,6 m chuqurlikda o‘rnatilgan namlatgichlar orqali suv berish; 
- tabiiy sizot suvlari oqimini boshqarish; 
- suv o‘tkazmaydigan qatlamni teshib, bosimli sizot suvlarining yo‘lini ochish. 
Bu usul uzun ildizli, namsevar ekinlarni sug‘orishda tavsiya etiladi. Buning 
uchun sug‘orish maydoni nishabsiz, tuprog‘i bir tarkibli, sho‘rlanmagan, yaxshi 
kapillar xususiyatlariga ega bo‘lishi, sizot suvlari chuchuk va yer sathiga yaqin 
joylashgan bo‘lishi kerak.


57
Bu usul ostki tuproq qatlami yaxshi suv o‘tkazuvchan, tuproq namini ikki 
tomonlama boshqaruvchi sug‘orish-zax qochirish tizimlarida tizimni dimlash orqali 
ham amalga oshirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Suv kichik muvaqqat yoki doimiy 
(chuqurligi 1-1,5 m) sug‘orish tarmoqlariga beriladi. Doimiy chuqur sug‘orish 
tarmog‘i yoki quvurli namlatgichlar yordamida birato‘lasiga, ham sug‘orish, ham 
ortiqcha suvlarni qochirish ishlari bajariladi (10-rasm).
Agar sug‘orish maydonida sizot suvlari minerallashgan va ularning oqimi yomon 
bo‘lsa, bu holda SSS ni ko‘tarib sug‘orish quvur-namlatgichlar yordamida yer ustidan 
sho‘r yuvish ishlari bilan birgalikda olib boriladi. 
4.8. Purkab sug‘orish 
Zamonaviy sug‘orish usullaridan biri bu purkab sug‘orishdir. Bu usul 
yomg‘irlatib sug‘orishning ko‘rinishi hisoblanib, uning mohiyati sug‘orish suvini 
mayda zarrachalarga aylantirib, o‘simlikning yer usti qatlamiga berishidir. Bunda 
hosil bo‘lgan mikron bilan o‘lchanadigan suvning zarrachalari (o‘lchami 50-300 mk) 
1
2
3
4
2
5
9-rasm. SSS ni boshqarishda 
tuproqning namlanish taqsimoti:
KUN-kapillar uzilish namligi; ChDNS-
chegaraviy dala nam sig‘imi; TNS-to‘la 
nam sig‘im 
10-rasm. Sug‘orish tarmog‘i va quvur 
namlatgichlar yordamida SSS ni
ko‘tarib sug‘orish: 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling