Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

1-manba; 2-sun’iy bosim hosil qilish qurilmasi; 
3-xo‘jalik tarmog‘i; 4-shohariq; 5-muvaqqat (suv 
berish) tarmog‘i; 6-yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasi 


51
Yarim qo‘zg‘aluvchan yomg‘irlatib sug‘orish tizimida suv tarqatuvchi va 
sug‘orish quvurlari, yomg‘irlatib sug‘orish mashina va qurilmalari harakatda ishlashi 
mumkin. Bu ko‘rinishdagi yomg‘irlatib sug‘orish tizimi keng tarqalgandir. 
Harakatdagi yomg‘irlatib sug‘orish tizimida barcha tarkib sug‘orish jarayonida 
harakatlanadi. Odatda, bunday tizimlar unchalik katta bo‘lmagan sug‘orish 
maydonlari (poliz maydonchalari, madaniylashtirilgan o‘tloqlar) da qo‘llaniladi va 
katta suv sarfini talab qilmaydi. 
 
4.5. Tuproq ichidan sug‘orish 
Bu - sug‘orish suvini turli xil namlatgichlar yordamida o‘simlik ildiz qatlamiga 
uzatish demakdir. Bunda, tuproqning faol qatlamida havoga to‘yinish yaxshilanadi va 
butun vegetatsiya davomida tuproqning maqbul namligi saqlab turiladi. 
Bu usul sug‘orish suvi tanqis joylarda, avvalo, tog‘ etagidagi sug‘orish 
maydonlarida, chiqindi oqova suvlar bilan, jumladan, issiqlik elektrostansiyalari va 
atom elektrostansiyalaridan chiqqan issiq suvlar bilan sug‘orishda qo‘l keladi. 
Tuproq ichidan sug‘orish (TIS) tizimining bir necha ko‘rinishi mavjud. 
Tizimdagi bosim qiymati bo‘yicha: gravitatsiya-kapillar namlantiruvchi bosimli, 
gravitatsiya-kapillar namlantiruvchi past bosimli va kapillar namlantiruvchi 
adsorbsion (vakuum)lilarga (8-rasm); namlatgichlarni sug‘orish maydonida 
qo‘llanilish davomati bo‘yicha: qo‘zg‘almas, yarim qo‘zg‘aluvchan va ko‘chma 
in’yeksiyali mashinalarga, mavsumiy va muvaqqat bir marotaba namlatuvchilariga 
farqlanadi.
8-rasm. Tuproq ichidan sug‘orish tizimining ko‘rinishlari 


52
Namlatgich tizimining konstruksiyasi bo‘yicha: g‘ovak namlatgichlar (sopol 
quvurchalar), tirqish va teshikli quvur namlatgichlar, in’yeksiyali qurilmalar 
(gidroburg‘u, gidrotup) ga farqlanadi. Ularning ichida keng tarqalgani teshik va 
tirqishli quvur namlatgichlar hisoblanadi. 
TIS texnikasi elementlariga namlatgichlarning joylashish chuqurligi (0,4-0,6 m), 
bosimi (0,2-0,5 m), solishtirma suv sarfi (0,02-0,33 l/s har 100 m namlatgich 
uzunligiga), namlatgich uzunligi (50-200 m), namlatgichlar orasidagi masofa (1,0-3,5 
m), sug‘orish davomati kiradi. 
TIS tizimining konstruksiyasi (tuzilishi).
TIS tizimi nasos stansiyasi, suvni 
tarqatuvchi va namlatish tarmoqlari, tizim inshootlari, tashlama tarmoqlar va nazorat 
shamollatish inshootlaridan tarkib topgan. 
Sug‘orish suvlari filtr-setkali va qum-shag‘alli filtrlar yordamida, chiqindi oqova 
suvlar esa maxsus tindirgichlarda va filtrlarda tozalanadi. Namlatgichlar vazifasini 
o‘lchami 20-40 mm bo‘lgan polietilen quvurlar va kalta sopol quvurlar bajarishi 
mumkin. Namlatgichlar orasidagi masofa qumoq va gil tuproqlarda: poliz va ozuqa 
ekinlari uchun 1,25-2 m; uzumzorlarda 2,5-3 m qabul qilinadi. Tashlama-
shamollatish tarmoqlari tuproqning tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari ta’sirida ortiqcha 
namlanishini kamaytiradi va shu bilan birga tuproqni havoga to‘yintirishga xizmat 
qiladi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling