Ishlanmas I dars o'tiladigan sana: Fan
Download 0.49 Mb.
|
ishlanma - 9A - Ho\'llash. Kapilyar hodisalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars uslubi
- Dars turi
- "OFARIN"
- "ERKINLIK GURUHI"
Romitan tumanidagi 5- maktabning fizika fani amalyotchisi Nematov Shaxzodning 9 - sinfiga o'tgan bir soatlik ochiq darsi I S H L A N M A S I Dars o'tiladigan sana: Fan: FIZIKA Dars mavzusi: Ho'llash. Kapillar hodisalar Dars maqsadi: a) Ta'limiy maqsad - Suyuqliklarning qattiq jismlar sirtini ho'llash hodisasi, ho'llash-ho'llamaslik shartlari, kapillarlik, ulardan tabiatda va turmushda foydalanish haqida bilimlar berish orqali o'quvchilarda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini, sirt taranglik kuchini o'lchash, kapillar naylarda suyuqlikning ko'tarilish balandligini (pasayish chuqurligini) aniqlash formulasiga oid masalalar yechish orqali fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasini shakllantirib borish; b) Tarbiyaviy maqsad - Ho'llash va kapillar hodisalarining turmushda, odam hamda hayvonot olamining qon aylanish tizimida, qishloq xo'jaligidagi ahamiyatini tushunish orqali o'quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini tarbiyalab borish; v) Rivojlantiruvchi maqsad- Ho'llash va kapillar hodisalarni o'rganish mobaynida o'quvchilarda egallangan bilimlarni hayotda qo'llay olish orqali o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasini o'stirib borish. Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, klaster,BBB, tushuntirish, eksprement (tajriba) otkazish, tezkor savol-javob ( aqliy hujum ), test Dars jihozi: sezgir dinamometr, turli shakldagi simdan yasalgan kichik jismlar, kapillar naychalar, suvli idishlar, igna, medisina shpitsi, simobli termometr, universal shtativ, kompyuter, proyektor, kodoskop va proyeksion-ko'rgazmalar to'plamidan №37-raqamli slayd, tarqatma materiallar, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Dars turi: Yangi bilimlarni o'rganish darsi Darsning borishi: I. Tashkily etap- (O'quvchilar o'z o'rniga joylashib olguncha "Zakovat" teleo'yinining madhiyasi yangrayveradi.) O'quvchilar bilan salomlashaman, sinf davomadini navbatchi-o'quvchidan aniqlab olaman. O'quvchilar diqqatini darsga jalb qilish maqsadida quyidagi savolni o'rtaga tashlash orqali muammoli vaziyat yarataman:
Javob: bu - vaqt! Ekranda G. G'ulomning quyidagi satrlari dars shiori sifatida namoyish etiladi : Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so’raydi qadrin. Fursat g’animatdir shoh satrlar ila Bezamoq chog’idir umr daftarin. SHundan so'ng quyidagi oltin qoidalar ekranda namoyish etaman: Vaqtni qadrlang Dars muqaddas ! Faolroq bo'ling Diqqatli jamlang Eslang, tasavvur qiling va izlaning Endi esa, darsda o'quvchilarning ishtirokini baholash tizimini tushuntiraman: Baholash tizimi: Savol - topshiriqlarga to'g'ri va to'liq javob bergani uchun o'quvchilarga "OFARIN", chala javob bergani uchun ularga "RAHMAT" rag'bat bali berib boriladi. Xato javob uchun hech qanday ball berilmaydi Dars oxirida ularning yig'indisi baho baliga aylantiriladi. Guruhlar tashkil etishning tartibi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan Konstitutsiyamizning ba'zi moddalariga bag'ishlangan quyidagicha topshiriq beraman :
Javob: I-qator : 13,19,29,31,42. Ushbu moddalarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining erkinliklari bayon qilingan. SHU sababli ushbu guruhni "ERKINLIK GURUHI" deb atashni taklif qilaman. II-qator : 35, 36, 40, 41,42. Ushbu moddalarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquhlari bayon qilingan. SHU sababli ushbu guruhni "HUQUQ GURUHI" deb atashni taklif qilaman. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling