Ishlanmas I dars o'tiladigan sana: Fan


Fanga oid kompetensiyalar


Download 0.49 Mb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1129340
1   2   3   4
Bog'liq
ishlanma - 9A - Ho\'llash. Kapilyar hodisalar

Fanga oid kompetensiyalar:

a) Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi

A2: o'quvchi ho‘llash va kapillyarlikni kuzatadi; sirt taranglik hodisasi, ho‘llash va kapillyarlikdan kundalik turmushda foydalana oladi.

b) Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi

A2: o'quvchi suyuqliklarning ho‘llashi va kapillyarlikka oid tajribalarni o‘tkaza oladi va xulosa chiqara oladi.

d) Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi

A2: o'quvchi suyuqlikning kapillyarlarda ko‘tarilish balandligiga doir masalalarni yecha oladi; kapillyar naychalar to‘plamidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amaliyotda foydalana oladi.

Kodoskopning № 37 - slaydi asosida tushuntiraman: Suyuqlik suyuqlik-qattiq jism chegarasini ho'llashi yoki ho'llamasligi mumkin. Ho'llash-ho'llamaslik suyuqlik va qattiq jism molekulalarining o'zaro ta'siriga bog'liq:
1) Suyuqlik va qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchlari suyuqlik molekulalari orasidagi o'zaro tortishish kuchlaridan katta bo'lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini ho'llaydi. Ya'ni: Fs-q > Fs-s . Masalan: suv shishani, yog'ochni ho'llaydi. Simob esa cho'yanni, silliq metallar sirtini ho'llaydi. Umuman olganda, suv ko'pgina qattiq jismlar sirtini ho'llaydi.
2) Suyuqlik va qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchlari suyuqlik molekulalari orasidagi o'zaro tortishish kuchlaridan kichik bo'lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini ho'llamaydi. Ya'ni: Fs-q < Fs-s . Masalan: simob shishani ho'llamaydi ( masalan termometrda), Suv ba'zi moyli yuzalarni( masalan neft shimdirilgan yog'ochni), ba'zi kimyoviy tolali matolarni (masalan soyabonni, plash-kurtkalarni), parafinni ho'llamaydi.
Ho'llash-ho'lamaslik hodisasi gorizontal holatda turgan qattiq jism sirtida suyuqlikning qanday shakl hosil qilishiga va qattiq jism bilan qanday egrilanish hosil qilishiga ham bog'liq:

Ho'llash-ho'llamaslik katta amaliy ahamiyatga ega:
- sovun badanimizni yaxshi ho'llagani sababli u bilan yuvinamiz. Turli kir yuvish vositalaridan keng foydalanamiz;
- g'oz va o'rdaklar suvdan chiqqanda patlari quruq bo'ladi, chunki, patlari yog'li bo'lgani sababli suv ularni ho'llay olmaydi;
- ho'llash tufayli yelimlar, bo'yoqlar ishlatiladi;
- qog'ozni siyoh ho'llagani sababli undan qog'ozga yozishda foydalanamiz;
- ho'llash sababli moylah, kavsharlash, qalaylash mumkin bo'ldi;
- ho'llash tufayli tog' jinslari tarkibidagi rudalar boyitilib metallar tozalab olinadi;
Ingichka naylar ya'ni kapillarlar devori yaqinida suyuqliklar sirti 2 xildagi egrilanish hosil qiladi. Egrilanish shakliga mos holda suyuqlik o'ziga tushurilgan kapillar nay ichiga ko'tarilishi yoki pasyishi mumkin:
1) Agar egrilanish nay devori yaqinida pastdan yuqoriga tomon bo'lsa, suyuqlik ushbu nayda ko'tariladi. Suyqlik ushbu qattiq jism sirtini ho'llaydi ham.
2) Agar egrilanish nay devori yaqinida yuqoridan pastga tomon bo'lsa, suyuqlik ushbu nayda pasayadi. Suyqlik ushbu qattiq jism sirtini ho'llamaydi ham.

"Kapillar" so'zi lotinchadan tarjima qilinganda "qilday", "ingichka" degan ma'nolarni bildiradi.
Suyuqlikning ingichka naychalar ya'ni kapillarlarda keng idishdagi sathiga nisbatan ko'tarilishi yoki pasayishi kapillar hodisa deb ataladi.



Suyqlikning kapillar nayda ko'tarilish ( pasayish) balandligi suyuqlik turiga ( zichligi -ρ va sirt taranglik koeffitsiyenti - σ ga) hamda nayning radiusi -r ga bog'liq.Nay radiusi r qancha kichik bo'lsa, h shuncha katta bo'ladi: yoki h
Kapillar hodisalarning amaliy ahamiyati:
- kapillarlik tufayli qo'lni artganda sochiqning momig'i namlikni ko'proq tortadi;
- Oqqand choyga solinganda u choyni o'ziga tezroq tortib eriydi;
- g'ishtdagi g'ovaklar tufayli namlik devorga oson ko'tariladi. Bu zarar !
- qishloq xo'jaligida: erta bahorda yerlarni baranalash namlikni yaxshi saqlanishiga yordam beradi;
-odam tanasidagi qon kapillar tomirlar orqali butun tanani aylanadi va to'qimalarni ozuqa bilan ta'minlaydi;
- o'simliklarning kapillar ildizlari orqali suv va oziq moddalar ularning butun tanasiga ko'tariladi;
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling