Mavzu: og‘zaki bibliografik obzorlarni tayyorlash va o‘tkazish
Download 69.22 Kb.
|
OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik axborot
Bibliografik kirish — matn boshidagi muallif ism-sharifi, sarlavha, kitobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so‘ngidagi yozuvlar haqida ma’lumot. Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi“ didaktik, hikoya va qo‘shiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgorliklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum bir tartibda berilgan—asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot, ba’zan qo‘shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma’lumot berilgan.
Bibliografik axborot — asar haqidagi ma’lumotdir. Axborotning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi. Asosiysi, bibliografik axborot —tushunish va foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatning yoki alohida iste’molchilarning turli xil axborotga bo‘lgan talablarini qondirishdan iborat. Axborot — lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki xabar beradi. Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko‘ra murakkab an’anaviy bosma shakldagi bibliografik qo‘llanmalar va, shuningdek, elektron shakldagi ma’lumotlar bazasigacha. Download 69.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling