Mavzu: og‘zaki bibliografik obzorlarni tayyorlash va o‘tkazish
Download 69.22 Kb.
|
OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik yozuv
Bibliografik xabar — bibliografik axborot elementi va ma’lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar guruhi haqidagi asosiy ma’lumot bo‘lib, u og‘zaki yoki yozma shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa, siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ularni hal etish yo‘llari, ilg‘or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar haqidagi ma’lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi. Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega bo‘lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi bibliografik xabarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga yordam beruvchi homiylarni jalb etadi.
Bibliografik yozuv—bibliografik axborot elementi va bibliografik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy ma’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funksiyaga, aniq axborot berishga mo‘ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil bibliografik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Shuning o‘zi uning turlitumanligini va xususiyatini ko‘rsatadi. Xususan, an’anaviy va elektron kataloglarda qo‘llaniladigan bibliografik yozuvlarda, albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko‘rsatiladi. Umumlashma bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Masalan, taqrizlar haqidagi bibliografik yozuv ikkita yozuvni birlashtiradi: hujjatning bibliografik yozuvi va taqrizning bibliografik yozuvi. Bibliografik yozuvlar unga kiritilgan elementlarning tarkibiga ko‘ra ham ajratiladi. Bular: tafsiv boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya yoki referat, indekslash tushunchalari, hujjatni saqlash shifri, yo‘naltirish, xizmatga oid ma’lumotlar. Har bir element hujjat xarakterini u yoki bu darajada ochib beradi. Bibliografik axborotning murakkab shakli bibliografik qo‘llanmalardir. Xulosa Xulosa qilib aytganda—iste’molchilarning bibliografik axborotga bo‘lgan talabini va ehtiyojini qondirish bo‘yicha faoliyat sohasi bo‘lib, uning mazmuni bibliografik axborotni tayyorlash va uni iste’molchiga talabi va qiziqishiga ko‘ra yetkazib berish jarayonidan iborat. Bibliografik axborotni tayyorlash bibliografik aniqlash, bibliografik qidirish, bibliografik qayta ishlov berish, bibliografik tanlash, bibliografik guruhlashtirish jarayonlaridan iborat bo‘lib, bibliografiyalash deb ataladi. Bibliografik axborotni iste’molchiga ma’lum bir vositalar va usullar yordamida yetkazib berish jarayoni bibliografik xizmat deyiladi. Bunda ma’lumotbibliografiya apparatini tashkil etish, ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish, bibliografik axborotlashtirish va axborot ta’limi nazarda tutiladi. Bibliografik faoliyatning hamma jarayonlari o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Hozirgi davrda ularning hammasi axborotga birlamchi ishlov berish, olingan natijalardan samarali va ko‘p marta va ko‘p maqsadli foydalanish, avtomatlashgan texnologiyani qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bibliografiyalashning obyekti bo‘lib hujjat yoki uning qismi xizmat qiladi. Bibliografik axborotni ishlab chiqish jarayoni bir qancha o‘ziga xos xususiyatga va o‘ziga mos vositalar, usullar, yakuniy xulosalarga ega jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, u analitik-sintetik ishlovga asoslangan yagona texnologik va ijodiy jarayondir. Bir vaqtning o‘zida bu jarayonda zarur axborot to‘planadi va unga baho beriladi, olingan ma’lumotlar umumlashtiriladi, tegishli maqsadga qaratilgan yo‘nalishda va shaklda axborot uzatiladi. Download 69.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling