Mavzu: og‘zaki bibliografik obzorlarni tayyorlash va o‘tkazish


Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash. Press reliz


Download 69.22 Kb.
bet4/10
Sana15.06.2023
Hajmi69.22 Kb.
#1485329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OG‘ZAKI BIBLIOGRAFIK OBZORLARNI TAYYORLASH VA O‘TKAZISH

Ommaviv axborot vositalari (OAV) uchun obzor tayyorlash. Press reliz


Radio, televideniya va vaqtli matbuot sahifalarida muntazam ravishda yangi adabiyotlar sharhi berib boriladi. Ko‘pincha, bunday sharhlarni tahririyatning o‘zi tayyorlaydi. Sharhning samarali va sifatli o‘tishi uchun, albatta, axborot-resurs markazlari bilan hamkorlikda tayyorlash lozim. Bunda sharhning mavzusi aniqlanadi, mavzu uchun axborot-resurs markazida mavjud hujjatlar tanlanadi. Ular sharhni tayyorlash qoidasiga ko‘ra tayyorlanadi. Òayyor matn OAV tizimiga uzatiladi. Ba’zi hollarda televideniya orqali berilayotgan sharhlarda ketma-ketlik noto‘g‘ri tanlanadi, muntazamlilikka e’tibor berilmaydi yoki hozirjavoblik yo‘qoladi.
Press reliz OAV uchun yirik tadbirlarni reklama qilish maqsadida tayyorlanadigan axborot qog‘ozi bo‘lib, firmalar, korporatsiyalar, tashkilotlarning maxsus bo‘limlari, xizmatchilari, PR byurolari, PR agentligi vositasida bepul tarqatiladigan qisqa axborot. Bu, asosan, yarim, yoki bir sahifaga mo‘ljallanadi va buning uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: mazmun va jumlalar tushunarli va oddiy tilda berilishi; fikrlarning qisqa va yig‘ma holda berilishi; asosiy fikrlarning belgi yoki qora chiziq bilan ajratilishi; asosiy fikrni 15 —20 ta so‘zda bera olish; bosh abzasdagi g‘oyaning keyingi abzaslarda davom ettirilishi. Bosh abzasning vazifasi iste’molchini birinchi fikrdanoq qiziqtirishdan iborat. Keyingi vazifasi tashrif qog‘ozi o‘rnini egallashdir. Bosh abzas jurnalistikada tashrif qog‘ozi deb ham yuritiladi. Bosh abzasda birorta oshiqcha so‘z bo‘lishi mumkin emas, uslub sodda bo‘lishi shart. Press relizning xususiyatlari: shu kunning muhim yangiligini aks ettirishi; o‘z vaqtida berilishi, hozirjavobligi. Kutubxona tomonidan o‘tkaziladigan yirik tadbirlar—yubileylar, kitobxon benefisi, kitobxon marofoni, turli uchrashuv kechalari, ilmiy-amaliy anjumanlar, kitobxonlar konferensiyasi munosabati bilan uni keng jamoatchilikka ma’lum qilish, reklama qilish, targ‘ib qilish maqsadida ilg‘or kutubxonalar OAV bilan hamkorlik o‘rnatganlar.
Press reliz uch qismdan iborat bo‘ladi: 1-qism bosh abzas bo‘lib, murojaat qismi, unda rahbariyatga Press relizni jo‘natish maqsadi, asosiy g‘oya, uning ahamiyati tushuntiriladi. 2-qismida aniq va ravon, qisqa matnda qachon, qayerda, nima maqsadda, kimlar uchun tadbir o‘tkazilayotgani, undan kutilayotgan natija ko‘rsatiladi. 3- qismda tadbirni o‘tkazish joyi, vaqti, yordami uchun avvaldan minnatdorchilik bildiriladi. Press reliz, albatta, korxonaning rasmiy qog‘oziga yozilishi, tashkilotning birinchi rahbari imzo qo‘yishi shart.

Download 69.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling