Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sodikov S



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
TA`LIM VAZIRLIGI 
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV 
FAKULTETI 
MOLIYAVIY XISOBOT FANIDAN
 
MUSTAQIL ISHI
 
Mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar hisobi
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
Guruh : 61b-21 

 
 
 
 
 
Bajardi : Sodiqov Sobirjon 
Tekshirdi : O’rmonov Xasanboy

 
FARG`ONA 2023


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi 
 
 
 
 
Reja: 
 
1. Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha 
2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar 
tarkibi 
3. Asosiy vositalar kirimining hisobi 
4. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning 
buxgalteriya hisobi 
5. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib 
ketishining buxgalteriya hisobi 
6. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 
7. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari 
8. Nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi 
 
 
 


1. Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha 
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida yoxud 
xo’jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. 
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil 
etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko’rsatish uchun 
katta ahamiyatga ega. 
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: 
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch 
bo’lsa; 
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo’lsa, aktiv sifatida tan olinadi. 
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini 
belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida 
iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida 
olingan aktivga ega bo’lish, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq barcha haqlar 
unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega bo’lish bilan 
bog’liq barcha tavakkallikni o’z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani 
olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda 
ko’rishi va o’z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo’yicha aniqlikni taqazo 
etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga 
o’tgandagina mavjud bo’ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda 
muayyan yo’qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof 
etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya 
hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan 
almashtirish opera iiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar 
aktiv xo’jalik subyektining o’z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli 
baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani 
barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar 
asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: 
a) bir yildan ko’proq xizmat muddati; 
b) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari 
miqdoridan ko’proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun. 
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi 
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega. 
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam 
miqdorini belgilashda xo’jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona 
ko’lami hamda korxonaning xo’jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin. 


Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar asosiy 
vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo’yilgan: a) maxsus asmavzu va 
qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; I) 
kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-
dasturxonlari;) qurilish bo’yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritiladigan 
vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan 
almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. 
Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida 
markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o’laroq, asosiy vositalarning 
yangi obektlari paydo bo’ladi va hisobga olinadi. Ularga qono’n hujjatlariga muvofiq 
korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi. 
Yuqorida ko’rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning 
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish 
uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv 
jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi. Masalan, 
ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong’indan saqlash, 
ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar 
bino bilan birga bir inventar obyekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga 
biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, 
alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni bajarishga mo’ljallangan va 
o’zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida 
kompleksi ham o’z navbatida invetar obekti bo’lishi mumkin. Konstruktiv birikkan 
predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas
balki faqat o’z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va 
xususiyatga ega bo’lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir necha 
predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir 
nechta mustaqil obekti bo’lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida 
mustaqil inventar obekti sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, 
faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga m o’ljallangan ishlab chiqarish 
binosiga ega bo’lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan 
kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong’indan saqlash tizimi 
montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy 
vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling