Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


 Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sodikov S

 
6. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada 
ifodalangan asosiy vositalar obyektlarining boshlang’ich qiymati mazkur summani 
asosiy vositalarning alohida obyektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda 
taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Bu yerda, nazarda tutiladiki, agar xo’jalik 
yurituvchi subyekti buxgameriya hisobida alohida ilentifikatsiyalanaligan asosiy 
vositalarning bir necha obyektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday 
holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obyektining kirim 
qilinishi lozim bo’lgan qiymati, yani boshlang’ich qiymati sotib olingan asosiy 
vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obyektning bozor qiymati 
ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko’rib 
chiqamiz. 
4-misol. "Hamkor" MChJ 2006 yil 20 mayla "Operativ" AJdan mulkiy 
majmuani 250000 m.so’m bo’lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy 
majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli 
ichimliklarni quyish bo’yicha texnologik liniya. 2006 yil 25 mayda xarid bo’yicha 
barcha summa to’lab berildi. Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish, davlat boji to’lovi, 
brokerlik haqi bilan bog’liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan 
bevosita bog’liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan mulkni baholash 
bo’yicha sarflar jami 50000 m.so’mni tashkil etdi. Baholovchi kompaniyaning 


xulosasiga ko’ra asosiy vositalarning har bir obyekti quyidagi tarzda baholandi:
ishlab chiqarish binosi 160000 m.so’m, minorali inshoot 120000 m.so’m, 
texnologik liniya 80000 m.so’m. 
Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar 
obyektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining umumiy 
bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo’lali. Ular quyidagi 
ko’rinishga ega: 
Asosiy vositalar 
obyekti 
Bozor 
qiymati 
Bozor 
qiymatining 
ulushi 
Ulush hisob-
kitobi 
Ishlab chiqarish binosi 
160 000 
4/9 
160 000/360000 
Minorali inshoot 
120 000 
1/3 
120 000/360000 
Тexnologik liniya 
80 000 
2/9 
80 000/360 000 
Jami: 
360 000
Yuqorida keltirilgan mulkii majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish 
bilan bog’liq umumiy xarajatlar summasi 300 000 m.so’mga teng (250000+50000 
m.so’m) bo’lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir obyektning 
boshlang’ich qiymati quyidagi ko’rinishga ega: 
Asosiy vositalar obyekti 
Boshlatich 
qiymat 
Bozor kiymatining 
ulushi 
Hisob-kitob 
Ishlab chiqarish binosi 
133 000 
4/9 
(4/9x300 000) 
Minorali qurilma 
100 000 
1/3 
(1/Zx300000) 
Тexnologik liniya 
67 000 
2/9 
(2/9x300 000) 
JAMI: 
300 000 
"Hamkor" MChJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan 
bog’liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali: 
a) asosiy vositalar obyektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -
"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so’m, Kt 6010 -"Mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so’m. 
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to’lash: Dt 6010 - «Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti-250000 
m.so’m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so’m. 
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan 
bog’liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 
50000 m.so’m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so’m. 
g) xarid qilingan asosiy vositalar obyektlarini kirim qilish (foydalanishga 
topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish 
binosi" schyoti-133000 m.so’m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi 


moslamalar minorali inshoot" schyoti- 
100000 m.so’m, Dt 0130 - «Mashinalar 
va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so’m, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni 
sotib olish" schyoti -300000 m.so’m. 
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so’ng 
asosiy vositalarning qiymati, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur 
standartda belgilangan holatlardlan tashqari hollarda, o’zgartirilmasligi nazarda 
tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul qilingan 
asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga qo’shimcha qurilish, 
qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik qayta 
qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat 
etiladi. 
Qo’shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy 
vositalar obyektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va 
boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o’zgartirishlar natijasida kelib 
chiqadigan ishlar kiritiladi. Yani asosiy vositalar obyekti bilan bog’liq amalga 
oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy 
vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan meyorlarini sezilarli ravishda oshirish 
yoki asosiy vositalarning ushbu obyektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan 
xizmat qilish meyori jiddiy tarzda uzaytirish yo’li bilan ularning holatini yanada 
muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. 
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik 
iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq asosiy vositalarning mavjud 
obyektlari qayta o’zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, 
mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish 
maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha amalga oshiriladi. 
Тexnik qayta qurollanish deyilganda ilg’or texnika va texnologiyalarni joriy etish, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, manaviy jihatdan eskirgan 
va tabiiy ravishda yemirilgan uskunalarni o’ta unumdor yangilari bilan almashtirish 
va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha kompleks tadbirlar tushuniladi. 
Yuqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obyektini qo’shimcha qurish, 
qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta 
qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obyektining 
dastalabki qabul qilingan amal qilishi meyorining ko’rsatkichlarini oshishi sababli
ushbu xarajatlar mazkur obyektlarning boshlang’ich qiymatini oshiradi. 
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o’zgartirish mumkin bo’lgan 
keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta baholash 
deganda, asosiy vositalar obyektlarining qayti tiklash qiymatini bozor narxining 
hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish 


tushuniladi. Хo’jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati 
O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin. 
Bunday vaziyatda asosiy vositalar qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi 
va hisobotida joriy qiymati bo’yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son BHMSga 
muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga qadar bo’lgan 
holatga ko’ra amaldagi bozor narxlari bo’yicha qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, 
xabardor, bir-biriga bog’liq bo’lmagan tomonlar o’rtasida bitim tuzilgan holda 
aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan summa 
tushuniladi. 
Asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan 
holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to’plangan eskirish summasi asosiy 
vositalar boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o’zgarish indekslariga 
nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan qiymatdan 
kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo’yicha 
bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo’li bilan qayta baholanishi mumkin.
3[16][18]
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo’lsa, 
asosiy vositalar obyektining qo’shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali 
tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib 
boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek arzonlashishi 
ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyekti bahosining 
arzonlashgan qismi summasi ushbu obyekt bo’yicha oldingi hisobot davrlarida 
o’tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo’lgan qo’shimcha oshgan baho summasi 
miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash 
bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy vositalar obyekti bahosining 
arzonlashgan qismi summasining ushbu obekt bo’yicha qo’shimcha oshgan baho 
summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar" schyotiga olib 
boriladi. 
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo’lgan holatida o’tkazilgan asosiy vositalarni 
qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash 
natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga 
kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy hisobot 
malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi 
malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan to’g’ri 
kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo’yicha o’tkazilgan asosiy 
vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy davr uchun 
tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi. 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling