Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


 Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sodikov S

 
7. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari 
Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi tartiblarini 
qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy standarti 
hisoblanadi.
4[17][19]
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, 
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga 
olish, balans qiymatining boshqa o’zgarishlarni hisobga olish va ularning so’nggi 
bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash, 
shuningdek korxonaning moliyavii hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo’yicha 
axborotlarni ochib berishdan iborat. 
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning 
mulk obyektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish 
yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomila mamuriy va boshqa vazifalarni 
amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning Indentifikatsiya 
qilingan obyektlaridir. 
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo’jalik foydalanilgani va jismoniy 
mazmunga ega bo’lmaganini talab etadi. Jismoniy manoga ega bo’lmagan aktivlar, 
agar ularning egalik huquqini qo’shgan va ular uzoq muddat davomida 
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar. 
Shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. Agar: 

aktiv bilan bog’liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga 
kelishiga ishonch mavjud bo’lsa; 

aktiv qiymati aniq hisoblangan bo’lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida 
tan olinali. 
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo’lgan taqdirda nomoddiy aktiv 
bilan bog’liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin: 

kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko’payishi 
aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish 
borasidagi niyati isbotlansa; 

yetarli resurslar mavjud bo’lsa, yoki korxona kelgusida kutgan 
iqtisodiy foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi. 
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obyekt hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon berish 
shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat. Bir 
inventar obyekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi uning mahsulot ishlab 


chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish 
yoxud korxonaning mamuriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida foydalanishga 
xizmat qilishidan iborat, 
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo’lgan nomoddiy aktivlarning 
obyekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy 
aktivlarning tarkibida aks etadi. 
Yuqorida qayd etnlgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obyektlarni 
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin: 

ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik 
qiluvchining qat’iy huquqi; 

EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik yoki 
boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi; 

integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo’lgan mualliflik yoki 
boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi; 

tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy 
huquqi, shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi; 

patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug’iga bo’lgan qat’iy 
huquqi; 

gudvill; 

tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yani yerosti va tabiiy 
muhitning boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar 
singarilardan foydalanish huquqi; 

mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni yer uchastkasi, binolar va 
boshqalardan foydalanish huquqi; 

boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni 
bajarish va xizmat ko’rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish 
kabilarga bo’lgan huquq). 
Shu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat 
egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi 
shaxsga berilishi mumkin bo’lgan mulkiy huquqdir. 
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan olingan 
tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi 
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo’lgan malakasi va 
qobiliyati qo’shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o’z egalaridan ajralmaydigan 
xususiyat bo’lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin. 
Nomoddiy aktivlarning eng ko’p tarqalgan ko’rinishlari litsenziyalar, patentlar, 
mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import kvotalari, nouxau, 
franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va boshqalardir. Quyida 


nomoddiy aktivlarning subyektlar faoliyatida ko’proq uchraydigan ba’zi 
ko’rinishlarning tavsiflari keltiriladi. 
Patent — u yuridik tomondan ro’yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. 
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq 
etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab 
chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi. 
Sanoat dizaynini ro’yxatta olish. Sanoat dizaynini ro’yxatga olish patentning 
ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan 
qo’llanilishiga o’xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini ro’yxatga 
olish mahsulotning tashqi ko’rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer 
terminalining yangi dizayni dizaynni ro’yxatga olish tomonidan himoya qilinadi, 
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi. 
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy san’at 
kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik huquqi 
egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o’z ishlarini nashr qilish, qayta 
nashr qilish va ko’paytirish, o’z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro etish va 
yozish huquqi beriladi. 
Savlo markalari va savlo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", 
"Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot 
yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular 
egalik qilishni asoslash uchun ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. Bunday holatda 
mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar yuridik 
tomondan himoyalangan bo’ladi. 
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko’rinishdan juda 
yaxshi foydalanishga bo’lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan 
foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish huquqini olish uchun hukumat 
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish huquqini 
olish uchun xo’jalik subyektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi har bir 
shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz (foydalanish 
huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni 
oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi. 
Тashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar. 
Тashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro’yxatga olishga to’g’ridan-to’g’ri mansub 
bo’ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Тashkiliy 
xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda keltiradigan 
dalillar asos bo’lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy xarajatlarning barcha 
yig’indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan 
moliyaviy natijalarga kiritiladi. 


Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo’ladi: ular uzoq 
muddatli bo’nak to’lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin 
bo’lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi. 
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo’yicha tasniflanishi mumkin: 
egalik qilish tavsifi bo’yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar, 
patentlar, dasturiy ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan, 
tashkiliy xarajatlar va gudvill. 
Identifikatsiyalash bo’yicha: a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi 
nomoddiy aktivlar firmaning aktivlarilan alohila tenglashtirilishi mumkin, masalan, 
litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar; 
b) 
alohila identifikatsiyalanmayliganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar alohida 
identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning siymati firmaning boshqa 
aktivlari bilan o’zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning ishonchiga yoki 
xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil. 
 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling