Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


 Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sodikov S

5. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining 
buxgalteriya hisobi 
Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yo’li 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Joriy tamir — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish maqsadida 
amalga oshiriladigan tamirlashdir. O’rta ta’mirda tamirlanadigan agregatni qisman 


ajratib yig’ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga 
oshiriladi. 
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to’liq ajratib yig’ish, 
bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va 
uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va sinash amalga 
oshiriladigan tamirlashdir. 
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va 
uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini 
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi 
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga 
oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo’lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib 
boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari 
va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini o’tkazish bilan 
bog’liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga, 
mamuriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan 
asosiy vositalar obyektlari bo’yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib borilali. 
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo’jalik yurituvchi subyektlari 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash 
ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur 
zaxira bo’yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi 
tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital 
ta’mirlanishdan o’tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy 
baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo’yicha ajratmalar meyori 
har bir hisobot davri oxirida qayta ko’rib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy 
yil uchun ajratmalar hajmi ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital 
tamirlash uchun zaxira qilingan mablag’lar summasi mazkur obektning tamirlashiga 
ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa, ortiqcha summa tuzatib qo’yilishi kerak; 
agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag’lar summasidan oshib ketsa, unda 
ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks 
ettiriladi. 
Zaxiralarni hisoblash bo’yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va 
to’lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti 
bo’yicha aks ettiriladi. 
Zaxira qilingan mablag’lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat 
va to’lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari" schyotining debeti 
hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning 
kamayishiga olib boriladi. 


U yoki bu zaxira bo’yicha summalarni tashkil etilishi va undan foydalanishning 
to’g’riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o’xshaganlarning malumotlari bilan 
vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi. 
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar 
obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona 
balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; ta’sis 
ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoqmuddatli ijara shartnomasi bo’yicha 
berilganda; kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda; qatnashchilar tarkibidan 
qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi. 
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo’lgan bir necha 
mustaqil obyektlar bo’lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir 
obyektning almashtirilishi alohida inventar obyektining chiqib ketishi yoki xarid 
qilinishi sifatida hisobga olinadi. 
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang’ich qiymati 
va to’plangan amortizatsiyasi obyektning tugatilgan qismiga tegishli boshlang’ich 
qiymati va to’plangan amortizatsiya summasiga mos holda kamaytiriladi. 
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy 
vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning qoldiq 
qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq egri soliqlar va 
xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani 
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo’shimcha baholash 
summasining qoldig’i, ya’ni avvalgi qo’shimcha baholash summalarining asosiy 
vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan 
qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib, 
ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti 
bo’yicha zaxira kapitali kamayadi. 
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonuniga 
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini 
nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 
vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari bo’yicha esa 
besh yilda bir marta o’tkaziladi. 
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy 
standartiga muvofiq belgilangan tartibda o’tkaziladi.
2[14][16]
Korxonalarda mulklarni 
inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va 
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi 
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling