Mustaqil ishi mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1526342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sodikov S

 
10 Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan mos 
keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam aniqlashtirib 
borishdan iborat. 
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni aniq 
belgilash mumkin bo’lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi 
hujjatlar asosida to’g’ridan-to’g’ri qayta hisoblash yo’li bilan amalga oshirishi 
mumkin. 
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq 
qilmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor bo’lgan 
hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub bir turdagi 
nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo’yicha buxgalteriya 
hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo’yicha 
faol bozor narxi asosida aniqlash mo’mkin. Agar qayta baholanayotgan nomoddiy 
aktivlar guruhidan bo’lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga faol bozor 
bo’lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to’plangan amortizatsiya 
chiqarib tashlanib uning boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga olinishi kerak. 
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol 
bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning 
balans qiymati to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor 
ma’lumotlari asosida so’nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo’lishi 
kerak. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida 
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko’ra quyidagilardan foydalanish mumkin: 
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan 
yozma shaklda olingan o’xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to’g’risidagi 
malumotlar; 
b) qayta baholash o’tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi 
Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini 


qo’llash bilan erkin muomaladagi valutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat 
bo’lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar; 
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va 
boshqalarda e’lon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar; 
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi. 
Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta 
baholash o’tkazilgan kundagi to’plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning 
boshlang’ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi 
qayta baholangan qiymatidan o’tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy 
aktivning joriy qiymrtini uning boshlang’ich qiymatiga bo’lish orqali aniqlanadi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo’shimcha baholash summasi 
"Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali 
tarkibiga kiritiladi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi 
oldingi hisobotdavrida o’tkazilgan mazkur obyektning baholashdan avvalgi summasi 
doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira 
kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obyektni qo’shimcha baholash summasining 
uning kamaytirilgan summasidan ortig’i boshqa operaiion xarajatlarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta 
baholash o’tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo’lgan uning balans 
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko’payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar» 
schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti. 
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans 
qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" 
schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti. 
Mazkur nomoddiy aktiv bo’yicha avvalgi qayta baholashdagi ko’payishdan 
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion 
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi. 
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining 
ko’payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti. 
g) nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 0500 
«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-
mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling