Mavzu: Ohakning qotishida sodir bo‘ladigan jarayonlar


Download 0.79 Mb.
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1378757
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar tеxnologiyasini loyiha

Ohak xamiri
Ohak xamirini quyidagi texnologik sxema bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish uzlukli va uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik ohak so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat: elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda ichki silindrda suv 45-500S isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv tavsiya etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga aylanadi. Yaxshi tindirilgan ohak xamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi 1400 kg/m3 oraliqda bo‘ladi.


Ohakni ishlab chiqarishda mexnatni muxofaza qilish
Ohak ishlab chiqarish korxonalarida avvalo hamma sexlarda havo tozalovchi moslamalar doimiy ravishda ishlab turishi kerak. Sexlarda CO2 konsentratsiyasi 0,03 m2-m3 dan ohak changi 0,04 m2-m3 dan oshmasligi lozim. Kuydirish asbob uskunalar olovdan issiqlikdan himoya qiluvchi moslama bilan ta’minlanishi kerak.


Ohakning qotishi, xossalari va ishlatilishi. Gidravlik ohak tarkibidagi kalsiy oksidi aslida havoda qotadigan ohakning o‘zginasi. Shuning uchun ham ana shu komponent qotayotganida sodir bo‘ladigan jarayonlar havoda qotadigan ohak qotayotganda ro‘y beradigan jarayonlarga o‘xshaydi. Suv bo‘lganida kalsiy oksidi Ca(OH)2 gacha gidratlanadi. Ohak xamiridagi suvning bug‘lanishi Ca(OH)2 ning kristallanishiga va qorishma yoki betonning sekin-asta mustahkamlanishiga yordam beradi. Ca(OH)2 karbonlanishi natijasida yanada mustahkamlana beradi. Qorishma yuzasida kalsiy karbonatning hosil bo‘lishi ohak buyumlar mustahkamligi va suvga chidamliligini birmuncha oshiradi.
Ohakning ikkinchi komponenti-gidravlik moddalar (kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari) o‘zgacha qotadi . Kalsiy silikat, alyuminat va ferritlari suv bilan o‘zaro ta’sir etishganida tegishli moddalarning gidratlarini hosil qilgan holda gidratatsiyalanadi: 2CaOSiO2nH2O; CaOAl2O3nH2O va 2CaOFe2O3nH2O. Gidratlar kolloid, yopishok ko‘rinishda va shu bilan birga plastik massa holida hosil bo‘ladi. Ohak xamir suvi bug‘lananadi yoki gidratatsiyalanadigan moddalar shimganida kolloid massalar koagulyasiyalanadi. Kolloid massalarning yanada mustahkamlanishi ularning kristallanishiga bog‘liq.
Gidravlik ohak qotayotganda avvalo havoda qotish, so‘ngra gidravlik qotish jarayonlari ro‘y beradi. Shu sababli, gidravlik ohak qotishi uchun avvaliga quruqhavo sharoitlari, so‘ngra (kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari gidratatsiyalanishi uchun) nam sharoitlar yaratish talab qilinadi. Ohak tarkibida gidravlik moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa qotishining birinchi davri (quruq-Ohaktosh yoki magnezial mergellarning erib, bir-biriga yopishib qolmaydigan darajada pishganini mayda tuyish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot romansement deyiladi. Bunday bog‘lovchi ishlab chikarish uchun ohaktosh va gilning sun’iy aralashmasidan foydalansa ham bo‘ladi. Tishlashish muddatini keragicha o‘zgartirish uchun romansementga 5% gacha gips, shuningdek 15% gacha gidravlik qo‘shilmalar qo‘shib tuyishga ruxsat etiladi. Shunda sementning suvga chidamliligi yanada oshadi .yoki iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘ladi).
Kalsiy karbonat va gilning tabiiy aralashmasidan iborat bo‘lgan mergellarda gildan 25-60% gacha bo‘lishi mumkin. Romansement ishlab chiqarish uchun esa tarkibidagi gil aralashma 25-30% ga boradigan mergellar ishlatgan yaxshi.
Gidravlik ohak ishlab chikarish uchun 20% gacha gil bo‘lgan ohaktoshlar ishlatilishini, hosil bo‘lgan mahsulotning gidravlik moduli esa 1,7-9 ga teng ekanligini eslasak, u holda romansementning gidravlik moduli 1,7 dan kam bo‘lmaydi. Darhaqiqat, u odatda 1,1-1,7 atrofida bo‘ladi. Demak. gil aralashmalar kuydirish vaqtida hosil bo‘lgan CaO ning batamom bog‘lay oladigan miqdorda, yoki CaO ni kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari holida bog‘lash uchun kerak bo‘ladiganidan ortiqroq miqdorda bo‘ladi. Gidravlik modul 1,3 yoki undan kam bo‘lganida gil aralashmalar ohak bilan bog‘lanmagan, erkin holicha qoladi.
Shunday qilib, gidravlik ohakdan farqli o‘laroq romansementda erkin CaO bo‘lmasligi kerak. Romansementdagi butun ohak gidravlik qota oladigan moddalar, ya’ni kalsiy silikatlari (2CaOSiO2), kalsiy alyuminatlari (CaOAl2O3 va 5CaO3Al2O3) va kalsiy ferritlari (2SaO Fe2O3) holida bog‘langan.
Erkin kalsiy oksidi yo‘qligi va tarkibida talaygina gidravlik moddalar mavjudligi jihatidan romansement gidravlik ohakdan tubdan farqqiladi: romansement so‘nmaydi, lekin undan ishlangan qorishma va betonlar ancha mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi.

Adabiyotlar
1. Д.М.Горловский, Л.Н.Альтшутер, В.И.Кучерявий. Технология карбамида. Л.: Химия. 1989
2. Г.Л.Рабинович . Технология мочевины и удобрений на ее основе. М.: ВИНИТИ. 1987
3. Кувшинников И.М. Минералныэ удобрения и соли. Свойства и способы их улучшения. М.: Химия, 1987, 256 с


www.wikipediya.ru
www.ximik.ru
www.chemsnab.ru
www.wikimapia.uk
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling