Mavzu: Ohakning qotishida sodir bo‘ladigan jarayonlar


Xom ashyo maxsulotlari olinishi


Download 0.79 Mb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1378757
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar tеxnologiyasini loyiha

Xom ashyo maxsulotlari olinishi
Havoda qotuvchi ohak ishlab chiqarishda tarkibida asosan CaCO3 bo’lgan hamma tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Ohakni nazariy tarkibi 56% CaO va 44% CO2 dan iborat. Ko’pincha zich ohaktosh va bo’r ishlatiladi. Ohaktoshlar ko’pchilik hududlarida uchraganligi uchun bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Ohak ishlab chiqarish texnologik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so’ndirishdan iborat.
Ohaktosh kuydirish
Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog’ jinslarini 900-12000C da kuydirish yo’li bilan CO2 ni mumkin qadar to’liq ajralib chiqishi CaCO  CaO - CO2 reaksiyasi asosida va keyinchalik bo’lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Ohaktoshni shaxta pechlarida (bo’laklar o’lchami 20-80 mm) va aylanma pechlarda (5-40 mm) shuningdek «qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. CaCO3 ning termik parchalanish 900 0C da boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo’laklar o’lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog’liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 – 1200 0C ga teng.
Kuydirish natijasida hosil bo’lgan ohak (qaynama) hajmi nazariy jihatdan olingan ohaktosh 2 marotaba kam. Xaqiqatdan ham u hammasi bo’lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil bo’lgan qaynama o’ta g’ovakligini ko’rsatadi.
Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo’linish vaqti ohakning g’ovakliligiga, hajm birligidagi og’irligiga, katta ta’sir qiladi. Harorat oshishi bilan kuydirish tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi.
Ko’pincha ohaktosh shaxta pechlarida kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi. Xar qanday qattiq, suyuq va gaz holatidagi yonilg’ida ishlashi mumkin.
Shaxtali pechlar – bu vertikal shaxta ko’rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi kesimli ish bajarish joyi bo’lgan pech shaxtali pech deb ataladi (3.1-rasm). Shaxtali pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun qo’llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg’ilarda ishlaydi.
Qattiq yonilg’i xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yonilg’ilar pechning pastki qismidan pechga kiritiladi.
Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi.
Yukni ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi.
Xom ashyo va qattiq yonilg’i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yonilg’ini uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o’rnatiladi.

3.1 – rasm. Shaxta pechining umumiy ko’rinishi
a) qattiq yonilgida ishlaydigan shaxta pechi
b) gazsimon yonilgida ishlaydigan shaxta pechi
Xom ashyo yuqoridan pastga tushish mobaynida quyib, tayyor maxsulotga aylanadi va pechning pastki qismidan tushirib olinadi.
Pechning ishlash jarayonida xom-ashyo bunker 5-dan cho’michli ko’targich 6 ga uzatiladi va chir (lebedka) yordamida pechning yuqori qismigacha ko’tariladi, u erdan yuk ortish qurilmasi 3-ga tushadi. Shaxtaning yuqori qismida yuk ortuvchi qurilmaning ramasi joylashgan.
Yuk ortuvchi qurilma pechning germetikligini va pechning hamma kesimi bo’ylab materialni teng taqsimlanishini ta’minlashi kerak.
Shaxta pechiga yuqoridan ohaktosh qavat-qavat qilib va qisqa alangali qattiq yoqilg’i solinadi. Pech bo’y baravariga shartli uch zonaga bo’linadi: isitish, kuydirish, sovutish. Pechning pastki qismida sovutish zonasiga kuydirilgan ohak to’kiladi. Pastdan berilgan havo ohak bo’laklarining issig’i hisobiga qiziydi va tepaga ko’tarilib kuydirish zonasiga uchraydi. Ushbu zonaning harorati 1200 0C ga boradi. Bu erda yonilg’i yonishi natijasida kalsiy karbonat parchalanib CaO va CO2 hosil bo’ladi. Issiq gazlar ventilyator orqali yuqoriga surilib modda va yonilg’ining yuqori qavatlari isitiladi. Isitish zonasida ohaktosh quritiladi va tarkibidagi organik aralashmalar kuyadi. Tayyor bo’lgan maxsulotlar saqlanadigan omborga jo’natiladi.
3.2-rasmda Soyuzgazprom tomonidan yaratilgan gazsimon yonilg’ida ishlovchi sutkasiga 200 tonna ohak etishtiruvchi shaxtali pech tasvirlangan.
Aylanma pechlarda o’ta yuqori navli kuydirilgan ohak olinadi, bunda mayda bo’lakchalar hamda oqimga qarshi prinsipidan foydalaniladi, lekin yonilg’i ko’p sarf bo’ladi. Shaxtali va aylanma pechlardan tashqari ohakni “Qaynayotgan qatlam” kuydirish uchun unumdorligi yuqori bo’lgan asboblar ishlatiladi. “Qaynayotgan qatlam” issiqlik rejimi bo’yicha kuydirish shaxta pechlarida kuydirishga o’xshaydi. Tuyilgan ohaktosh yuklaydigan moslama orqali pechning tepa qismi 5 zonaga bo’lingan havo o’tkazuvchi teshiklari bor. Ventilyator bilan yuqori zona orqali surilgan havo ohaktosh qavatini havoga to’yintiradi. To’yingan ohaktosh to’kuvchi quvurlar orqali bir zonadan boshqa, zonaga o’tayotgan tezlik bilan issiqlik almashadi va parchalanadi. Bo’lakli ohak ishlatilishidan oldin tuyilishi yoki so’ndirilishi kerak. Ohakni quvurli tegirmonlarda yopiq siklda maydalanadi. Uni aktiv mineral qo’shimchalar bilan birga (domna, yoqilgi shlaklari, kul va h.k.) solishtirma yuzasi 3500-5500 sm2.g gacha maydalanadi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling