Mavzu: Ohangaron daryosining yotqiziqlari


Download 43.51 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi43.51 Kb.
#1847903
Bog'liq
ohangaron


.
MAVZU: Ohangaron daryosining yotqiziqlari
Reja
1 Ohangaron daryosining yotqiziqlari
2 Ohangaron daryosining irmog’lari
3 Gidroenergetik salohiyati
4 Daryo vodiysi
5 Xulosa

C Gidroenergetik salohiyatihatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib tushuvchi Oqtoshsoy va O'rtaliqsoy soylarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 236 km (Oqtoshsoyning bo Ohangaron daryosining shlanish yeridan)[1], havzasining maydoni 7710 km². Manbai — 2710 m balandlikka ega boʻlsa, mansabi — 260 m dir.
Chovlisoy quyilgan yerdan Turk qishlogʻiga qadar daryo Ohangaron platosini kesib oʻtgan tor daradan oqadi. Daraning chuqurligi 250 m (daryoning bosh qismida). Yakkaarchasoy quyilgan joyida 800 m. Daryo vodiysi juda tor. Turk qishlogʻiga qadar daryoning nishabi katta. Shu joydan vodiy keskin kengayadi, Obliq qishlogʻi yaqinida uning kengligi 700 m, Ohangaron shahri yaqinida 4-5 km. Vodiy yon bagʻirlari yotiq, soylik va jarliklar uchraydi. Obliq qishlogʻidan quyida allyuvial koʻhna qayir (terrassa)lar mavjud.
Ohangaron shahridan oʻtgach, daryo kengligi 8 km li vodiyda oqa boshlaydi. Ohangaron daryosi qor va yomgʻirdan toʻyinadi[1]. Aprel—iyunda suvi koʻpayadi, eng koʻp suv sarfi may oyida, suvining 51% shu oylarda oqadi. Oʻrtacha suvi sarfi Turk qishlogʻi yonida 22,8 m³/sek, oʻrtacha yillik suv sarfi 400 m³/sek.
Ohangaron suvlaridan kanallar orqali Toshkent viloyatining Ohangaron, Oʻrtachirchiq, Pskent va Boʻka tumanlaridagi yerlarni sugʻorishda foydalaniladi.
Daryo boʻyida joylashgan eng yirik aholi punktlari Angren va Ohangaron shaharlaridir. Sirdaryoga tutashgan joyda hozirda qoldiqlari saqlanib qolgan katta qadimiy Binkat shahri joylashgan.
Daryo vodiysi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yuqori va oʻrta oqimida Angren platosi boʻylab chuqur darada oqadi. Yuqori oqimida Ohangaron darasining chuqurligi 400 metrdan oshmaydigan plato va kengligi 100 metrgacha boʻlgan sel tekisligidan iborat boʻlib, daryo boʻylab hatto joylarda burmalar hosil qiladi. Ohangaron darasi pastida Yakkaarchasoy yaqinida chuqurligi 800 metrga yetadigan tipik dara shaklini oladi.
Ohangaron vodiysi boʻylama profilning botiq shakli bilan ajralib turadi. Arashonning qoʻshilish joyida ikkinch qismidan koʻp miqdorda qoʻpol donli materiallarning kirib kelishi kanalning toʻsilishiga va qiyalikning mahalliy ortishiga olib keladi.
Oʻrta oqimda daryo tubi allyuviy tuproqlardan hosil boʻlib, nisbatan yumshoq nishablikka ega. Ohangaron shahridan pastroqda daryo keng vodiydan oqib oʻtadi va uzunligi 8 kilometrga yetadi.
Ohangaron daryosining irmogʻi juda koʻp, yiriklari: Boqsuqsoy, Tuganboshsoy, ShovvozsoyArashonYertoshsoy, Toshsoy, DukantsoyQorabovsoy, Oqchasoy, Novgarzonsoy, Jigiristonsoy, Qayragʻochsoy, Beshsoy, NishboshsoyObjazsoyGushsoyErtoshsoySovuqbuloq.
Quyi oqimida Shamalak GESi yaqinida Qorasuv kanali daryoga quyiladi va suvining bir qismini Chirchiq daryosidan oladi. 1962-yilda Ohangaron daryosining quyi oqimida „Toshkent dengizi“ deb nom olgan Toshkent suv ombori, 1989-yilda Ohangaron suv ombori qurilgan. Daryodan Tanachibuqa va Yordon kanallari chiqarilgan[2].
Gidroenergetik salohiyati

Bugungi kunda dunyoda ichimlik suvi tanqisligi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ichimlik suvining asosiy zahirasi yerosti suvlariga to‘g‘ri keladi. Biroq aynan ichimlik suvi sanoat texnologiyalarida texnologik suv sifatida ishlab chiqarishga jalb etilmoqda. Jahonda bugungi kunda 25 million tonnadan ortiq mis ishlab chiqariladi. Uning uchun milliardlab tonna ruda qazib olinadi va u qayta ishlanadi.


Faqat Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2021-yili 35 mln tonna ruda qazib olindi va flotatsiya usulida maydalanib boyitildi. Bu jarayonda har bir tonna rudaga o‘rtacha 4.5-5.0 metr kub suv, jami yiliga 160 million metr kub suv kerak bo‘ladi. 2027-yilga borib faqat Olmaliq KMK unumdorligi 3 barobar oshib, yiliga 100 million tonna rudani qayta ishlashiga to‘g‘ri keladi. Demak bu davrga kelib o‘rtacha 480 million metr kub suv yiliga faqat Olmaliq KMK uchun kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida ichimlik va sug‘oriladigan suv tanqisligi barchamizga ma’lum. Shunday ekan yerosti va yerusti suvlaridan unumli foydalanish, yerosti suvlarini izlab topish kerak bo‘lsa, tog‘ yon bag‘ri yer osti suvlaridan unumli foydalanish nafaqat hozirgi kunning, balki yaqin kelajakning ham eng dolzarb masalalaridan bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, O‘rta Osiyodagi eng yirik Qalmoqqir koni yon bag‘ridagi yerosti suvlari turli kon yoriqlarining va ko‘chkilarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Aynan ana shunday kon yerosti suvlaridan unumli foydalanish, ularni sanoatga qo‘llash borasida juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan.
Ohangaron daryosi havzasi O‘zbekistonda sanoati rivojlangan regionlar qatoriga kiradi va Angren, Olmaliq hamda Ohangaron shaharlari va undan tashqari Angren ko‘mir koni, Yangi Angren IES va Olmaliq KMK ning mavjudligi Ohangaron daryosi havzasining yer osti suvlari shakllanishida zahirasi, suv sifati va undan foydalanish masalalarini tadqiq qilish muhimligini yana bir bor taqozo qiladi.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari amaliyotida yer osti suvlari rejimi o‘zgarishini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish gidrogeologiya sohasining asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu jumladan, yerosti suvlarining rejimi buzilishi ko‘pchilik mamlakatlarning birinchi darajali muammolaridan biri hisoblanadi. Jahonning ko‘pgina davlatlarida suv sathini boshqarish tizimi va ularni takomillashtirish bo‘yicha muayyan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Yer yuzida har bir hududning gidrogeologik sharoiti va yerosti suvlarining rejimi turlicha bo‘lganligi sababli ularga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlash, baholash hamda ilmiy asoslash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega.
Olmaliq KMK O‘zbekiston Respublikasining yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lib, bundan tashqari u eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ruda ochiq usulda qazib olinadi, keyin bu rudalar bo‘linib, maydalanadi va flotatsiya usuli bilan boyitiladi. Maydalanish jarayoni suvli eritmada amalga oshiriladi. Keyin eritma to‘liq suvli muhitda oqadigan boyitishga yo‘l oladi. Yiliga o‘rtacha 35 million tonnadan ortiq ruda boyitish fabrikalarida flotatsiya usuli bilan qayta ishlanadi, kombinatning o‘rtacha bir soatlik suv sarfi -21000 m³/s ni tashkil etadi.
Olmaliq-Ohangaron sanoat zonasi boy mineral-xomashyo bazasiga ega, ammo suv resurslariga kambag‘al.
Sanoat hududidagi suv resurslari Ohangaron daryosi va irmoqlarining yerusti va yerosti suvlari oqimlari bilan ifodalanadi. Ohangaron daryosi havzasida muzliklar yo‘q, shuning uchun yerosti suvlari hosil bo‘lishining asosiy omili bo‘lgan daryo oqimi ko‘p jihatdan yilning namgarchilik darajasiga bog‘liq. 10 yil ichida kam suvli yillarning takrorlanish darajasi (P > 50%) - 4-5 marta.
Ohangaron daryosining tog‘ oralig‘idagi vodiysida, yuqori antropogen davri allyuvial yotqiziqlari va suvni yaxshi o‘tkazuvchi qatlamlar bilan chegaralangan zonada yerosti suvlarining katta miqdordagi zahiralari hosil bo‘lgan. Vodiyning Turk qishlog‘idan Sirdaryogacha bo‘lgan qismida yerosti suv manbalari mavjud. Suv qatlamlarining qalinligi vodiy bo‘ylab 10 m dan 120 m gacha o‘zgarib turadi.
Yerosti suvlari zahiralari, yerusti oqimi va yon tomonlama shimilish bilan to‘yinadi. Ular yer yuzasiga sizib chiqish va bug‘lanish bilan sarf bo‘ladi.
Mintaqaning iqlimiy xususiyatlari ham yerosti suvlari rejimiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir. 2020 yil yanvar-may oylarida yog‘ingarchilikning yillik darajasi bir necha bor oshdi. Dengiz sathidan 942 metr balandlikda joylashgan Angren meteorologik postining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil uchun yillik yog‘ingarchilik miqdori 580,3 mm ni tashkil etdi, bu o‘rtacha uzoq muddatli me’yorning (495,8 mm) 115,8 % ni tashkil etadi.
Ohangaron daryosi havzasida 2019-yil oktabr va 2020-yil mart oylarida yog‘ingarchilik miqdori 435 mm, ya’ni me’yorning 124,8% i. Pastki zonalarda qorning nisbatan yuqori darajada eriganligi sababi shundaki, mart oyida Qurama va Chotqol tizmalarida havo harorati me’yordan 3-5°S ga yuqori bo‘lgan. Bizning o‘lchovlarimiz va tadqiqotlarimizga ko‘ra, havo harorati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: o‘rtacha yillik harorat 17,5°S, me’yor 16,9°S (2018-2019 yillarda havo harorati yozda 46°S ga yetgan), eng sovuq 2018 va 2019 yil fevral oylari bo‘lgan va o‘rtacha oylik harorat 2,6-3,5°S. Norma 1,6°S bo‘lgan, eng issiq iyul va avgust (20 avgustgacha) va o‘rtacha oylik havo harorati 31,5°S va 26,1° S (2019.). Havoning o‘rtacha yillik nisbiy namligi -54%, havoning eng yuqori namligi 76%, eng pasti iyulda -29% kuzatilgan.
“Qalmoqqir” va “Yoshlik I” qo‘shma konlari Toshkent viloyatining Pskent tumanida, Olmaliq shahriga yaqin joyda, Qurama tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘rida joylashgan. Ma’muriy jihatdan kon hududi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatining Pskent tumaniga tegishli.
“Qalmoqqir” va “Yoshlik I” qo‘shma konlari “Olmaliq KMK” AJ yer uchastkasida joylashgan.
Kon hududining relefi tog‘oldi, biroz tepalikli. Kon qiyaliklarining tikkaligi 10° dan 26° gacha. Kon hududida mutlaq balandliklar 540-820 m oralig‘ida o‘zgarib turadi, janubiy chiqindixona hududida ular 1000 m ga yetadi.
Kon maydoni qulay geografik va iqtisodiy sharoitlarda, qayta ishlash va metallurgiya sanoati rivojlangan sanoat hududida joylashgan.
Ichimlik va maishiy ichimlik suvi manbalari yerusti oqimlari va Ohangaron daryo vodiysining yerosti suvlari hisoblanadi, ushbu suvlar Olmaliq shahrining barcha sanoat korxonalari va aholisining suvga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi.
Maishiy ichimlik suvi ta’minotini tashkil etish uchun Olmaliq shahridagi “Suvoqova” MChJ tizimidan va Kerauchi suv olish inshootidan foydalaniladi. Sanoat suv ta’minoti manbalari 65 quduqli guruh va bir quduqli suv olish punktlari hisoblanadi.
“Yoshlik I” koni janubi-sharqdan Qalmoqqir koniga tutashgan bo‘lib, 1954 yildan beri ochiq karerda qazib olinmoqda. Konning shimoli-sharqida qurib qolgan Qo‘rg‘oshinkon kareri (qo‘rg‘oshin-rux rudalari) joylashgan. G‘arbdan kon Qalmoqqir karerining Olmaliqsoy ustki qatlamlari bilan chegaralangan.
Karer hududiga suv bosgan Ko‘rg‘oshinkon karerining yaqinligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlarni o‘rganish va oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni tashkil etishni taklif qiladi.
“Yoshlik 2” koni Qalmoqqir kareriga yaqin joylashgan bo‘lib, 2017-yildan buyon konni ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu ikki . “Yoshlik 2” va “Qalmoqqir” karerlarining bir-biriga yaqin joylashuvini inobatga olgan xolda, kelajakda ularning ochiq konlarini ishlatish jarayonida karerlar muqarrar ravishda birlashishi kutilmoqda.
“Olmaliq KMK” AJ konlarida uchta suv olish inshooti mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi texnik suv ta’minoti uchun, bittasi “Suvoqova” Olmaliq shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Olmaliq shaxridagi suv quduqlarining umumiy soni 53 ta bo‘lib, o‘rtacha 23 ta quduq ishlamoqda, 29 tasi zaxira rejimida bo‘lib, shundan 20 tasi “Olmaliq KMK” AJ uchun mo‘ljallangan.
Qoraxitoy uchastkasida ikki guruh suv olish inshooti mavjud. Suv quduqlarining umumiy soni 30 ta bo‘lib, ulardan 18 tasi ishlamoqda, 12 tasi esa zaxira holatda.
Kachar uchastkasida bitta chiziqli suv olish inshooti mavjud bo‘lib, u 13 ta nasos quduqlaridan iborat, ularning barchasi ishlaydi.
Suv olish inshootlaridan tashqari, Ohangaron daryosi vodiysi bo‘ylab 1-chiqindixonaning janubi-g‘arbidagi ifloslangan suv oqimlarini ushlab turish uchun bir qator nasos quduqlari joylashgan. Qo‘shimcha suv olish quduqlari 1-Mis boyitish fabrikasi va 2-Mis boyitish fabrikasi hududidagi qayta ishlash korxonalari hududida ham joylashgan. Qalmoqqir karerining suv to‘plash uchastkasidan chiqarilgan suv texnologik suv ta’minoti o‘rnini to‘ldiradi.
3-Mis boyitish fabrikasiga suv ta’minoti mavjud Qoraxitoy suv olish inshootidan, Aqchasoydan va Yangi Kultepa uchastkasidan amalga oshiriladi. Mavjud ikkita suv olish inshooti, mavjud suv ta’minoti tizimidan ancha uzoqda joylashgan. Suv olishni ta’minlash uchun 83 ta yangi quduq o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ushbu ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki kelajakda Ohangaron daryosi havzasi hududida tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, eksportbop maxsulotlar sonini va sifatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish hajmini bir necha barobar oshirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Ammo suv resurslaridan samarali foydalanish ham muhim vazifadir. Shunday ekan hududda gidrogeologik qidiruv ishlarini jonlantirish, yangi-yangi yer usti va yer osti suv manbaalarini aniqlash, ularni foydalanish uchun jalb qilish, mavjudlaridan oqilona foydalanish ham muhimdir.
Download 43.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling