1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sifati
Download 0.97 Mb.
|
7. Quduqlarni tadqiqot qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari.
Qаrshi Muhаndislik Iqtisоdiyot Instituti “NEFT VA GAZ” FAKULTETI «Neft va gaz quduqlarini ta’mirlash jihoz va uskunalari» fanidan Neft va gaz konlarini ishlatish to`g`risida asosiy ma`lumotlar. mavzusida ma’ruza 1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari.2. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sifati.3. Kompleks kon-geofizik qidiruv natijalarini interpretatsiya (ishlov berish) qilish.REJA Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari. Quduqlarni geofizik tadqiqot qilish. Quduqlarni geofizik tadqiq qilish quyidagi karotaj usullarini o‘z ichiga oladi: -elektro karotaj; -radioaktiv karotaj; -akustik karotaj; -va boshqa bir qator tadqiqotlar; Shuningdek geofizik ishlar qatoriga yana: - quduq ichida olib boriladigan otish-portlatish ishlari; -yonlama gruntonoslar yordamida kern (namuna) olish; -kabelga osilgan namuna olgichlar yordamida yangi quduqlarni sinash. ELEKTRIK KAROTAJLAR Elektrik karotaj tog‘ jinslarini ikki asosiy xususiyatini o‘lchash hisobiga amalga oshiriladi: -tog‘ jinslarini o‘z-o‘zidan polyarizatsiyalash potensiallari va paydo bo‘ladigan solishtirma qarshilikni aniqlash hisobiga. O‘z-o‘zidan polyarizatsiyalash usuli (PS) - quduq ichidagi mineralizatsiyali ikki suyuqlikni bir-biri bilan uchrashuvida yuzaga keladigan elektr maydonining paydo bo‘lish jarayoniga bog‘liqdir. Odatda quduqni burg‘ulash eritmasining minerallashuvi, qatlam suvlari minerallishuvidan farq qiladi. Ikki eritmani uchrashuvida osmatik bosim ta’sirida ionlar harakati yuzaga keladi va bu konsentratsiyani tenglashtirishga intiladi (diffuziya). Turli xil ionlarni tezliklari har xil bo‘lgani uchun, ikki xil eritmani qo‘shilishida har xil elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Tog‘ jinslarini o‘z-o‘zidan polyarizatsiyalash potensiallari quduq ichidan sizib kelayotgan kapillyar suvlarini oksidlanish va tiklanish jarayoni natijasida ham sodir bo‘ladi. Lekin bu yerda asosiy o‘rinni diffuziya va adsorbsiya jarayonlari egallaydi. PS kattaligini qayd etish uchun ikki elektrodli tarh (sxema)dan foydalaniladi. Bitta elektrod quduqni ustki qismiga mahkamlanadi, ikkinchisi (o‘lchovchi elektrod) esa quduq ichi bo‘ylab harakatlantiriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling