Mavzu: Oila budjeti Reja
REJASI BORNING - ERTASI BOR
Download 21.53 Kb.
|
oila budjeti
REJASI BORNING - ERTASI BOR
Yosh do‘stim, o‘z kasbingni va faningni qancha sevsang, kundalik faoliyating uchun qat’iy tartib tuz va unga og‘ishmay amal qil. Vaqting isrof bo‘lishinga aslo yo‘l qo‘yma. Bilimdonliging, hosil etadigan ko‘nikma va malakalaring ham o‘qish va mehnat jarayonida paydo bo‘ladigan hosiladir. Kishining fan asoslarini, hayotini, ayniqsa, odamlaming mehnatini hurmat qilish vaqtning, umming qadrini anglay bilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Vaqtning qadrini bilmagan kishi esa fan sehri bilan yashovchi, haqiqiy ilm shaydosi bo‘lolmaydi. Odam iste’dodining rivoj-lanishi uning o‘z tasavvuridagi vaqt sarmoyasidan oqilona, tejamkorlik bilan foydalana bilishga bog‘hq. Sen buyuk fan sohiblari va mehnat qahramonlarining, shon-shuhrat qozongan va qozonayotgan aziz insonlaming hayotlariga chiqur nazar solsang, ular o‘z umrlarining har bir daqiqasidan nihoyatda tejamkorlik bilan foydalanayotganliklariga ishonch hosil qilasan. Isrofgarchilikning hamma turlari ham yomon, ammo ular ichida hammasidan yomoni umr isrofgarchiligidir. Yo‘qolgan javohir yana topilishi mumkin, ammo zoe ketgan umr qaytib kelmaydi. Vaqt sening ixtiyoringdan tashqarida kechsa-da, lekin undan unumli foydalanish sening ixtiyoringda.Ma’lumki, hech kim ikki marta yashamaydi, lekin bir arta beriladigan aziz umming qadriga yetib, to‘g‘ri, halol va pok yashay bilish png ulug‘ fazilatdir. Afsuski, ba’zilar yoshlikda umming qadrini bilmaydilar va buni qarigan chog‘idagina payqab, o‘kinadilar, xalq tili bilan aytganda, «So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman». Yosh do‘stim, bekorchilik yomon, uning hosili esa undan ham yomon.Vaqtni tejashda oynayi jahonni maqsadli va tartibli ko‘rish ham muhimdir. 0 ‘rinli tomosha qilinsa, oynayi jahon katta ma’naviy ozuqa beradi. Lekin ba’zilar bir rejasiz yoshlar oynayi jahon qoshida kecha-kunduz naq yotib oladilar. Ular nimani, qachon va qancha vaqt, qanday tomosha qilishni bilmaydilar. To‘g‘ri kelganni ko‘raveradilar. Afsuski, ko‘pdan buyon nafosat manbayiga aylangan oynayi jahon bunday kishilar uchun vaqt kushandasi bo‘lib qoladi.Aziz do‘stim, har oqshom o‘tgan kuningni yakunlashga odatlan, bugun sen g‘animat vaqtingdan qanday foydalanganingni, ertaga nima qilishing kerakligini o‘yla. Shunday ekan, aslo bugungi ishni ertaga qo‘yma, chunki ertagi kunning ham o‘z vazifasi bor.Dars mashg‘uloting muntazam tartibda bo‘lishiga erish. Mashg‘ulot jarayonida hamrohingga halal berma. O'quv zalida tinchlik va tartib saqla. Yotoqxonadagi davlat mulkini ko‘z qorachig'idek asra. Olquv kitoblari, yotoqxonadagi buyumlar sendan keyingi avlod uchun ham kerakligini unutma. Xonangda sengacha yashab o‘tgan kishilaming hayotini, yaxshi an’analarini o'igan va ularga tadqiq qil..Do'stim, mehmon qabul qilish odobiga rioya qil. Kimni, qachon va qanday sharoitda chaqirishni bil. Bu borada o'quv yurtida belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalarga og'ishmay amal qil. Ezma bo‘lishdan, kishilami boshlab kelib, soatlab gap soitb o‘tirishdan o‘zingni tiy. Chunki unday kishilar vaqt o‘g‘risidir. Do‘stingning muvafFaqiyatli o‘qishiga g‘amxo‘rlik qil, imtixonlardan qanday o‘tayotganini kuzatib tur. Zaruriyat tug‘ilsa, biiga dars tay-yorlab, unga yordam ber. Uning ijodiy mustaqil o'zlashtira olish qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklash. Lekin bunda sen yetakchi-yu, u yetaklanuvchi bo‘lib qolmasin.Sening dunyoqarashing shakllanishida ona-vatanimizning o‘z halol mehnatlari tufayli el hurmatiga sazovor bo‘lgan ilg‘or kishilari: ishchilar, dehqonlar, ustoz taibiyachilar, olimlar, qalam sohiblari va urush qatnashchilari va kasb egalarining boMib o‘tgan hayot yo'llari o'ziga xos katta bir dorilfunundir. Sening bugungi iqbolingda necha-necha aziz odamlaming kechgan bebaho umrlari, chekkan mashaqqatlari, to‘kilgan mo‘tabar qonlari bor. Vatanimizning ilg‘or kishilari bilan jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan uchrashuvlardan benasib bo‘lma va bu uchrashuvlardan o‘zing uchun kerakli xulosalar chiqarib ol.Gulshanga kirsang xushbo‘y gullaming yaxshi nisori tekkanidek, oqil, ilg‘or, odobli kishilar bilan qancha ko‘p muloqotda bo'lsang, ulaming mehnatsevarligi, odamiyligi va xulq go‘zalligi yosh qalbingda chuqur iz qoldiradi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan katta yoshdagi kishilaming oqilona o‘qit va pand-nasihatlariga quloq sol va ulaiga amal qil, ulaming umr saboqlari sen uchun hayot maktabidir. Qolaversa, ulaming mumtoz niyatlari seni yanada baxtliroq, aqlliroq ko‘rishdir.Insonlar uchun o‘zaro do'stlik — odat bo‘lsa, og‘a-inilik — tuganmas davlatdir. Har bir kishining uzoq-yaqin o‘lkalarida haqiqiy do‘stlari bo‘lgani yaxshi, unday odam har yerda izzat va hurmat topadi. Eng badavlat kishi kim, deb so‘rasalar, sodiq do'stlari ko‘p bo'lgan odamni ko‘rsatish kerak. Qalbida do'stlik hissi yo‘q kimsa, dunyoda eng faqir kishidir. Do‘stlik - Baxt-iqbolning zamiridir. Baxt so'zi esa to‘rt harfdan iborat, u birlik, ahillik, hamjihatlik, totuvlik bor joyni tanlaydi. Lekin ayrim yoshlar orasida jamiyatimiz qonunqoidalariga rioya qilmay, nomatlub xatti-harakatlar bilan talaba nomiga dog‘ tushirayotganlar ham uchrab turibdi.Yosh do‘stim, kuzatish shuni ko‘rsatadiki, yoshlar o'rtasidagi bunday ko‘ngilsiz xatti-haraktlar asosan bekorchilikdan kelib chiqadi. Bekorchilik yomon, hosili esa undan ham yomon, nosoz tuyg‘ular, nomatlub xatti-harakatlar bekorchilik hosilidir. Insonni bunday hosilalardan xalos etadigan eng pok, shifobaxsh dori bu foydali mashg‘ulotdir. Shu-ning uchun o'zing mudom foydali mashg‘ulot topishga harakat qil, oilada ham, jamoat joylarida ham tartib-qoiddalami buzma, kechalari ko‘chalarda bebosh sang‘ib yurma. Dono xalqimizning «Sayoq yursang - tayoq yeysan», degan naqlini unutma. Axir порок muhitda sang‘igan kishiga xulqi-zebolik qaerdan ham kelsin!Tabiatdagi, hayotdagi, odamlardagi barcha go‘zalliklami, san’at va adabiyot durdonalarining mohiyatini idrok etib, chuqur anglamoq va ulami baholay bilmoq, eng muhimi, borliqni, hayotni go'zalroq qilish borasida o‘z hissasini qo‘shmoq hayot taqozosidir. Download 21.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling