Buxgalteriya hisobi va menejment


Download 1.79 Mb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1219613
  1   2
Bog'liq
Bayonnoma GIyohvandlik bo\'yicha


Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakultetining BH-322 guruh talabalari Qoraqulov G’aybulla Alesher o’g’li, Abduxalimov Jahongir Asqad o’g’li va Zubaydullayev Mirshodbek Baxriddin o’glining institut ichki tartib-qoidasiga va odob-axloq kodikisiga rioya qilmay Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litsey talabalari bilan ozaro nizoga borganliglari to`g`risidagi


B A Y O N N O M A S I


Sana: 20.02.2023-yil


QATNASHDILAR:


Yig‘ilish raisi: A.P.Hazratov-Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti yoshlar masalalari va manaviy marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
Yig’ilish kotibi: D.M.Xudoyberdiyev-Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutori


Ishtirokchilar: Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti BH-322 guruh talabalari Qoraqulov G’aybulla Alesher o’g’li, Abduxalimov Jahongir Asqad o’g’li va Zubaydullayev Mirshodbek Baxriddin o’gli, BH-322 guruh talabalarini ota-onalari Shukurov Asqad Abduxalimovich, Dilnavoz Ramazonova, va Nuriyeva Xusniya Uzoqovna.


K U N T A R T I B I:
Institut ichki tartib-qoidasi va odob-axloq kodikisini talabalar va ota-onalarga tanishtirish va tushuntirish ishlarini olib borish bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy suxbat

ESHITILDI: Suxbatni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti yoshlar masalalari va manaviy marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari kirish so‘zi bilan ochib berdi va suxbat ishtirokchilarini tanishtirdi.
D.M.Xudoyberdiyev dastlab talaba-yoshlarga giyohvandlik yomon illat ekanligini hamda jamiyatga salbiy ta’sirlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi. Sog‘lom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu ko‘chaga kirib qolsa, o‘zining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat o‘ziga, balki yaqinlariga ham to‘xtovsiz azob beradi. Undan tug‘ilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo bo‘ladilar. Ba’zan giyohvandlik qurboniga aylanib qolgan insonlarning qismatini ko‘rib, ularga nisbatan nafrat, qahr va rahm tuyg‘ularining uyg‘onishi tabiiy. Ularning quriyotgan daraxt misol umri evaziga ayrim qora niyatli yovuz kimsalarning hamyoni qappaymoqda. Odam qiyofasidagi bunday maxluqlarning qora og‘uni voyaga yetmagan yoshlar orasida tarqatib, uni iste’mol qilishga targ‘ib qilayotganiga jim qarab turib bo‘lmaydi, albatta. Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-g‘ayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan bir paytda, o‘smirlarni aldov yo‘li bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi. Qanchadan-qancha oilalarning yostig‘ini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson o‘zi kurashmog‘i, tashqi ta’sirlardan himoyalanmog‘i lozim deya so‘zini yakunladi X.A.Yunusov.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling