Buxgalteriya hisobi va menejment


Download 1.79 Mb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1219613
1   2
Bog'liq
Bayonnoma GIyohvandlik bo\'yicha

So‘z navbati Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutori Sh.N.Niyozovaga berildi. Dastlab kafedra dotsenti talbalardan giyohvandlik tug‘risidagi fikirlarini tinglab, ushbu illat insonyatga qay darajada zararli ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.


SO‘ZGA CHIQDI: Sh.N.Niyozova - Mamlakatimizda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o‘smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo‘layotgani barchamizni tashvishga soladi. Zero, og‘u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar yetkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzadi, bolalarni yetim qiladi, muhtojlik, qashshoqlikda yashashga majbur etadi. Oqibati esa, albatta, ayanchli yakunlanadi. Giyohvandlik vositalarini, qaysi turi bo‘lmasin, iste’mol qilishni boshlagan shaxs avvaliga unga o‘rganish hosil qilishini barchamiz bilamiz. Ammo bir yil o‘tar-o‘tmas giyohvand mehnatga yaroqsiz holatga kelib qoladi. Natijada jinoyatga qo‘l urishga majbur bo‘ladi. Ya’ni, navbatdagi giyohvandlik vositasini qabul qilish maqsadida o‘g‘irlikni o‘z uyidan – oilasidan boshlaydi.
Giyohvandlikka ilk bor qadam qo‘yish yoshlarda ko‘proq 11-17 yoshlar o‘rtasida kuzatiladi. Bu paytda fojianing oldini olish nisbatan osonroq.
So‘ng ikkinchi davr boshlanadi. Bunda yoshlar bir yoki bir necha marta giyohvandlik vositasini iste’mol qilib ko‘radilar. Keyinchalik esa uning “quli”ga aylanishadi. Ularning fikri-zikri har qanday yo‘l bilan, hatto jinoyat sodir etib bo‘lsa-da, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun og‘u topish bo‘lib qoladi. Yomon yo‘ldan qaytib, to‘g‘ri yo‘lga kirish uchun har qanday inson imkon topa oladi. Imkon topmaganlar esa jaholat girdobiga botadilar, hayotlarini barbod qiladilar.
Shu o‘rinda, giyohvandlik balosi avj olishiga xorijda ishlab chiqarilgan jangari, axloqsizlikni targ‘ib etuvchi filmlar ham katta hissa qo‘shayotganligini qayd etish joiz. Tungi barlarda to tong otguncha kechadigan jazavali shovqin-suronu maishatlar ham ayrim og‘ufurushlarga qo‘l kelmoqda. Ayrim yoshlar ularning “to‘ri”ga osongina ilinmoqda. Giyohvandlik va giyohfurushlik yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta ziyon yetkazayotgani butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Shu sababli bu ofatga qarshi kurash hozirda Yer kurrasidagi global muammolardan biriga aylandi. Asr vabosiga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz. O‘zini shu yurt farzandiman, deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetda turmasligi kerak. Mazkur jarayon umummilliy kurashga aylanmog‘i shart. Shundagina minglab yoshlarimizning kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo‘lamiz.
Shundan so‘ng institut talaba-yoshlarda yuqorida keltirilgan mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan savollarga mas’ullar javob berdilar.



QAROR QILINDI:
1. “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzularidagi tadbirlar muntazam tarzda talaba-yoshlarga o‘tkazib borilsin. (Mas’ullar: fakultet dekani, kafedra mudirlari, guruh tyutorlari).


Yig‘ilish raisi: X.A.Yunusov
Yig’ilish kotibi: Sh.N.Niyozova


Bayonlashtiruvchi: Sh.N.Niyozova
Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling