Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
#577
  1   2   3   4   5   6   7

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

IQTISODIYOT FAKULTETI 

 

Saidabdullayev Sultonboyning 



5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 

ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 



 

O’zbekistonda demografik rivojlanishning   hozirgi davrdagi 

tendentsiyalari  

Ilmiy rahbar:  

 

 

dots. Sadullayev A. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch 2015 yil 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

IQTISODIYOT FAKULTETI 

 

 

“TURIZM” kafedrasi

 

 

 

O’zbekistonda demografik rivojlanishning   hozirgi 

davrdagi tendentsiyalari  

 

 

 

Bajaruvchi:    

           Saidabdullayev Sultonboy 

 

Rahbar: 

 

 

dots. Sadullayev A. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch shahri 

2015-yil 

 

O‘ZBEKISTONDA DEMOGRAFIK RIVOJLANISHNING HOZIRGI 

DAVRDAGI TENDENSIYALARI 

 

 



 

KIRISH 

 

 

1-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING 

DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI 

 

1.1 Axolining takror barpo bo‘lishi 

1.2 O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar 

1.3 O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari 

 

 

2-BOB. MINTAQADA DEMOGRAFIK RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS 

XUSUSIYATLARI (XORAZM VILOYAT MISOLIDA) 

 

2.1 Viloyat aholisining ko‘payib borish xususiyatlari 

2.2 Axoli ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar 

2.3 Viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari 

 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

 



 

 

 

 

KIRISH 

 

Muammoning dolzarbligi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida 

tenglar  ichra teng bo‘lib,  inson  manfaatlari, huquq  va erkinliklari  yuksak qadriyat 

bo‘lgan  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iktisodiyotiga  asoslangan  huquqiy 

demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyat  barpo  etish  yo‘lidan  dadil  odimlab 

bormoqda.  Mamlakatimiz  hayotining  turli  jabhalarida  erishilayotgan  natijalarning 

yildan-yilga  tobora  salmoqli  va  ahamiyatli  bo‘lib  borayotganligi  mustaqil 

taraqqiyot  davrida  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarning  puxta  va 

asosli  ekanligini,  eng  muhimi,  ular  negizida  fuqarolarimizning  orzu-umidlari  va 

manfaatlari o‘z aksini topganligini  yaqqol  namoyon etmoqda.  Iqtisodiyotimizning 

turli  soha  va  tarmoqlari  o‘rtasidagi  mutanosiblikning  kuchayishi  hamda  barqaror 

o‘sish  sur’atlarining  ta’minlanishi  natijasida  aholi  daromadlari,  turmush 

darajasining  sezilarli  ravishda  oshishi  ertangi  kunga  bo‘lgan  ishonchimizning 

tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. 

Jamiyatning  buyuk  kelajagini  yaratishda  bosib  o‘tilayotgan  har  bir  yil  o‘ziga 

xos  hissa  qo‘shishi,  yuksalishning  murakkab,  izchil  va  davomli  yo‘lida  alohida 

pog‘ona  bo‘lib  xizmat  qilishi  e’tiborlidir.  Ayni  paytda,  o‘tgan  yilda  mamlakat 

miqyosida  erishilgan  yutuq  va  natijalarni

 

o‘rganish,  kelgusida  yanada  yuksakroq 



marralarni  qo‘lga  kiritish  borasidagi  ustuvor  yo‘nalishlarni  belgilash  ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  

Hozirgi  paytda  dunyoning  deyarli  barcha  mamlakatlarida  aholi,  barqaror 

iqtisodiy  o‘sish  va  barqaror  rivojlanish  o‘rtasida  bog‘liqlikni  ta’minlashga 

erishilmoqda. Demografik  omillar esa  iqtisodiy,  ijtimoiy strategiyalar  va dasturlar 

ishlab  chiqishga  ma’sul  bo‘lgan  muassasalar  tomonidan  yanada  to‘laroq  e’tiborga 

olinadigan bo‘ldi. 

BMT  tomonidan  1994  yil  sentyabrida  Qoxirada    Aholishunoslik  va 

rivojlanish  bo‘yicha    butunjahon  anjumani  o‘tkazildi.  Anjuman  sayyoramizning 

demografik  rivojlanishida  muhim  bosqich  bo‘ldi.    U  erda  dunyo  aholisi 

rivojlanishining  dolzarb  va  keskin  muammolarini  hal  qilishga  qaratilgan  qarorlar 


qabul  qilindi.  Anjuman  Dunyo  aholishunosligi  sohasida  xalqaro  hamkorlik  qilish 

bo‘yicha yangi davrni ochib bergan amaliy yo‘nalish bo‘ldi. 

Aholi rivojlanishining global va milliy maqsadlarini amalga oshirishda katta 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  harakatlarning  kompleks  rejalarini  o‘z  ichiga  olgan    20- 

yillik  harakat  Dasturi  Anjuman  tomonidan  qabul  qilindi.  Dastur  butun  dunyo 

mamlakatlari  oldiga  aholi  rivojlanishi  sohasida  eng  muhim  maqsadlarni  belgilab 

berdi.  Aholishunoslik  sohasidagi  oldingi  global  dasturlardan  farq  qilgan  holda, 

ushbu dastur kambag‘allik va qashshoqlikka, ishlab chiqarish va ist’emol tarkibiga, 

atrof-muhitga  bog‘liq  bo‘lgan  muammolarning  o‘zaro  aloqalarini  hisobga  olib 

ishlab  chiqilgan  edi.  Dasturda  aholishunoslik  va  rivojlanish  masalalariga  chuqur 

yondashilgan,  20-  yillik  davrda  erishilishi  zarur  bo‘lgan  demografik  va  ijtimoiy 

maqsadlarning  kompleks  ko‘rsatkichlari  aniqlangan.  Harakat  dasturida  aholining 

o‘sishi,  tarkibi  va  taqsimlanishi  ko‘rsatkichlarining  miqdoriy  baholanishi 

ko‘rsatilmagan,  lekin  unda  dunyo  aholisi  sonining  jadallik  bilan  barqarorlashuvi 

sayyoraning  barqaror  rivojlanishga  erishish  maqsadlarini  amalga  oshirishga  katta 

xissa qo‘shadi degan fikr yotadi. 

Harakat  dasturi,  uni  amalga  oshirish  bo‘yicha  xalqaro  va  ijtimoiy 

sheriklikning  kuchaytirilishi  O‘zbekiston  aholisining  rivojlanishida  katta 

ahamiyatga  egadir.  Anjumanning  maqsad  va  vazifalari  umumjahon  jarayonlari 

bilan bog‘langan aholi rivojlanishi bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqishda asos 

bo‘lib  xizmat  qiladi.  O‘zbekistonda  “Aholi  farovonligini  oshirishning  2005-2010 

yillarga  bo‘lgan  strategiyasi”    dasturlardan  biri  bo‘ldi,  uni  amalga  oshirish 

respublikada  kam  ta’minlangan  aholi  qatlamini  kamaytirish  va  aholi  turmush 

darajasini oshirishda katta imkoniyatlar yaratdi. 

Umumjahon  jarayonlariga  muvofiq  rivojlanayotgan  hozirgi  O‘zbekistonda, 

keyingi  ikki  o‘n  yillikda  demografik  vaziyatda  sezilarli  miqdoriy  va  sifat 

o‘zgarishlari yuz berdi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy 

ishining  oldiga  O‘zbekistonda  demografik  rivojlanishining  xozirgi  davrdagi 

tendensiyalarini  tadqiq  qilish  va  uni  jamiyat  manfaatlariga  mos  ravishda 


takomilashtirish  bo‘yicha  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqish  maqsadi  qo‘yilgan 

bo‘lib, ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar 

qo‘yildi: 

- axolining takror barpo bo‘lishi xususiyatlarini tahlil qilish;  

- O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar jarayonlarini o‘rganib chiqish; 

- O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari yoritib berish; 

- viloyat aholisining ko‘payib borish xususiyatlarini tahlil qilish; 

- axoli ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berish; 

- viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari ko‘rsatib berish.  

Bitiruv  malakaviy  ishining  ob’ekti.  Bitiruv  malakaviy  ishi  ob’ekti  qilib 

O‘zbekiston va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm viloyati aholisi olindi.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti.  Bitiruv  malakaviy  ishi  predmeti 

sifatida  demografik  rivojlanish  tendensiyalarini  aniqlash  borasidaagi  ijtimoiy-

iqtisodiy munosabatlar bo‘lib xizmat qiladi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv  malakaviy  ishi 

materiallaridan  mamlakat  va  viloyat  demografik  rivojlanishi  jarayonlarini  va 

istiqbollarini  o‘z  ichiga  olgan  dasturlar  ishlab  chiqish  bilan  shug‘ullanuvchi 

Respublika  Davlat  statistika  qo‘mitasi  va  uning  Xorazm  viloyati  bo‘limi, 

O‘zbekiston  Respublikasi  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  va 

uning Xorazm  viloyati boshqarmasi o‘z faoliyatida  foydalanishlari   mumkin. SHu 

bilan  birgalikda  ushbu  matriallardan  oliy  ta’limning  “Iqtisodiyot”,  “Turizm” 

yo‘nalishida  ta’lim  olayotgan  talabalar  va  ularga  dars  beruvchi  o‘qituvchilar  ham 

foydalanishlari mumkin. 

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 

ikkitabob,  oltita  paragraf,  xulosa  va  takliflar,  foydalanilgan  adabiyotlar  tarkibidan 

iborat  bo‘lib,  ishda  ____  ta  jadvallar,  _____  ta  rasm  va  diagrammalardan  ham 

foydalanigan. 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1--BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING 

DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI 

 

1.1. O‘zbekistonda axoli takror barpo bo‘lishining xozirgi davrdagi 

xususiyatlari 

BMT  tomonidan  1994  yil  sentyabrida  Qoxirada    Aholishunoslik  va 

rivojlanish  bo‘yicha    butunjahon  anjumani  o‘tkazildi.  Anjuman  sayyoramizning 

demografik  rivojlanishida  muhim  bosqich  bo‘ldi.    U  erda  dunyo  aholisi 

rivojlanishining  dolzarb  va  keskin  muammolarini  hal  qilishga  qaratilgan  qarorlar 


qabul  qilindi.  Anjuman  Dunyo  aholishunosligi  sohasida  xalqaro  hamkorlik  qilish 

bo‘yicha yangi davrni ochib bergan amaliy yo‘nalish bo‘ldi. 

Aholi rivojlanishining global va milliy maqsadlarini amalga oshirishda katta 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  harakatlarning  kompleks  rejalarini  o‘z  ichiga  olgan    20- 

yillik  harakat  Dasturi  Anjuman  tomonidan  qabul  qilindi.  Dastur  butun  dunyo 

mamlakatlari  oldiga  aholi  rivojlanishi  sohasida  eng  muhim  maqsadlarni  belgilab 

berdi.  Aholishunoslik  sohasidagi  oldingi  global  dasturlardan  farq  qilgan  holda, 

ushbu dastur kambag‘allik va qashshoqlikka, ishlab chiqarish va ist’emol tarkibiga, 

atrof-muhitga  bog‘liq  bo‘lgan  muammolarning  o‘zaro  aloqalarini  hisobga  olib 

ishlab  chiqilgan  edi.  Dasturda  aholishunoslik  va  rivojlanish  masalalariga  chuqur 

yondashilgan,  20-  yillik  davrda  erishilishi  zarur  bo‘lgan  demografik  va  ijtimoiy 

maqsadlarning  kompleks  ko‘rsatkichlari  aniqlangan.  Harakat  dasturida  aholining 

o‘sishi,  tarkibi  va  taqsimlanishi  ko‘rsatkichlarining  miqdoriy  baholanishi 

ko‘rsatilmagan,  lekin  unda  dunyo  aholisi  sonining  jadallik  bilan  barqarorlashuvi 

sayyoraning  barqaror  rivojlanishga  erishish  maqsadlarini  amalga  oshirishga  katta 

xissa qo‘shadi degan fikr yotadi. 

Harakat  dasturida  aholi,  iqtisodiy  o‘sish  va  barqaror  rivojlanish  o‘rtasida 

o‘zaro  bog‘liqligini  ko‘rsatuvchi  masalalar  muhim  o‘rin  egallaydi.  Erkaklar  va 

ayollarning teng  huquqliligi va tengligi masalalari  va ayollarga kengroq huquqlar 

berish,  reproduktiv  hohishlari  va  reproduktiv  salomatligi  borasida  huquqlar  bilan 

ta’minlash  masalalari  ko‘rib  chiqildi.  Mamlakatlarning  iqtisodiy  rejalari  va 

rivojlanishida  demografik  omillarni  albatta  hisobga  olish  vazifasi  qo‘yildi,  bu  esa 

keyingi  ikki  o‘n  yillikda  amaliyotga  tatbiq  qilinmoqda.  Anjuman  vazifalariga 

muvofiq  ravishda,  dunyo  mamlakatlari  bo‘yicha  an’anaviy  demografik 

jarayonlarni  (tug‘ilish,  o‘lim,  aholi  migratsiyasi  va  h.)  tadqiq  va  taxlil  qilishda 

resurslar,  oziq-ovqat,  xom-ashyo  manbalari,  ta’lim,  bandlik,  sog‘liqni  saqlash, 

daromadlar va iste’mol, aholi joylashuvi va atrof-muhit kabi omillar bilan bog‘lab 

o‘rganiladigan  bo‘ldi.  Natijada  mamlakatlarda  rivojlanish  bo‘yicha  qabul 

qilinadigan  qarorlar  ancha  asosli  bo‘ladigan  bo‘ldi.  Hozirgi  paytda  dunyoning 

deyarli  barcha  mamlakatlarida  aholi,  barqaror  iqtisodiy  o‘sish  va  barqaror 



rivojlanish  o‘rtasida  bog‘liqlikni  ta’minlashga  erishilmoqda.  Demografik  omillar 

esa  iqtisodiy,  ijtimoiy  strategiyalar  va  dasturlar  ishlab  chiqishga  ma’sul  bo‘lgan 

muassasalar tomonidan yanada to‘laroq e’tiborga olinadigan bo‘ldi. 

Harakat  dasturi  sog‘liqni  saqlash,  kasalliklar  va  aholi  o‘limi  kabi  kompleks 

masalalarni  ham  o‘z  ichiga  qamrab  oldi.  Asosiy  tibbiy  xizmatga  erishishni 

ta’minlash  masalalari  qo‘yildi,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  go‘daklar  o‘limini 

kamaytirish  bo‘yicha  aniq  ko‘rsatkichlar  belgilandi,  reproduktiv  salomatlikni 

ta’minlash  masalalari,  reproduktiv  huquqlarni  kengaytirish,  shu  jumladan 

ayollarning oilalarni rejalashtirish, abortlar va onalar o‘limini kamaytirish, erkaklar 

va  ayollar  o‘rtasida  tenglik  va  teng  huquqlilikni  ta’minlash  vazifalari  qo‘yildi. 

Ushbu  dasturga  muvofiq  2015  yilda  erkaklar  va  ayollarning  reproduktiv 

salomatligini  saqlash  sohasidagi  xizmatlar  bilan  to‘liq  ta’minlash  vazifasi 

qo‘yilgan.  Ayollarning  huquqlarini  oshirish  va  imkoniyatlarini  kengaytirish, 

ularning  mustaqilligini  kuchaytirish  hamda  ayollarning  siyosiy,  ijtimoiy  va 

iqtisodiy  maqomini  oshirish  masalalariga  e’tibor  kuchaytirildi.  Harakat  dasturi 

maqsadiga erishishda butun aholini va ayniqsa ayollarni sog‘liqni saqlash va ta’lim 

sohasidagi  xizmatlar  bilan  ta’minlash  uchun  investitsiyalarni  ko‘paytirishga  katta 

e’tibor qaratilgan. 

SHunday  qilib,  harakat  Dasturida  mamlakatlarda  demografik  vaziyatni 

yaxshilash  bo‘yicha,  ayniqsa  bolalar  va  onalar  o‘limi,  reproduktiv  salomatlik, 

oilani  rejalashtirish,  ta’lim  kabi  aholi  rivojlanishining  muhim  sohalarida 

muvaffaqiyatlarga  erishish  uchun  aniq  maqsadlar,  vazifalar  va  tavsiyalar  ishlab 

chiqilgan.  Demografiya  sohasida,  kambag‘allik  va  kam  ta’minlangan  aholini 

o‘rganish, aholi  farovonligini ta’minlash sohasida  yangi texnologiyalarni qo‘llash, 

ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar kengaytirishni ko‘zda tutilgan. 

Dasturning  yakuniy  bo‘limi  anjumanda  keyingi  faoliyat  yo‘nalishlariga 

qaratilgandir:  milliy,  mintaqaviy  va  xalqaro  miqyoslarda  ko‘rsatiladigan  faoliyat 

amaliy ahamiyatga egadir va dunyo mamlakatlarida izchil amalga oshirilmoqda.  

 Jadval - 1.1.1 

Dunyo mamlakatlari bo‘yicha aholi soni o‘sishining sur’atlari, %da           


Mamlakatlar 

2004 yil 

2010 yil 

2013 yil 

Butun dunyo 

1,3 


1,2 

1,2 


Rivojlangan mamlakatlar 

0,1 


0,2 

0,1 


Kam rijovlangan mamlakatlar 

1,5 


1,7 

1,4 


Eng kam rivojlangan mamlakatlar 

1,8 


2,3 

2,3 


O‘zbekiston Respublikasi 

1,6 


1,8 

1,6 


Manba: World Population, Data SHeet. Population Reference Bueau, 2004, 2010, 2013. 

 

Bu  vazifalarning  hammasi  milliy  darajadagi  faoliyat  jarayonida  amalga 



oshirish  va aholishunoslik sohasida  milliy  strategiya  va  harakat dasturlarini  ishlab 

chiqishga tavsiya qilingandir. 

Anjumanning  dunyo  aholisi  rivojlanishidagi  ahamiyati  juda  beqiyosdir. 

Harakat  dasturini  bajarishda  xalqaro  va  ijtimoiy  sheriklikning  sa’yi  harakati  aholi 

rivojlanishi  uchun  katta  ahamiyatga  egadir.  Harakat  dasturi  aholining  sifat 

jihatidan  rivojlanishiga,  qashshoqlikning  barcha  ko‘rinishlarini,  daromadlar 

darajasining pastligi, ocharchilik, ta’lim va tibbiy xizmat sifatining pastligi, gender 

tengsizlik,  atrof-muhitning  ifloslanishi  kabilarni  kamaytirishga  qaratilgandir. 

Anjuman  ishi davomida 179  mamlakat tomonidan  harakat dasturi qabul qilinib,  u 

aholi  rivojlanishi  strategiyasida  inson  huquqlari  tamoyillarini  o‘z  ichiga  qamrab 

olgandir.  Bu  dastur  oilalarga  va  ayrim  kishilarga,  ayniqsa  ayollarga,  bolalar  soni, 

oilaning  kattaligi  borasida  ongli  ravishda  qarorlar  qabul  qilishga  imkon  beradi  va 

odamlarga bunday qarorlarni chiqarish uchun ma’lumotlar beradi. 

Jadval – 1.1.2 

Dunyo mamlakatlarida tugilishning umumiy va yig‘indi koeffitsientlari 

(2013 yil) 

Dunyo mamlakatlari 

Tug‘ilishning 

umumiy 


koeffitsienti, 

promilleda 

Yig‘indi 

koeffitsient, har 

bir ayolga to‘g‘ri 

keladigan bolalar 

soni 

Tug‘ilishning yig‘in-di 



koeffitsienti 

O‘zbekistonda boshqa 

mamlakatlarga nisbatan 

Dunyo bo‘yicha 

20 

2,5 


1,1 

Rivojlangan mamlakatlar 

11 

1,6 


0,7 

Kam rivojlangan 

mamlakatlar 

22 


2,6 

1,1 


Eng qoloq mamlakatlar 

34 


4,4 

1,9 


G‘arbiy Evropa 

10 


1,7 

0,7 


AQSH 

13 


1,9 

0,8 


Qanada 

11 


1,6 

0,7 


Afrika 

37 


4,8 

2,1 


Osiyo (Xitoydan tashqari) 

21 


2,5 

1,1 


YAponiya 

1,4 



0,6 

Xitoy 


12 

1,5 


0,6 

Rassiya 


13 

1,7 


0,7 

Qozog‘iston 

23 

2,6 


1,1 

Qirg‘iziston 

27 

3,1 


1,3 

O‘zbekiston 

21 

2,3 

1,0 

Manba: World Population,Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013 

 

Davlatlarning  hamkorlikdagi  harakatlari  tufayli  dunyodagi  demografik 



vaziyat  ancha  yaxshilanib  qoldi.  Demografik  jarayonlarda  kechayotgan  miqdoriy 

va  sifat  o‘zgarishlari  soni  o‘sishiga  va  uning  tarkibiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatdi. 

Buni  dunyoda  kechayotgan  ijobiy  tendensyalar  tasdiqlab  turibdi.  Jumladan, 

ko‘pchilik  mamlakatlarda  aholi  soniningo‘sishi  sur’atlari  pasaydi.  XXI  asrning 

boshlarida dunyo aholisining o‘sish sur’atlari 1,7% dan 1,2% gacha pasaydi (jadval 

1.1.1) 


Tug‘ilishning  yig‘indi  koeffitsienti  (ayolning  butun  reproduktiv  hayoti 

davomida  tuqqan  bolalari  soni)  anchaga  pasaydi.  Vaholanki  30  yil    avval  dunyo 

aholisi  tug‘ilishining  yig‘indi  koeffitsienti  4,5  darajaga  teng  edi,  hozirgi  paytga 

kelib u 2,5 gacha qisqardi (jadval 1.1.2). 

Harakat  dasturi,  uni  amalga  oshirish  bo‘yicha  xalqaro  va  ijtimoiy 

sheriklikning  kuchaytirilishi  O‘zbekiston  aholisining  rivojlanishida  katta 

ahamiyatga  egadir.  Anjumanning  maqsad  va  vazifalari  umumjahon  jarayonlari 

bilan bog‘langan aholi rivojlanishi bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqishda asos 

bo‘lib  xizmat  qiladi.  O‘zbekistonda  “Aholi  farovonligini  oshirishning  2005-2010 

yillarga  bo‘lgan  strategiyasi”    dasturlardan  biri  bo‘ldi,  uni  amalga  oshirish 

respublikada  kam  ta’minlangan  aholi  qatlamini  kamaytirish  va  aholi  turmush 

darajasini  oshirishda  katta  imkoniyatlar  yaratdi.  Respublikada  kam  ta’minlangan 

aholi  qatlami  2001  yilda  27,5  %ni  tashkil  qilgandi,  ammo  bu  ko‘rsatkich  har  yili 

0,6 - 0,7 punktga kamayib bordi. 



Umumjahon  jarayonlariga  muvofiq  rivojlanayotgan  hozirgi  O‘zbekistonda, 

keyingi  ikki  o‘n  yillikda  demografik  vaziyatda  sezilarli  miqdoriy  va  sifat 

o‘zgarishlari  yuz  berdi.  Avvalombor,  demografik  o‘sish  kamaydi,  hozirgi  kunda 

aholining  o‘rtacha  yillik  o‘sishi  1,1  -  1,6%  ni  tashkil  qilmoqda,  vaholanki,  bu 

ko‘rsatkich  o‘tgan  asrning  70  -  yillarida  3,0-3,2%  ni  va  90  -  yillar  boshida  2,2  - 

2,3%  ni  tashkil  qilardi.    Keyingi  o‘n  yilda  respublikada  tug‘ilishning  yig‘indi 

koeffitsienti  dunyoning  o‘rtacha  ko‘rsatkichidan  past  bo‘lib  kelmoqda  (muvofiq 

ravishda  2,3  va  2,5).  O‘zbekiston  aholisi  kontratsepsiya  vositalaridan  foydalanish 

darajasi  bo‘yicha  dunyoning  rivojlangan  davlatlari  darajasiga  yaqinlashib  qoldi 

(jadval 1.1.3). 



Jadval - 1.1.3 

Dunyo mamlakatlarida kontratsepsiya vositalaridan foydalanish 

darajasi,  (15-49 yosh ayollarda), %da 

Mamlakatlar 

2004 

2010 


2013 

Dunyo bo‘yicha 

59 

62 


62 

Rivojlangan mamlakatlar 

69 

71 


71 

Kam rivojlangan mamlakatlar 

57 

60 


60 

Eng qoloq mamlakatlar 

48 

52 


52 

G‘arbiy Evropa 

75 

73 


72 

AQSH 


76 

79 


79 

Qanada 


75 

74 


74 

Afrika 


28 

29 


31 

Osiyo (Xitoydan tashqari) 

51 

56 


56 

YAponiya 

56 

54 


54 

Xitoy 


83 

84 


85 

Rossiya 


67 

73 


68 

Qozog‘iston 

66 

51 


54 

Qirg‘iziston 

60 

48 


51 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling