Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
.
12 Население СССР 1988г. Статистический сборник. – М.: Финансы и статистика, 1989. - 187 с. 13
Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 39 б. .
Jadval 1.2.1. Xorazm viloyatida 2011 yilda kelinlar va kuyovlar yoshlari bo‘yicha nikohlar soni
Kelinning yoshi kuyovning yoshi
18 gacha
18-19
16-19
20-24
10112 25-29
30-34
35-39
40-44
45-49
50-54
55-59
60 va undan yuqori
Jami
2 396 398 8502 5829 884 260 91 47 39 20 22 16092
Mustaqillik yillarida Xorazm viloyatidagi nikohga kiruvchilar tarkibini tahlil qilish (1.2.1-jadval) ko‘rsatadiki, qizlar ko‘rproq 18-24 yoshlarda, yigitlar esa 20- 29 yoshlarda turmush quradilar. Tug‘ilish darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadigan yana bir sabab, nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30 yilga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarning yoshi oshib borishi bilan homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish yoshining har qancha ko‘tarilishi ayollar tomonidan tug‘adigan bolalar soni kamayishiga olib keladi. Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha ko‘tarildi. Agar, o‘tgan asrning 80-yillarida 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi turmushga chiqqan bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar nikohga kiradilar (1.2.1-jadval).
Ko‘p bolali 7-8 nafar 5,9
Ko‘p bolali 5-6 nafar 17,4
O‘rtacha sonli oila 3-4 nafar 38,1
Kam sonli 1-2 nafar 36,5
Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi shuni ko‘rsatadiki (1.2.2-jadval) ko‘p bolalik deb hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan oilalar ulushi kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil qiladi (2008 yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni tashkil qiladi. Nikohning yig‘indi koeffitsienti nikohning yosh guruhlari (16-69 yoshdagi erkaklar yoki ayollar) koeffitsientining yirindisi bo‘lib, o‘rganilayotgan avlodning hayoti davomidagi nikohlar sonini ifodalaydi. Ushbu koeffitsientda o‘lim hollari va
avlod soniga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinmaydi. Odatda nikohning yirindi koeffitsienti bir kishiga nisbatan xisoblanadi va ma’lum avlodning nikohda bo‘lish holatini ifodalaydi, SHuningdek mazkur koeffitsient orqali o‘rganilayotgan avlodda birinchi, ikkinchi nikohga kirish va nikohsizlik holatlari ham o‘rganiladi. Ajralish va uning koeffitsientlari. Ajralish er-xotinning hayotlik davrida nikohning bekor etilishidir. Ajralish murakkab soo‘ial jarayon bo‘lib, qator omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o‘rni, nikoh turlari, har bir davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila mustaxkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, farzandsizlik, oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va narkomaniya kabilarni kiritish mumkin. Ushbu omillar ta’sirida jamiyat taraqqiyotining gurlicha bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda va aholi guruhlarida ajralish darajasi turlicha bo‘ladi. Ajralish jarayonini o‘rganishda qator koeffitsientlardan foydalaniladi. Ajralishning umumiy koeffitsienti ma’lum davrdagi ajralish sonini shu davrdagi aholini o‘rtacha soniga nisbatini ifodalaydi, va promileda belgilanadi.
1000
· Р А
P - o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni. SHuningdek, ajratshshning yosh guruhlari koeffitsienti (ma’lum yosh guruhlari erkaklar va ayollarda sodir bo‘lgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi jami erkaklar va ayollarga nisbatan); ajralishning maxsus koeffitsienti (ma’lum yosh guruhida erkaklar yoki ayollarda sodir bo‘tlgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi oilali erkaklar va ayollarga nisbatan) va nikoh davomiyligi bo‘yicha ajralishning maxsus koeffitsient (nikohda turishning ma’lum davrida ajralganlar sonining ana shu davr boshida qayd etilgan jami nikohlar soniga nisbati) lari ham mavjud bo‘lib, ular orqali ajratshsh jarayonidagi o‘zgarishlar mukammal o‘rganiladi. Oila jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o‘zining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo‘ldi. Ma`lumki, ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida insonlar to‘da-to‘da bo‘lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib - qoidaga ega bo‘lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan bir oila bo‘lib yashaganlar, o‘zaro turmush kechirishgan. Oilaning bunday shakli fanda «Poligamiya» - ko‘p nikohlik, deb ataladi. Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy - iqtisodiy o‘zgarishlar asosan, xususiy mulkning paydo bo‘lishi natijasida, oilaning tarkibi xam, shakli ham o‘zgardi. Dexqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi, moddiy maxsulotlar yaratishda erkaklar ulushi yuqori bo‘la boshladi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarhal oila vujudga keldi. Endi bir erkak oila boshlig‘i bo‘lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan oila bo‘lib yashardilar. Bunday oilalar ko‘pxotinlik, ya`ni «poliginiya» asosida tashkil bo‘lgan poligamiya oila shakli bilan monogam - bir nikohli oila o‘rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar. Quldorlik davridan feodalizmga o‘tish, hamda feodalizm ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi oilaning «monogam», ya`ni yakka nikohlilik ko‘rinishining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Ushbu davrda xo‘jalik yuritishda ota- ona farzandlari, nabira - chevaralari bilan birga ishtirok etishgan. Ular birgalikda ekin ekib, xosil yig‘ib, moddiy boylik yaratishgan. Ushbu davrda ota -ona, o‘g‘il- qiz, kelin -kuyov, nabiralari birga bir nechta bo‘g‘inli oila bo‘lib yashashgan. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida esa, yirik -yirik sanoat korxonalarining paydo bo‘lishi natijasida, mayda dexqon xo‘jaliklar, mayda hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga ishchi kuchi sifatidagi talab asta -sekin kamayib boradi. Ko‘p bo‘g‘inli katta oila bo‘lib yashash hollari yo‘qola boshladi va oilaning yangi tuzilishi - er -xotin va bolalardan iborat bo‘lgan nuklear - yadro oila yuzaga keladi.
Oila paydo bo‘lishi va rivojlanishini ilmiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, oilaning tashkil bo‘lishida asosiy omil-nikoh va qarindoshlik munosabatlari bo‘lib, bu hol oilaga berilgan ilmiy ta`rifda o‘z ifodasini topgan1. Oila-insonlarning tabiiy biologik, nikoh. Qon-qarindoshlik, iqtisodiy, xuquqiy, ma`naviy munosabatlarda asoslangan, turmush birligi va o‘zaro javobgarlik orqali bog‘langangan ijtimoiy guruhidir. Jadval 1.2.3 O‘zbekiston aholisida nikoh va ajrimlar soni, ming kishi Yillar Nikohlar Ajralishlar Soni koeffitsienti Soni Koeffitsienti 1991 16,3 7,8 0,8 0,4 1995 9,6 4,1 0,5 0,9 2000 10,6 4,3 0,7 0,8 2005 11,2 7,7 0,7 0,7 2010 15,3 7,1 0,9 0,4 2014 17,0 5,6 1,0 0,3 Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilalar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, nikohga kirganlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Buni 1.2.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘radigan bo‘lsak, nikohlarning mutloq soni oshib borayotganligiga qaramasdan, har yuz ming aholiga nikohga kirganlar koeffitsienti bilan hisoblaydigan bo‘lsak, nikoh koeffitsienti 1995 va 2000 yillarda kamayib,2005 yilga kelganda osha boshlagan, va 2014 yilga kelib yana kamaygan. Buni aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasining o‘zgarib turishi, tug‘ilganlarning ma’lum yillardan keyin nikoh yoshiga kirib kelishi bilan izohlash mumkin. 20g‘25 yil oldin tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, nikohga kiruvchilar soni ham oshib boradi va aksincha. Oilalarning ajralishiga keladigan bo‘lsak, Oilaning bugungi shaklida oila a`zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, ma`naviy xuquqiy, psixologik
munosabatlar va o‘zaro javobgarlik xis-tuyg‘ulari bilan boglanib turadilar. Oilada har bir oila a`zosining o‘z ijtimoiy o‘rni bordir. Oila asosini er - xotin tashkil etadi. Lekin oilada er-xotin uning farzandlari, ota-onasi, aka-uka, opa -singil va boshqa qarindosh-urug‘lar xam yashashlari mumkin. Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o‘z mazmuniga ko‘ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga ajratish mumkin. Oila xaqidagi statistik ma`lumotlar, ularning tuzilish tizimi jaxondagi hamma davlatlarda ham aynan bir xil emas. U xar bir davlat statistikasi uchun qayd etilgan oilaning statistik tushunchasiga va o‘tkazilayotgan aholi ro‘yxati dasturiga bog‘liqdir. Dastur tuzishda aholining oilaviy tarkibi, oilaviy yashash turlari asos qilib olinadi. Qator iqtisodiy rivojlangan davlatlarda oiladagi farzandlar kamolot yoshiga etib oila qurgach, ular iqtisodiy jixatdan mustaqil yashaydilar va aloxida oila hisoblanadilar. Ba`zi davlatlarda esa 20 yoshdan oshgan xar bir yigit qiz oila qurmasa xam, o‘zi aloxida oila xisoblanadi. YAna boshqa davlat statistikasida turmush qurib ota - onasi oilasiga qaytib kelsa xam ularni aloxida oila yoki yolg‘iz yashovchilar qatorida hisoblanadi. Ba`zi xollarda qarindosh, qondosh bo‘lmagan begona kishilar ham bir oila bo‘lib yashaydilar.
Migratsiya so‘zi lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘chish degan ma`noni bildiradi. Kishilarning yashash, ishlash, o‘qish maqsadida, ma`muriy chegaralardan o‘tgan holda, bir manzilgoxdan ikkinchi manzilgohga doimiy yoki ma`lum muddatga ko‘chishi migratsiya deyiladi. Demak, ayholining xududlar bo‘ylab harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Migratsiyada ishtirok etgan kishilarni esa «migrantlar» deb ataladi. Migratsiya yo‘nalishiga binoan tashqi va ichki migratsiyaga bo‘linadi.
Tashki migratsiya-bir davlatdan ikkinchi davlatga, bir qit`adan ikkinchi qit`aga aholining ko‘chishidir. Bu jarayonda davlatlar aholisi qayta taqsimlanadi va ularda aholining kamayishi va ko‘payishi ko‘zatiladi. Ichki migratsiya bir davlatning ichida aholining hududlar bo‘ylab ko‘chishidir. Bunday migratsiyada ma`lum davlat ichida shahar va qishloq, tumanlar bo‘ylab aholining qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Lekin shu davlat aholisining umumiy soni o‘zgarmaydi. Aholi migratsiyasi o‘z mohiyatiyaga ko‘ra uch turga, ya`ni doimiy, vaqtincha (mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo‘linadi. Doimiy migratsiya BMT ta`rifiga binoan aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, bir yildan ko‘p yashab qolishidir. Vaqtincha migratsiya esa aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chib, ma`lum muddat yashab qaytishidir. Vaqtincha migratsiyaga aholinng o‘qish, armiya xizmati, shartnoma asosida ishlash uchun vaqtincha yashash joyini o‘zgartirishini kiritish mumkin. Tebranma migratsiyada kishilar bir manzilgohdan boshqa bir manzilgoxga ishlash yoki o‘qish maqsadida xar kuni yoki bir xaftada qatnashidir. Ushbu migratsiya aksariyat hollarda urbanizatsiya sharoitida rivojlanib boradi. Tebranma migratsiyani asosiy yo‘nalishi qishloqdan shaharga, kichik shaharlardan katta shaharlarga tomon bo‘ladi. Iqtisodiy erkinlikka va raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoiti aholininig ijtimoiy - iqtisodiy va hududiy harakatchanligi oshib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Respublikamiz mehnat bozorida talab va taklifning nomutanosibligi sharoitida, ya’ni ishchi kuchining taklifi umuman yuqori bo‘lgan bir vaziyatda tarmoq va hududiy tuzilmalarda unga bo‘lgan talabning turlichaligi mavjuddir. SHuning uchun ham, oqilona va tartibga solinadigan migratsiya mehnat bozorida talab va taklif muvozanatiga erishishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda mustaqillik sharofati bilan bozor munosabatlarining istiqboldagi rivojlanish yo‘li qilib belgilanishi aholi migratsiyasi jarayonlarida o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Ilgari aholi ko‘chib yurishini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagi ketma-ketlikda: iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va siyosiy sabablar ko‘rinishida bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan keyin bu sabablarning yuzaga chiqishi davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib bordi. Ma’lumki, sobiq ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekistonda yashayotgan ko‘pgina millatlarning tarixiy vatanlariga qaytib ko‘chib ketishi jarayoni kuchaya boshlagan edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham bu jarayonning jadalligi natijasida aholining migratsiya harakatlari ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib turdi. YUqori migratsion jadallik butun respublika bo‘yicha 1991-1994 yillar davomida yuz berib turdi. Bu davrda O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar ham, ko‘chib ketuvchilar ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, 1991-1994 yillar davomida mamlakatimizda har yili 600 ming kishi atrofida o‘z yashash joyini o‘zgartirib turganlar. Bunda rusiy zabon millatlar o‘z tarixiy vatanlariga ko‘chib ketgan bo‘lsalar, O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan o‘zbeklar o‘z vataniga qaytib kelganlar. Xuddi shunday Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashayotgan qozoqlar va turkmanlar ham qo‘shni Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga ko‘chib o‘tgan bo‘lsalar, boshqa joylarda yashayotgan o‘zbeklar va qoraqalpoqlar o‘z yurtlariga qaytib kelganlar. Migratsiya aylanmasi, ya’ni ko‘chib keluvchilar va ko‘chib ketuvchilar yig‘indisi 1993 yilgacha Qoraqalpog‘istonda har yili 60-80 ming kishi atrofida bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 50 ming kishidan oshmadi. Xorazm viloyatida ko‘chib yurishlar eng yuqori bo‘lgan davrlarda (1991-1993), bu jarayonda har yili 20-30 ming qatnashgan edi, keyingi yillarda ko‘chib yuruvchilar soni 20 ming kishi atrofida bo‘ldi.
1991
371054 401285
-30231 16695
11810 4885
1992 349374
424086 -74712
13281 10713
2568 1993
302440 356470
-54030 13859
11035 2824
1994 221747
360661 -138914
9046 8972
74 1995
167829 256800
-88971 5849
6545 -696
2000 145880
212472 -66592
7182 8565
-1383 2005
144778 246386
-101608 6433
9981 -3548
2006 144038
209227 -65189
5743 8134
-2391 2007
151172 214310
-63138 5768
8732 -2964
2008 149732
195836 -46104
5989 7526
-1537 2009
138077 187710
-49633 6250
7852 -1602
2010 139775
183858 -44083
7239 8315
-1076 2011
136565 184149
-47584 7737
7781 -44
2012 169701
210653 -40952
7192 9511
-2319 2013
155084 189650
-33846 7333
7655 -322
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Keyingi yillardagi aholining migratsiya xarakatlari mazmuni shuni ko‘rsatadiki (1.3.1-jadval), 2008 yildan boshlab ko‘chib yuruvchilar soni (ko‘chib keluvchilar soni ham, ko‘chib ketuvchilar soni ham) yildan yilga kamayib bordi. 2013 yilda 2012 yilga nisbatan ko‘chib ketuvchilar soni 21,0 ming kishiga, ko‘chib keluvchilar soni esa 14,7 ming kishiga kamaygan. Migratsiya saldosida ham o‘zgarishlar yuz berib, 2005 yildagi – 101,6 ming kishi saldodan, 2013 yilda - 33,8 ming kishi saldogacha qisqargan. O‘zbekiston Respublikasining tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm viloyati aholisining migratsiya xarakatlarida ham shunday tendensiya namoyon bo‘lmoqda. Faqat, farq qiluvchi tomoni shundaki, ko‘chib keluvchilar soni 90-yillarga nisbatan kamaygan bo‘lsada, 2005 yildan keyingi davrda viloyatga ko‘chib keluvchilar soni 5,7 ming kishidan 7,3 ming kishigacha ko‘paygan. Migratsiyaning minus saldosi ham viloyat uchun kamayib bormoqda. Masalan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan minus saldo – 2319 dan – 322 gacha kamaygan. Bu holat shu bilan izohlanadik, xozirgi kunda ko‘chib yuruvchilarning ko‘pchiligi ishchi kuchi migrantlar hisoblanib, mamlakat va viloyat iqtisodiyotida ishchi o‘rinlari ko‘plab ochilayotganligi tufayli ilgari ish izlab MDH mamlakatlariga ko‘chib o‘tganlar, o‘z yurtlarida ishlash uchun qaytmoqdalar.
Aholining ma’lum bir hududga kirib kelishi yoki chiqib ketishi joylardagi aholi sonining o‘sishi dinamikasiga, aholini ish bilan ta’minlash darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. SHu bilan birgalikda, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari aholi migratsiya ko‘rstakichlarini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholining ko‘chib yurish faolligi darajasini migratsiya intensivligi ko‘rsatkichi orqali aniqlashimiz mumkin. Ma’lumki, migratsiya intensivligi bilan butun aholiga nisbatan ko‘chib yuruvchilar darajasi aniqlanib, har ming aholiga qancha kishi ko‘chib kelgan yoki ko‘chib ketganligin bilishimiz mumkin bo‘ladi. Mamlakatimizda aholi ko‘chib
yurishining kamayishi dastlabki davrlardanoq siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi, 1995 yildan keyingi davrda iqtisodiy barqarorlikka erishilishi, 2000 yillarda esa ekologik holatni yaxshilash borasida olib borilgan chora-tadbirlar tufayli yuz berdi. Ekologik vaziyatning aholi ko‘chib yurishiga ta’sirini Quyi Amudaryo mintaqasi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Orol dengizining qurib borishi bilan yuzaga kelgan ekologik tanglik ko‘pchilik aholining dengizga yaqin bo‘lgan hududlardan Qoraqalpog‘istonning janubiy hududlariga, Xorazm viloyatiga va boshqa viloyatlarga, respublikadan tashqariga ko‘chib ketishlariga sabab bo‘ldi. Ko‘chib keluvchilarga nisbatan ko‘chib ketuvchilarning ko‘pligi, ya’ni manfiy saldo butun O‘zbekiston bo‘yicha ham kuzatilayotgan bo‘lsada, 2003-2006 yillarda bu ko‘rsatkichning Qoraqalpog‘iston bo‘yicha oshib ketganligi (1.3.1- jadval) Amudaryoda suvning kamayib ketishi (2001-2002 yillar) tufayli yuz bergan qurg‘oqchilik natijasida ekologik vaziyatning yana biroz og‘irlashganligi bilan izohlanadi. Migratsiya sohasida olib borilgan ayrim tadqiqotlar 14 natijasiga ko‘ra mintaqalar bo‘yicha aholining harakatchanligi oshgan sari ularning ijtimoiy- iqtisodiy farovonlik darajasi ham oshishi kuzatilgan. Jumladan, migratsion intensivligi yuqori bo‘lgan mintaqalar Navoiy viloyati hamda Toshkent shahrida
14
такомиллаштириш. Иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация автореферати. Тошкент, 2012. 24 б.
YAHM (yalpi hududiy mahsulot) ning jon boshiga nisbatan ulushi ham yuqori ekan. Lekin, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2010 yilga kelib aholining ko‘chish darajasi yuqori bo‘lsada, YAHMning aholi jon boshiga nisbatan darajasi pasayib ketishi u erda iqtisodiy faol aholining ko‘p qismi iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandligini, mintaqada ish joylarining etishmasligi, shuningdek, tabiiy- ekologik vaziyatning keskinlashuvi oqibatida aholini respublikaning boshqa mintaqalariga hamda uning tashqarisiga bo‘lgan mehnat migratsiyasiga moyilligining oshishiga asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda. Aholining migratsiya intensivligi ko‘rsatkichi ko‘chib yuruvchilar hissasining 2012 yilda 1991 yilga nisbatan butun O‘zbekiston aholisi bo‘yicha ham, shu jumladan Quyi Amudaryo mintaqasining hududlarida ham 2,5 barobarga kamayganligini ko‘rsatadi (2.1.3-jadval). Agar, 1991 yilda butun O‘zbekiston bo‘yicha xar ming kishiga 37,0 kishi yashash joyini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012 yilga kelib 12,8 kishigacha kamaydi. Xorazm viloyatida bu davrda migratsiya aylanmasining intensivligi, mos ravishda 26,7 va 10,2 ni tashkil qildi. Qoraqalpog‘istonda har ming kishiga ko‘chib yuruvchilar soni bu davrda 49,6 dan 20,7 gacha, deyarli ikki yarim barobarga kamaydi. O‘zbekiston Respublikasi va
uning tarkibiy qismlari bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining 2012 yildagi mamlakatdan tashqari hududlarga bo‘lgan migratsiya harakatlarida quyidagi holatlar kuzatiladi. Umuman O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha tashqi migratsiya jarayonlari 2012 yilda 40,9 ming kishiga manfiy saldo kuzatilgan (1.3.2 jadval). 1.3.2-jadval.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling