Mavzu: Oila jamoasini jipslashtirish metodikasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. I-bob. Oila jamiyatning asosiy bo`g`inlaridan biridir


Migratsiya va uning oilada muammolarni keltirib chiqarishi. Migratsiyaning oila psixologiyasiga ta`siri (Erkaklar, ayollar, bolalar, kattalar)


Download 47.98 Kb.
bet7/9
Sana14.03.2023
Hajmi47.98 Kb.
#1267927
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6.Oila jamoasini jipslashtirish metodikasi.

Migratsiya va uning oilada muammolarni keltirib chiqarishi. Migratsiyaning oila psixologiyasiga ta`siri (Erkaklar, ayollar, bolalar, kattalar)
Mehnat migratsiyasi (gastarbayterlar). Mehnat migratsiyasi va uning ijobiy va salbiy tomonlari. Zamonaviy O‘zbekiston mehnat migratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Rossiya, G‘arbiy Yevropa, AQSh, Sharq mamlakatlari. Gastarbayterlar mahalliy aholi tomonidan qabul qilinish xususiyatlari. Erkaklar psixologiyasidagi o‘zgarishlar: uzoq vaqt oiladan yiroqda bo‘lganligi sababli o‘z oilasidan uzoqlashish; o‘z xalqidan va oilasidan norozilikning kuchayishi; destruktiv kayfiyatlar, yangi oila qurilishi, o‘z oilasi va farzandlarini tashlab qo‘yish, befarqlik, pessimizm, deviantlik. Ayollar psixologiyasidagi o‘zgarishlar: hayotdan norozilik, pulsizlik, yolg‘izlik, sho‘rpeshonalik, kasb-korning yo‘qligi, ishsizlik, pessimizm, deviantlik, depressiya, alkogolizm, yomon yo‘lga kirishi. Bolalar: hayotda tayanchning yo‘qligi, hech kimga ishona olmaslik, depressiya, suitsid, konfliktogenlik, yomon o‘qish, betga sapchish, o‘g‘irlik, giyohvandlik, odam savdosi.
Muloqotning psixologik tuzilishi. Muloqot jarayonida zarur sifatlarni shakllantirish.
Insonning ijtimoiy mavjudot ekanligi. Nutq va psixologiya. Nutq psixologik muammolarni belgilab beruvchi omil ekanligi. Psixolingvistika. Muloqot nima? Muloqot mahorati. Oratorlik san’ati. Vazxonlik. Oiladagi muloqot. Oiladagi muloqotning buzilish holatlari. O‘zgani yakkalab qo‘yish. E’tiborsiz bo‘lish. Muloqot jarayonini cheklab qo‘yish. Gaplashmaslik. Informatsiyadan yiroqlatib qo‘yish, kibr-havo, manmalik. Muloqotning tarbiyadagi roli. Muloqotning funksiyalari. Muloqot jihatlari. Muloqot texnikasi. Muloqotdoshni idrok etish. Muloqotning perseptiv jihatlari.

2.2.Yoshlarni oilaga ijtimoy va psixologik moslashtirish usullari. Qaynona-kelin munosabatlari. Er-xotin munosabatlari.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash zaruriyati. Oilaviy hayotga tayyorgarlik jihatlari. Turmush qurishning umumiy motivatsiyasi. Yosh oila muammolari. Umr yo‘ldoshini ideallashtirish. Psixologik adaptatsiya va oila 14 integratsiyasi. Moddiy, axloqiy-psixologik, intim-shaxslilik adaptatsiyalari.
Oilaviy motivlar shakllanishi va rivojlanishiga olib keluvchi oila integratsiyasining ijtimoiy-funksional mexanizmlari. Oiladagi rollar. Birinchi farzandning tug‘ilishi. Adaptatsiya. Oilaning funksional-rolli tuzilishi. Oiladagi rollar va ularning etnopsixologik jihatlari. Yoshlarni jamiyat hayotiga integratsiya qilish: kasbiy, oilaviy, ma’naviy integratsiya. Qaynona-kelin munosabatlarining o‘ziga xos milliy jihatlari. Qaynona – kelin munosabatlaridagi muammolar silsilasi: liderlik talashish, mehr ob’ektini talashish, bola tarbiyasi, uy-ro‘zg‘or muammolari, moliyaviy muammolar va pulni taqsimlash muammolari. Er va xotin munosabatlari: ruhiy psixologik yaqinlikning yo‘qligi, xarakterlar va hayotiy pozitsiyaning to‘g‘ri kelmasligi, pul muammosi, xo‘jalik muammolari, bola tarbiyasi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlar.
Oila va oilaviy nizolar. Nizolarning tabiiyligi. Konfliktlar har kim bilan har qanday vaqtda sodir bo‘ilsh mumkinligi. Nizolardan qo‘rqish emas, balki ularni boshqarishni bilish zarurligi. Oilaviy konfliktlar shaxslararo konfliktlar ekanligi. Oilaviy konfliktlar turlari. Konfliktlarning kelib chiqish sabablari. Rivojlanish xususiyatlari. Ishtirokchilari va oqibatlari. Agressiya. Agressiya turlari. Ayollarga nisbatan qo‘llaniladigan zo‘rovonlik. Adolatparvarlik mezonlari. Muloqot texnikasi. “Men tasdiqlar”. Odamlarning konfliktga va agressiyaga nisbatan turlari. Men qaysi tipga mansubman? Gazlayting. Ab’yus. “Himoya daftari”, “Davlat meni qanday himoya qila oladi?”
Er-xotinning urishi – doka ro‘molning qurishi. Oilaviy nizolarda uchinchi tomon va uning manfaatlari. Tomonlar janjalida tomonlar manfaati. Kompromiss. Nizo va ziddiyatlarda kim past kelishi lozim? Ayol kishiga “Xo‘p bo‘ladi”, erkak kishiga “Hafa bo‘lma”. Ayollar nazdida erkak kim? Erkaklar nazdida xotin kim? Adolatparvarlik mezonlari. Manfaatlarning yaqinlashishi. Sabr-qanoat. O‘zga, ammo yaqin kishisi uchun xizmat qilishlik baxti. Erkaklarga osonmi, ayollargami? Islom dinida ayol va er majburiyat va huquqlari. Oila psixologiyasida nizo davrida o‘zini tutish qonun va qoidalari. Oilada muomala madaniyati.
. Shaxs kim? Shaxs psixologiyasi nima? Sog‘lom munosabatlar nima? Oilada o‘zaro hurmat. Hamjihatlik. Tinchlik, totuvlik, muammolarni birgalikda hal etish, yakdillik-sog‘lom munosabatlar asosi ekanligi. Kattaga hurmat kichikka izzat. Sog‘lom oila bolasidagi Qur’on va hadislarda ta’kidlangan tamoyillar. Zamonaviy oila nuqtai nazaridan va gender tenglik asoslariga ko‘ra uy yumushlari va majburiyatlari taqsimoti. O‘zaro yordam. Oiladagi munosabatlarda vafodorlik, mehr, muruvvat, shirinso‘zlik, bosiqlik, xotirjamlikning o‘rni. Oila tinchligining buzilishida jizzakilik, qo‘pollik, beandishalik, vafosizlik, axloqsizlik, hurmatsizlikning oqibatlari. Oilaning yakdillik bilan bir tomonga qarab harakat qilish strategiyasi.
Oilaviy hayotdagi muammoli o‘rinlar. Muloqotdagi xatolarning o‘rni va oqibatlari. Deviatsiya nima va uning turlari. Deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lish sabablari: biologik, psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy, ma’naviy. Deviant xulq-atvorli odamlar, xususan erkaklar, xotin-qizlar va bolalar bilan 16 psixologik amaliyot yuritishning o‘ziga xosligi. Mahallada deviantlik ko‘rinishlari bilan kurashish tizimi va rejasi. O‘smirlar jinoyatchiligi va uning zamonaviy xususiyatlari. “Pichoq ko‘tarib yurish” falsafasi. U bizni muammolarimizni hal qilib beradimi yoki yangi muammolarni keltirib chiqaradimi? O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi.
Suitsid nima? O‘z joniga qasd qilishning islom arkonlarida ta’qiqlanganligi. Birovning joniga qasd qilish, butun insoniyatga tahdid ekanligi.
Agar ayol suitsid holatiga tushib qolsa, mutassaddi tashkilotlar vakili nima qilishi kerak?
1. Mutaxassisni chaqirish.
2. Hamma ishini yig‘ishtirib ayolni suhbatga tortish.
3. Ayolning barcha dardlarini qanoat bilan eshitish.
4. Hech qanday va’dalar bermaslik, hech nima yozib olmaslik.
5. Hammasi yaxshi bo‘ladi demaslik.
6. Ayol kishi tinchlanmaguncha uni yakka qo‘ymaslik.
7. Ayol kishini oilasi bag‘riga sog‘- omon topshirish.

Download 47.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling