Mavzu: oila turlari va psixologik yordam turlari


Oilaning ijtimoiy moslashuvi


Download 159 Kb.
bet12/13
Sana03.12.2023
Hajmi159 Kb.
#1801376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
OILA TURLARI VA PSIXOLOGIK YORDAM

Oilaning ijtimoiy moslashuvi

Ta’lim-tarbiya jamiyatning maqsadli faoliyati jarayonida odam individning rivojlanishiga shart-sharoit yaratuvchi harakat-ta’lim-tarbiya munosabatlari. O’zbekiston Respublikasi oila kodeksi mamlakatda baxtliy oila yaratish xuquqiy asosi. Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Oila sog'lom ekan jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqarordir". Darhaqiqat, har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oila, mahalla va ta'lim muassasalarining o'rni va ahamiyati be-qiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalambor, oila bag'rida, so'ngra mahallada shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma'naviy mezon va qarashlar yaxshilik va ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila sharoitida qaror topishi, tabiiydir. Ota-onaga hurmat, ular ol-dida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo'lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlar ham oila muhitida shakllanadi. Ko'rinib turibdiki, oilaviy tarbiya masalasida jiddiy xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun, avvalo, har qaysi xonadondagi ma'naviy muhitni o'zaro hurmat, odob-axloq, insoniy munosabatlar asosiga qurish lozim boʻladi. Farzandga mehr qo'yish, qornini to'q, ustini but qilish bilan birga ularning yoshlik chog'idan boshlab, milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'naviyat negizida parvarishlash, o'z iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari asosida bo'lg'usi kasb-hunarga to'g'ri yo'naltirish oilada ota-onaning, mahalla va ta'lim muassasalarida keng jamoatchilikning muhim burchi hisoblanadi. Ushbu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo'rg'oni bo'lmish oilani mustahkamlash bugungikunda barchaning insoniy burchiga aylanishi zarur. Milliy dasturning maqsadi xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlashdan iborat. Milliy dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarniyaratish hamda ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish;xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish;xotin-qizlar orasida tazyiq va zo‘ravonlikka uchrash hamda odam savdosi qurboni bo‘lish holatlarining oldini olish;jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda xususiy sektorda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish;ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada takomillashtirish;nuroniy onaxonlarni e’zozlash, ularning bilim va boy hayotiy tajribasidan oilalarni mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish, shuningdek, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalardagi sog‘lom va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirish choralarini ko‘rish.Oila jamiyatning quyi asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. Uiarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi. Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi. Oila o'z ichki munosabatlariga asoslanadi.Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi. Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar
Bola boshqa muassasalarga tarbiya, bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqida ma’lumotni oiladan oladi. Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o'chmas qoidalarni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki, u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta’sir qiladi.XulosaOila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan.
Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning о‘zaro bog‘liqligi

Oila qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashuvi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyiladi) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.


Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib, guruhli oila paydo boʻlgan, lekin bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana qarang: Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (qarang: Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (qarang Oila tarbiyasi).
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko'ra, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994-yil 22-avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 1998-yilni "Oila yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o’chog’i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funktsiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o’zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o’zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda
quyidagicha yo’l tutishni lozim topdik:
Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish.Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiypsixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish.
Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o’zaro uyg’unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o’rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so’zsiz inqirozlarni
oldini olishga puxta zamin hozirlaydi.
Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Quyida shu xususida mulohaza yuritiladi.
Hozirgi zamon oilasi “monogam” oilalardan iborat. Yosh avlod hayotining ko’p qismini o’z oilasida o’tkazadi. Shu boisdan bola turmushning murakkab tomonlari bilan xuddi shu ota-ona maskanida tanishadi. Shuninig uchun ham oila jamiyatning boshlang’ich yacheykasi sifatida bolalarning axloqi, yurish-turish, xatti-harakati, e’tiqod va dunyoqarashiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi hamda ularni
turmush qurishga tayyorlab borishi lozim. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit va qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. Hozirgi zamon oilasidagi an’analar va turli marosimlarnig ijobiy ta’siri kuchli bo’lib,
xalqimizning o’zoq o’tmishidagi ahloqiy hislatlarini ifodalovchi mehmondo’stlik, insonparvarlik, xushfe’llik, iltifotlilik, bolajonlik, uy va hovlini ozoda saqlash, bog’u-rog’lar barpo etish, xalq sayillari
va mavsumiy bayramlarini birgalikda o’tkazishda o’z ifodasini topadi. Psixologik muhit – bu guruhdagi, kolllektivdagi kishilarning psixologik holati, kayfiyati, munosabatlarini yig’indisidir. Psixologik muhitlar juda ko’p, ammo ularning barchasini ikki kategoriyaga, qulay va noqulay kategoriyalarga
bo’lish mumkin. Gruppa yoki kollektiv muhiti quyidagilar bilan aniqlanadi: gruppa yoki jamoa uchun
tashkil qilingan o’qish, mehnat faoliyatining har qanday turida qoniqqanlik, xodimlar va rahbarlar bilan bo’lgan munosabatlarda – o’zaro bir-birini tushunishdan, barqaror kayfiyat, emotsional holat, har kimning emotsional muvaffaqiyatining darajasidan jipslashganlikdan kollektiv a’zolarni boshqarish va
o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
Oiladagi psixologik muhit – boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o’z hayotining ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi. Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilallarda o’ziga va xotiniga bo’lgan munosabatlarning
xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan
hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli
bo’lshlari mumkin.


Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling